Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi


Mikrospora, uning tuzilishi, hosil bo’lishi (mikrosporogenez)



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə3/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

Mikrospora, uning tuzilishi, hosil bo’lishi (mikrosporogenez). Ona hujayradan mikrosporalarning hosil bo’lishiga mikrosporogenez deyiladi. Mikrosporogenez vaqtda ona hujayralarda meyozning 2 xil bo’linishi kuzatiladi: I- chi reduksion bo’linish yoki meyoz va ikkinchisi ekvatsion bo’linish yoki meyoz II bo’linish deyiladi. Meyoz bo’linish natijasija to’rtta mikrospora yoki tetradalar hosil bo’lib ulardan erkak gametofiti rivojlanadi. Meyozdan so’ng organizmlar diploid holatidan gaploid holatga o’tadi (75-rasm).

75-rasm. Chang donasining shakllanish bosqichlari. Mikrosporogenez (1-16), mikrogametogenez (18-22):

1 – changdonni kundalang kesmasi; 2-5 – chang kamerasining shakllanishi; 6-12 – turli chang donalari; 13- changning arxesporial hujayrasi; 14–15- meyoz bosqichlari; 16 - mikrosporalar tetradasi; 18-22 – chang donasining hosil bulishi; 18 - mikrospora; 19 – 20 – vegetativ va generativ hujayraning shakllanishi; 21 – generativ hujayraning bo’linishi; 22 – yetilgan chang.
Chang xaltasi o‘rta qismida 1 yoki 2 kator sporogen hujayralar joylashgan bo‘ladi. Changdon devori shakllanishi bilan birga bu hujayralar ham mitoz yo‘li bilan bo‘linib, arxesporial hujayralarga aylanadi. Oradan ko‘p utmay arxesporial hujayrada yadro o‘lchami kattalashadi, sitoplazmasi yanada quyuqlashadi va unda ko‘plab mitoxondriy va proplastidalar saqlanadi. Bu holatdagi arxesporial hujayra mikrosporotsit (mikrosporaning onalik hujayrasi) deb ataladi. Mikrosporotsit meyoz yo‘li bilan bo‘lina boshlaydi. Meyoz murakkab va o‘ziga xos bo‘linish bo‘lib, bo‘linish natijasida 4 ta mikrospora yuzaga keladi. Bu mikrosnoralar kallozali qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, mikrosporalar tetradasi deb ataladi. Tetrada hosil bo‘lishida bo‘linayotgan yadrolar o‘rtasidagi to‘siqlar turlicha yo‘llar bilan hosil bo‘ladi. Shunga qarab tetrada hosil bo‘lishda quyidagi 3 tip ajratiladi (76-rasm):

1) Suksessiv (ketma-ket) tip - bu tipda mikrosporotsitning onalik hujayrasi yadrosi avval 2 ga bo‘linadi. Bu yadrolar qarama qarshi qutblarga borib, ular o‘rtasida to‘plami diada deb ataladi. Biroz vaqt o‘tgandan keyin diada yadrolari yana 2 ga bo‘linib, tetrada hosil bo‘ladi. Bu tipdagi tetrada hosil bo‘lish asosan bir pallalilarda uchraydi.

2) Simultan (bir vaqtda bo’linish) tip - meyozning I bo‘linishidan keyin yadrolar o‘rtasida hujayra qobig‘i shakllanmaydi, balki ular yana 2 ga bo‘linib, avval 4 ta yadro hosil bo‘ladi, keyinchalik ular o‘rtasida hujayra qobig‘i paydo bo‘lib, tetradaga aylanadi. Bu yo‘l bilan tetrada hosil bo‘lish asosan ikki pallali o‘simliklarda uchraydi.

3) Oraliq tip - bu tipda tetrada hosil bo‘lishda meyozning 1 bo‘linishidan keyin hujayra qobig‘i paydo bo‘layotgan bo‘lsa ham, u oxirigacha yetmaydi, chunki yadrolar mitozning II-bo‘linishiga kirishadi va 4 ta mikrospora shakllanadi.


76-rasm. Tetrada mikrosporalarning rivojlanish tiplari:

A - suksessiv (ketma - ket) tip: 1 - meyoz bir bo‘linishining profazasi; 2 – meyoz I bo‘linishining metafazasi; 3 - ikkinchi meyoz bo‘linishnipg metafazasi: 4 - ikkinchi meyoz bo‘linishining anafazasi: 5- tetrada mikrosporalar;

B - oraliq tip: 1 - birinchi meyoz bo’linishining profazasi: 2- interkinez; 3- meyoz ikki bulinishining anafazasining boshlanishi; 4 -tetrada mikrosporalar;

V- simulton (bir vaqtning o‘zida bo’linish) tip: 1 - birinchi meyoz bo‘linishining profazasi; 2 - birinchi meyoz bo‘linishining metafazasi; 3- ikkinchi meyoz bo‘linishining metafazasi; 4 - protoplastning taqsimlanishi; 5- tetrada mikrosporalar.
Ko’pchilik embriologlarning ko’rsatishicha, simultan bo’linish bu dastlabki bo’linish bo’lib, suksessiv bo’linish esa progressiv va takomillashgan bo’linish hisoblanadi.

Ozroq vaqt o‘tishi bilan tetradaning kollozali qobig‘i yemirilib, mikrosporalar undan ajraladi. Har bir mikrospora o‘zida xromosomalarning gaploid to‘plamini saqlab, tuzilishiga ko‘ra paporotniklar sporasi gomologidir. Mikrosporaning onalik hujayrasidan to mikrospora hosil bo‘lganigacha bo‘lgan bosqichiga mikrosporogenez deyiladi.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə