Andijon viloyati



Yüklə 9,29 Mb.
səhifə1/2
tarix31.05.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#114695
  1   2
andijon

Andijon viloyati

https://youtu.be/1kyocWKc5_w


Andijon viloyati — Oʻzbekiston Respublikas tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 2 962 501 kishi (2022-yil 1-yanvar holatiga). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor . Markazi — Andijon shahri.
Viloyatda foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik shundayligicha xom ashyo sifatida metropoliyam joʻnatilar edi. 1907-yil yarim hunarmandchilikka asoslangan yogʻ zavodi qurildi. Dastlab bu zavod bir kecha-kunduzda 50 t chigitni qayta ishlab, 8 t ga yaqin yogʻ chiqarar edi. 1954-yilda zavod yogʻ-moy kombinatiga aylantirildi. 1960-70 yillarda Andijon shahrida „Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ kabi yirik korxonalar, Marhamatda esa „Elektrotexnika“ zavodi qurildi. 1941-yil Andijon shahrida motorsozlik zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida viloyat industriyasi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, tubdan rivojlanmoqda. Mavjud korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, mulkchilikning oʻzgacha shakliga kirib bormoqda. Xususan aksariyat yirik va oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid 160 sanoat korxonasi bor (2000). Bulardan yiriklari: Bobur nomidagi ip-gazlama ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyati (Andijon shahrida; tumanlarda boʻlimlari bor), „Andijon agrofirmasi“ aksiyadorlikjamiyati, Andijon avtomobil oʻrindiqlari zavodi, Andijon biokimyo zavodi, Andijon irrigatsiya mashinasozlik zavodi, Andijon „Semurgʻ“ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi, Andijon don mahsulotlari" aksiyadorlik jamiyati, „Andijonkabel aksiyadorlik jamiyati“, Chinobod paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati. 1991-2000-yillar davomida Andijon viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar bunyod qilindi. Viloyatda 79 qoʻshma korxona, 8447 kichik va xususiy korxona mavjud. 
Andijon viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta tolasini, 8,7 % oʻsimlik moyini beradi. Tabiiy resurslar, qishloq xoʻjaligi xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga isteʼmol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi . 1995-2000-yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5 mlrd. soʻm chet el sarmoyasi kiritildi.
Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilikdir. Paxtaning yalpi hosili va hosildorligi jihatidan Andijon viloyati mamlakatda oldingi oʻrinlarda turadi. Ayniqsa mustaqillikdan keyin paxtakorga erkinlik berilgach, paxtachilikda tub oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1997-yildan chigitni keng maydonlarda plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi (mazkur texnologiyani qoʻllashda viloyat hokimi, Oʻzbekiston Qahramoni Qobiljon Obidov katta jonbozlik koʻrsatdi). 
Taniqli shaxslar
Nodira (1792 — 1842) — shoira, maʼrifatparvar va davlat arbobi.
Davlatbek Rahmonov (1949 — 2006) — Oʻzbekiston prokuraturasi tizimi xodimi va jamoat аrbobi, Andijon tumani Kengashi deputati, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash olib borgan va qurboni boʻlgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483 — 1530) — shoh, sarkarda, shoir, buyuk sulola asoschisi, sanʼat shaydosi va vatanparvar inson.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf — shayx, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (1989-1993)
Muhammad Yusuf (1954-2001) — Oʻzbekiston xalq shoiri(1998) va jamoat arbobi Andijon viloyati Marhamat tumani
Sherali Joʻrayev — Oʻzbekiston xalq artisti
Abdusamat Tillaboyev — sotsialistik mehnat qahramoni, XX Partsyezd kolxozining raisi
Munojat Yoʻlchiyeva — Oʻzbekiston xalq artisti. Oʻzbekiston Qahramoni maqom xonandasi.
Erkin Komilov — Oʻzbekiston xalq artisti Aktyor.
Ozodbek Nazarbekov — Oʻzbekiston xalq artisti. Madaniyat vaziri. Xonanda
Iqlimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tizmalari Fargʻona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, qishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi −3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 — 250 mm yogʻin tushadi. Andijonda Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi — Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari — Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Andijon daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproqlari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar
Andijon shahri - o‘zbek sheʼriyatining taniqli vakili, Mug‘allar sulolasining asoschisi, sarkarda va hukmdor Boburning vatani. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan, arxeologik yodgorliklar va tarixiy obidalarga boy bo‘lgan shahar.
✔️ Bobur bog‘i;
✔️ Jomiy meʼmoriy majmuasi;
✔️ Qutayba ibn Muslim maqbarasi;
✔️ Bibi Seshanba (muqaddas joy).
Andijon viloyati O‘zbekistonning eng qadimiy va betakror viloyatlaridan biridir. Ko‘p asrlar davomida bu hudud o‘zining qadimiy ziyoratgohlari bilan mashhur. Bular orasida islom dinini Oʻrta Osiyo hududiga birinchi olib kirgan arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim maqbarasi munosib oʻrin egallaydi.
Andijon viloyatidagi Jalaquduq tumanidagi “Qilichmozor” mahallasida bir tabarruk maskan boʻlib, u Qutayba ibn Muslim nomi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu joy bilan bog‘liq ko‘plab afsonalar xalq orasida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Ming yillar muqaddam bu hududdan arab qo‘mondoni o‘tgan bo‘lib, Qutayba ibn Muslim tegib o‘tgan qadimgi daraxt o‘smoqda deya ishonishadi. Afsonaga ko‘ra, qadimiy qarag‘ayning tanasidan tomayotgan sharbat odamga kuch-quvvat va sog‘liq baxsh etadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi Qutayba ibn Muslim dafn etilgan joylardan birida samarqandlik ustalar Amir Temurning buyrug‘i bilan katta maqbara barpo etishgan. O‘sha paytda maqbaraning maydoni 5 gektar hududni egallagan bo‘lib, maqbaraning o‘zi 20 metr balandlikka yetgan. Sovet davrida (1935 y) mafkuraviy sabablarga ko‘ra maqbara vayron qilingan va mustaqillik yillarida qayta u qayta tiklangan.

Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə