Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə14/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

Adventiv embrioniya. Murtak nutsellus hujayralardan (nutsellyar embrioniya) yoki integument hujayralaridan (integument embrioniya) hosil bo‘lishi mumkin. Shular orasida ko‘p uchraydigani nutsellyar embrioniya hisoblanadi. Nutsellyar embrioniyaning ham ikki xili bo‘ladi. Birinchisi tuxum hujayraning urug’lanishi bilan bog‘liq bo‘lib uni stimulyativ deyiladi. Bu xil nutsellyar embrioniya rutadoshlar, kovuldoshlar, piyozguldoshlar oilalarida bo‘ladi (mandarin, limon, apelsin). Bu xil o‘simliklarning bitta urug‘kurtagi nutsellus hujayralaridan 30 tagacha murtak hosil bo‘lishi mumkin. Urug‘kurtak integumenti hujayralaridan murtakning hosil bo‘lish jarayoniga integument embrioniya deyiladi. Buning tuxum hujayraning urug‘lanishiga bog‘liq bo‘lgan stimulyativ va changlanishga (urug‘lanishga) bog‘liq bo‘lmagan avtonom integument embrioniya xillari mavjud.

Gulli o’simliklar taraqqiyot davridagi barcha davrlar, ya’ni spora va gametalarning hosil bo’lishi hamda rivojlanishi, urug’lanish kabilar bosqich va vaqt jihatidan nihoyatda bir-biriga yaqindir. Ular gulda juda qisqa davr mobaynida sodir bo’ladi. O’simlikning barcha vegetativ faoliyati sporofit nasl bilan bog’liq bo’lib, u yashash sharoitiga ancha moslashgan. Aksincha, jinsiy nasl esa vegetativ vazifalarni burunlay yo’qotgan va gametalar hosil qilish vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham gulli o’simliklarning barcha vegetativ davri diploid bosqichda o’tadi. Gaploid bosqich juda qisqargan, reduksiyalashgan bir nechta hujayralar va gametalardan iborat gametofitdir. Shunday qilib, yuksak o’simliklarning evolyutsiya jarayonida jinssiz nasl va jinsiy nasllar orasida to’qimalar hamda hujayralarning ixtisoslashishi ko’chayib borgan.



Mustahkamlash uchun savollar

1. Androtsey uning etilishi va tuzilishini aytib bering?

2. Erkak gametofitning rivojlanishi bosqichlarini izohlab bering?

3. Urug‘chi, uning yetilishi va tuzilishini tushuntirib bering?

4. Urug‘kurtak, uning yetilishi va tuzilishini aytib bering?

5. Megosporogenez va urg‘ochi gametofitning rivojlanishi bosqichlarini so’zlab bering?

6. Gullash hodisasi nima?

7. Changlanish va uning turlarini aytib bering?



8. Gulli o’simliklarda qo’sh urug’lanish hodisasini izohlab bering?
Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə