Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə438/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Rassomlik  san‟ati.
  Bu  san‘at  turi  ham  qadimdan  mavjud,  uning  dastlabki  namunalarini  qadimgi  tosh 
asridagi  g‘orlar  devoriga  ishlangan  rasmlarda  ko‘rish  mumkin.  Ularda  asosan  ov  hayvonlari  va  inson  tasviri 
berilgan. Keyinchalik tasvirda tabiat ko‘rinishlari ham aks ettira boshlangan. Dastlab ular bir yo‘lda – rangli va oq-
qora  rang  tasvir  sifatida  Sharqda  (Xitoy,  Hindiston,  musulmon  mintaqasida)  xattotlik,  kitobat  bezagi  sifatida 
taraqqiy topgan, biz ularni hozirgi zamon tili bilan minatyuralar deb ataymiz. Minatyuralar odatda rangli bo‘lgan va 
ko‘pincha  tabiat  (daraxtlar,  cho‘llar,  butoqlar)  fanidagi  inson,  qushlar,  xayvonlar  tasvirini  o‘z  ichiga  olgan  holda 
kitobdagi  mazmunning bir qismini ifodalagan, boshqacha qilib aytganda, bosma texnikasi qo‘llanila boshlangunga 
qadar ular grafika – kitobiy rasmlar vazifasini bajargan. 
  Rassomlik san‘atining yana bir ko‘rinishi qadimda saroy devorlariga ishlangan katta hajmli rangli tasvirlar 
bilan  bog‘liq.  Ularni  hozirgi  davr  pannolarining  ibtidosi  deyish  mumkin.  M.,  Afrosiyobdagi  to‘y  marosimini  aks 
ettirgan yoki Varaxshadagi hayvonlar bilan olishayotgan bahodirning tasvirlari (VII-VIII asrlar) shular jumlasidan. 
  Keyingi  paytlarda  bosma  texnikasining  vujudga  kelishi  va  san‘at  turlarining  taraqqiy  topib  borishi 
natijasida rassomlik uch turga bo‘lindi: devoriy rasmlar (ko‘rgazmali-amaliy san‘at), rangtasvir va grafika  – kitob 
bezash san‘ati. Ko‘rgazmali-amaliy san‘at turini ko‘rib o‘tganimiz uchun rangtasviri to‘xtalamiz. 
   Rangtasvir  voqelikning  san‘atkor tanlagan  nuqtayi  nazardan  mo‘yqalam  va bo‘yoqlar  vositasida  muayyan 
tekis  materialga    rasm  tarzida  tushirishdan  iborat.  Unda  rassomning  uslubi,  bo‘yoq  tanlashdagi  mahorati,  nur  va 
soyalar  o‘yini  Yangicha  kompozistion  yondashuv  kabi  san‘atkor  iste‘dodini  belgilaydigan  jihatlar  muhim 
ahamiyatga  ega.  Aynan  ana  shular  tufayli  rassom  tabiat,  jamiyat,  shaxs  hayotidagi  voqea-hodisalarning  
takrorlanmas  serjilo  manzaralarini  bizga  etkazib  beradi,  voqelikdagi  estetik  xususiyatlarni  rang  vositasida 
tasvirlaydi. Rassom bularning hammasini faqat rasm yo‘li bilangina emas, balki rasmga o‘xshash lekin aslida rasm 
bo‘lmagan havo, nur, tuman v.h. singari asarning estetik ruhini belgilab beradigan chiziq tasvirlar vositasida in‘ikos 
ettiradi.  Buning  yorqin  misoli  sifatida  iste‘dodli  o‘zbek  rassomi  V.  Oxunovning  ―Tashlandiq  odam‖asarini 
ko‘rastish mumkin. Unda rang, nur, soya fonida baland kunda va unga qo‘yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan 
kunda  bir  olam,  bosh  o‘zi  bir  olam.  Diqqat  bilan  kuzastangiz,  qaysi    rankkursdan  qaramang,  kundaga  qo‘yilgan 
olamni  ko‘rasiz  va  ekzitenstiyachilar  ta‘biri  yodingizga  tushadi,  o‘z  holiga  tashlab  qo‘yilgan  olamdagi  tashlandiq 
odam.  Tasvirning  nochiziqligi,  ranglarning  kontrastlikka  asoslangan  tarzda  qorishuvi,  ko‘zi  yumilgan  bosh  va 
                                                 

 Bulbul tarоnalari. 5-tоmlik, 5-tоm. T., G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1973, 110-b. 
198
 Bulbul tarоnalari. 2-tоm, 534 b. 
199
 Alpоmish. T., G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1979 y., 13-b. 


hilpirashini hohlagan, lekin hilpirashga majoli yo‘q sochlarining tashqi olamiga ulanib ketishi ulkan bir fojeaviylik 
ruhini ufurib turadi, asarni kuzatar ekansiz, seskanganingizni ham, ho‘rsinganingizni ham sezmay qolasiz.
200
 
  Biz zamonaviy rangtasvir haqida mulohaza yuritdik. Mumtoz rangtasvir namunalarini esa muzeylarda ko‘p 
uchratgansiz.  Rembrand, Rubens,  Rafael, Botichelli, Bryullov, Surikov, Levitan, Tansiqboev,  Ahmedov,  Choriyev 
va boshqa ulug‘ rassomlar asarlari shular jumlasidan. 
  Rassomlik  san‘atining  yana  bir  ko‘rinishi  bu  grafikadir  –  ham  rasm,  ham  bosma  badiiy  asa.  M.,  taniqli 
rassomimiz M.Reyx tomonidan V. Yanning ―Chingizxon‖ romaniga ishlangan rasmlari, mashhur rus haykaltaroshi 
va  rassomi  V.Favorskiyning  Robert  Byorns  asarlariga  yog‘ochdan  o‘yib  ishlagan  gravyuralari  har  ikkisi  grafik 
asarlaridir.  Grafika  rangtasvirga  yaqin,  lekin  ayni  paytda  qat‘iy  chiziqlilik  xususiyati  egaligi  va  rangga  ko‘ra 
voqelikning  muayyan  tasvirini  aks  ettirishi  bilan  ajralib  turadi.  Ayni  paytda  u  doimo  rangtasvirdagi  asarlarga 
nisbatan  hajman  kichik  bo‘ladi.  Chunki    grafika  eng  avvalo  kitobda  nashr  etishi  uchun  mo‘ljallanadi.  SHu  bois 
undagi rangtasvir unsurlari bosma  texnikasiga moslangan bo‘ladi. O‘zbek rassomlari grafikaning nihoyatda go‘zal 
namunalarini  yaratganlar.  CH.Ahmarovning  ―Ravshan‖  dostoniga,  V.  Kaydalovning  o‘zbek  xalq  dostonlariga, 
I.Ikromovning Navoiy va Pushkin asarlari muqovalariga ishlagan rasm hamda bezaklari shular jumlasidan. 
  Rassomlik san‘atida qadimgi minatyura yana tiklanganligini ham ko‘rish mumkin. Bunga iste‘dodli grafik 
rassom  T.  Muhamedovning  o‘zbek  halq    ertaklariga  ishlangan  rasmlari,  Sh.Muxammadjonovning  ‖Mahmud 
Qoshg‘ariy‖, ―Chilangar Kova qo‘zg‘aloni‖ kabi asarlarni misol  bo‘la oladi. T.Muhamedov minatyuralarida asosan 
takrorlanmas  grafika  san‘atini  ko‘ramiz,  Sh.  Muhammadjonovni  rangtasvir,  usulida  zamonaviy  minatyurani 
boyitayotganiga  guvoh  bo‘lamiz.  T.Muhamedov  asosan  kulgilikka,  Sh.Muhammadjonov  esa  ko‘proq  go‘zallik  va 
ulug‘vorlikka e‘tiborni qaratadi. 
  Xullas,  rassomlik  ―qarimaydigan‖  san‘at  turi  sifatida  har  bir  zamonda  o‘z  imkoniyatlarini  kengaytirib 
borayotgan katta tarbiyaviy ahamiyatini susaytirmagan faol estetik faoliyatdir. 
 
Musiqa.
  Agar  rassomlik  san‘atida  deylik  uning  manzara  janridagi  Levitanning  mashhur  ―Qarag‘ayzor‖ 
asari  ko‘z  oldimizda  muayyan  ma‘noda  tugallangan  rangtasvir  sifatida  namoyon  bo‘lsa,  musiqa  asari,  m., 
Betxovenning ―Oydin sonata‖si yoki Hoji Abdulazizning ―Guluzorim‖ kuyi ohanglar vositasida tinglash jarayonida 
chizilayotgan  rangtasvirdir.  Ya‘ni  rangtasvir  badiiy  mazmundagi  markazni  in‘ikos  ettirgan  holda  ibtido  bilan 
intihonni  tasavvurimizga  havola  qilsa,  musiqada  ibtido,  markaz  va  intiho  asarning  o‘zida  mujassam  bo‘ladi.  SHu 
bois  rassomlik  san‘atini  ranglar  musiqasi,  musiqani  esa  tovushlar  tasviri  deyish  mumkin.  Ayni  paytda  musiqa 
rassomlikdagi  yoki  badiiy  adabiyotdagi  aniq  yo  muayyan  tasvirlash  imkoniga  ega  emas,  lekin  u  ohangdor  tovush 
orqali inson qalbiga  kuchli ta‘sir ko‘rsatish, uning ruhini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan 
unga teng keladigan san‘at turi yo‘q. Shu sababli musiqadagi ―musiqiylik‖ tushunchasi barcha san‘at turlari uchun 
yuksak mahorat  ma‘nosini anglatadi. M., she‘riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me‘morlik – qotib qolgan 
musiqa, ranglar musiqasi v.h. 
  Musiqa  san‘ati  keskin  farqlanadigan  milliylik  va  mintaqaviylik  xususiyatiga  ega.  Xususan,  G‘arb  bilan 
Sharq  musiqasida  intonastiya,  ohang,  ijro  uslublari  va  usullari,  musiqiy  asboblarning  xar  xilligi  yaqqol  ko‘zga 
tashlanadi.  To‘g‘ri,  g‘arbliklar  va  Sharqliklar  odam  sifatida  bir-biriga  (ichki  dunyosi  nuqtayi  nazaridan)  muayyan 
o‘xshashliklarga  ega  bo‘lganidek, ularning  musiqasida, ijro asboblarida qay  ma‘nodadir umumiylik bor. M., ba‘zi 
franstuz,  olmon  xalq  qo‘shiqlari    bilan  o‘zbek  xalq  qo‘shiqlari  orasida  intanastion  o‘xshash  jihatlarni,  fortapiyano 
bilan  chang,  g‘ichchak  bilan  skripka,  nay  bilan  fleyta  v.b.  musiqiy  asboblarda  umumiy  tomonlarni  uchratamiz. 
Lekin,  ayni  paytda  biz  Mostart  asarlari  bilan  Hoji  Abdulaziz  asarlari  orasidagi  katta  farqni  darhol  anglab 
etmasligimiz  mumkin  emas.  Chunki    musiqa  pardalar  pastu  balandligiga  asoslangan,  oddiy  tovushga  qaraganda 
uzoq davom etadigan ohangdor tovush vositasida inson ichki dunyosini ifodalaydi. Eng avvalo ana shu ichki dunyo 
inson  millatini,  mentalitetini  belgilaydi,  uning  tashqi  ko‘rinishidagi  farqlar  ham  ayni  o‘sha  ichki  dunyo  bilan 
bog‘liq. Shu sababli musiqani millatning qalbi deb atashlari bejiz emas. M. F.Verdinelning ―Jiz‖ operasini tomosha 
qilib  o‘tirgan  oddiy  o‘zbek  dehqoni  ―Nima  bu  oddiy  gapni  qo‘shiqqa  o‘xshatib,  uning  ustiga  juda  baland  ovozda 
aytadi‖, deb hayron bo‘ladi va uni rasmona estetik idrok eta olmaydi. Ammo o‘sha dehqon Sulaymon YUdakovning 
―Maysaraning  ishi»  operasini  har  gal  Toshkentga  kelganda  jon  qulog‘i  bilan,  maza  qilib  eshitib,  tomosha  qiladi. 
Unga  oddiy  gapni  qo‘shiq  qilib  aytilishi  ham,  ovozlardagi  intonastiya  ham  erish  tuyulmaydi,  bularni  u  sezmaydi 
ham  asarni  estetik  zavq  bilan  idrok  etadi.  Chunki    ―Jizel‖  –  Yevropa  mentalitetining  italyan  kishisining  qalbiga, 
‖Maysaraning ishi‖ o‘zbekning qalbiga mos milliy ohanglar uyg‘unligi bilan murojaat qiladi. 
  Biroq,  musiqa  mohiyatan  umuminsoniy  tabiatga  ega,  qaysi  millatga  taalluqli  bo‘lishidan  qat‘i  nazar, 
musiqa tarjima qilinmaydi, rassomlik san‘atiga o‘xshab, uning tili – bitta. Faqat o‘sha tilni tushunish uchun har bir 
millat o‘z estetik tarbiyasini yuksak darajasiga ko‘tarishi, estetik didini ilmiy-amaliy asosida shakllantirishi lozim. 
Nima  uchun  Muhiddin  Qoriyoqubov  XX  asrning  30-yillarida,  Munojot  Yo‘lchieva  90-yillarida  Parij  konstert 
zallarida  bergan  konstertlariga  ko‘pchilikka  chipta  etishmagan,  zalga  kirganlar  esa  ularni  bir  mo‘‘jizaday 
tinglashgan, konstert so‘ngida deyarli yarim soat tik turib qarsaklar bilan olqishlashgan. Demak, hali bizning estetik 
tarbiyamiz, didimiz franstuzlarga qaraganda ancha past. SHuning uchun ham biz Yevropa musiqa san‘at durdonasini 
ham rosmana idrok etolmaymiz. Vaholanki, jahonda  barcha sohada integrastiyalashuv jarayoni jadal sur‘atlar bilan 
bormoqda.  O‘zbek  estetikasining  vazifasi  ana  shu  jarayonda  millatimizning  to‘laqonli  ishtirokini  ta‘minlashga 
xizmat qilishdir. 
                                                 
200
Qarang. ―San‘at‖jurnali, 1991 y, 5-sоnidagi zarvaraq.  


Musiqa san‘atida qo‘shiq janrining o‘rni  alohida uni ba‘zan qo‘shiqchilik san‘ati ham deb atashadi. Chunki  
aynan  qo‘shiq,  ohangdor  inson  ovozi  musiqaning  vujudga  kelishida  ulkan  rol  o‘ynagan.  Aynan  qo‘shiq  ohangga 
solingan so‘zlar orqali millat  tarix-dn, xalqning ijodiylik qobiliyatidan bizga  xabar beradi.  Eng go‘zal,  eng badiiy 
yuksak xalq she‘rlari qo‘shiqlar matni sifatida yuzaga kelgan. Masalan: 
Andijonda o‘t yoqsam, 
O‘shda tutun. 
Bu dunyoda bormikan 
Bag‘ri butun. 
 
Bu dunyoda bo‘lsa agar 
Bag‘ri butun, 
Qog‘ozdan hazon yasang, 
Guldan – o‘tin. 
Bu  satrlardagi  o‘xshatishlarni,  majoziylikni,  ohangga  solingan  inson  qismatining  badiiy  qiyofasini  hech  bir 
buyuk san‘atkorda uchratolmaysiz. Buni faqat xalq dahosigina  yaratishi mumkin. Ayni paytda  muayyan shoirning 
sheoriy matniga bastakorlar tomonidan maxsus kuy bastalash asosida ham qo‘shiqlar vujudga keladi. Ularning eng 
yaxshilari mumtozlik maqomini oladi. Qo‘shiq janri ko‘rinishlarga boyligi bilan ham alohida ajralib turadi: tarixiy 
qo‘shiqlar, marosim qo‘shiqlari,  laparlar, lirik qo‘shiqlar siyosiy qo‘shiqlar, ariyalar, intermeststolar. v.h. 
Musiqaning  turlari    va  janrlari  juda  ko‘p:  xalq  musiqasi,  mumtoz  musiqa,  simfonik  musiqa,  vokal,  musiqa 
v.h.  Biroq  u  qaysi  janrda  bo‘lmasin,  Y.Baxning  organ  uchun  yozilgan  xorallarimi,  «CHo‘li  Iroq»  kuyimi, 
SHopenning  etyudimi,  Tarkanning  qo‘shig‘imi  –  hammasi  inson  hissiyotlarini  tarbiyalashda,  ularni  hayvonlikdan 
insoniylikka  ko‘tarishda  va  bu  hissiyotlarni  noziklashtirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Zero  musiqa  inson    qalbini 
hilmlashtiruvchi, yumshatuvchi eng kuchli estetik omildir. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə