Andijon shahar Andijon Mashinasozlik institute Avtomobilsozlik fakultitetiysbkit yo’nalishi 2 kurs k 27-22 guruh talabasi Sadikov Abdulbositning To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jixozlari fanidan Mustaqil ishi



Yüklə 7,29 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü7,29 Kb.
#156872
cadikov

Andijon shahar Andijon Mashinasozlik institute Avtomobilsozlik fakultiteti Y S B K I T yo’nalishi 2 kurs K 27-22 guruh talabasi Sadikov Abdulbositning To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jixozlari fanidan Mustaqil ishi

Tozalash jarayonining maqsadi va mohiyati Tozalash jarayonining maqsadi - tolali aralashma tarkibidan yumshoq va qattiq nuqsonlarni ajratib, tolalarni tarashga tayyorlashdan iboratdir. Tozalash jarayonining mohiyati - tola bo’lakсhalarini zarbiy ta’sirlar natijasida yanada mayda bo’lakchalarga ajratib, nuqson bilan tolani ilashish kuchini kamaytirish orqali nuqsonlarni oson ajralishini ta’minlashdan iboratdir. Tozalash usullari Tolali aralashmalarni tozalashda mexaniq, aerodinamik va elektropnevmomexaniq usullar samarali ishlatilmoqda. Mexaniq tozalash usulida erkin va qisilgan holatda harakatlanayotgan tolalar mahsulot ishchi organlarning zarbiy ta’sirida mayda bo’lakchalarga ajratilib tozalanadi.

Aerodinamik tozalash usulida havo oqimi yo’nalichidagi tolalarning harakat traektoriyasini keskin o’zgartirish orqali ularning tarkibidan nuqsonlarni inersiya kuchlari ta’sirida ajralishi amalga oshiriladi. Elektropnevmomexaniq tozalash usulida harakatdagi tola bo’lakсhalari ko’ndalang kesimlarida elektr zaryadlarining ta’siri natijasida nuqsonlarning ajralishi sodir bo’ladi. Tozalash organlari va moslamalari Yigirish korxonalarida dastlabki tozalash, asosiy tozalash, va aerodinamik tozalash mashinalari ishlatilmoqda. Ushbu mashinalar chimdib tozalash, zarbiy tozalash va aerodinamik tozalash organlari yoki moslamalari bilan jihozlangan. Zarbiy tozalash pichoqlar, qoziqlar, hivichlar va arra tishli disklar bilan jihozlangan bir barabanli, ikki barabanli va olti barabanli tozalagichlarda amalga oshiriladi

Zarbiy tozalash mashinalarining ishchi organlari disklardan iborat bo’lib, ularga pichoqlar mahkamlanadi. Pichoqlarning profili to’g’ri to’rtburshakli, shakldor hamda bir yoki ikki tamonlama bo’lishi mumkin. Bunday ishchi organlar pichoqli baraban deb ataladi, ular gorizontal titgiсh, qiya tozalagich kabi mashinalarda ishlatiladi.

Tozalashda qatlamning bir meyorda uzatilishi muhim ahamiyatga ega. Tolali qatlam gorizontal, vertikal va qiya holatda ta’minlovchi juftlar tomonidan tozalash organiga uzatiladi. Tozalash mashinalarida bunkerli ta’minlash usuli ham qo’lanilmoqda. Pichoqli qoziqli, shtiftli, egilgan tishli barabanlar bilan jihozlangan tozalagichlar mahsulotni erkin xolatda tozalashda ko’proq qo’llaniladi. Ular bir-biridan barabanlar soni, mahsulot yo’nalishi hamda barabanlarning o’rnatilishi (qiya, gorizontal, vertikal) bilan farqlanadi. Tolali mahsulotni yirik iflosliklardan erkin xolatda tozalashda baraban ostiga ajratuvchi pichoqlar, har xil shakldagi kolosniklar, perfosirtlar o’rnatiladi.

Kolosniklar uch qirrali, egilgan va to’g’ri plastinkali tuzilishlarga ega. Uch qirrali kolosniklardan ko’p holatlarda yaxlit panjaralar tashkil etiladi va bu holatda alohida kolosniklarni o’z o’qiga nisbatan burish orqali kolosniklar va ishchi organlar o’rtasidagi razvodka o’zgartirilib kerakli tozalash samaradorligiga erishiladi.

Yigirish rejasining birinchi bosqichida toylangan tolalardan titish, tozalash va aralashtirish jarayonlari orqali tarash mashinalari uchun bir tekis qatlam shaklidagi mahsulot tayyorlanadi. TTAlarining tarkibi ishlatilayotgan tolalarning ifloslik darajasiga, uzunligiga, yigirilayotgan ip assortimentiga qarab tanlanadi (loyihalanadi yoki qabul qilinadi). Yigirish texnologiyasining taraqqiyoti davomida TTAlar MHD miqyosida tozalash samaradorligiga ko’ra ajratib kelindi (tozalash darajasi past - 24%, tozalash darajasi Yuqori 50-55% va tozalash darajasi juda Yuqori - 70%). Ushbu TTAlarda texnologik jarayon kuchli zarbiy ta’sirlar vositasida amalga oshirilganligi tufayli tolalar shikastlanishi Yuqori darajada bo’lgan. Fan texnikaning rivojlanishi, yigirishda avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy qilinishi mahsulot sifatiga talabning oshishi TTA tarkibini samarali ishlaydigan, ixcham va tejamkor mashinalar bilan tez-tez o’zgarishini taqozo etmoqda.

Universal titib tozalash agregati (UTTA) 1. Avtotoy titgiсh. 2. Qaytim tola titgiсh. 3. Dastlabki tozalash mashinasi. 4. Aralashtiruvchi mashina. 5. Asosiy tozalash mashinasi. 6. Aerodinamik tozalash mashinasi. 7. Tola taqsimlash tizimi. UTTAda tozalash jarayoni uch bosqichda amalga oshirilishi natijasida tolali mahsulotni shikastlanishi va uzun tolalarni nuqsonlarga qo’shilib Shiqib ketishi sezilarli darajada kamaytirilgan. Agregatning tarkibi, garnituralar, ishchi organlar soni, tolali mahsulotdagi Chiqindilar miqdoriga va yigirilayotgan ip assortimentiga qarab o’zgartirilishi mumkin. Agregat mashinalari pnevmotrubalar yordamida o’zaro biriktirilgan. Pnevmotrubalar asosiy va yordamShi holatda o’rnatilgan bo’lib, tizimdagi mashinani texnologik jarayondan chiqarib qo’yish imkonini beradi.

UTTA mashinalarining parametrlari kompyuter yordamida boshqariladi va shaylanadi. Agregat odatda chiqindilarni ajratib oluvchi va changsizlantiruvchi sistema bilan birgalikda ishlatiladi.

Ushbu agregat universal va samarali hisoblanib turlicha xom ashyolarda, har xil assortimentdagi (halqali, pnevmomexaniq va qayta tarash) iplar tayyorlashda qo’llanilmoqda. Tozalash mashinalari bir barabanli ishchi organlar bilan jihozlangan bo’lib, dag’al nuqsonlar maydalanmasdan ajratilishi ko’zda tutilgan. «Truetzschler» firmasining titish tozalash agregati «modul» qurilma hisoblanadi va ishlatish maqsadiga ko’ra quyidagi turlarga ajratilishi mumkin. • qisqa titish-tozalash agregati • uzun tolalarni titish-tozalash agregati • universal titish-tozalash agregati • kimyoviy tolalarni titish-tozalash agregati • unumdorligi Yuqori titish-tozalash agregati Qisqa titish tozalash agregati


Yüklə 7,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə