Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi


MEGOSPOROGENEZ VA URG‘OCHI GAMETOFITNING RIVOJLANISHI



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə7/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

MEGOSPOROGENEZ VA URG‘OCHI GAMETOFITNING RIVOJLANISHI
Odatda epidermis ostida joylashgan nutsellus hujayralaridan bittasi kattalashadi, uning sitoplazmasi quyuqlashadi va yadrosi ko‘zga tashlanadigan bo‘ladi va shu belgilari bilan bu hujayra uning atrofida joylashgan boshqa nutsellus hujayralaridan farq qiladi. Ana shu hujayra dastlabki arxesporiya hujayrasi hisoblanadi.

Arxespora hujayrasi bo‘linib birlamchi parietal va birlamchi sporogen hujayralarni hosil qilishi mumkin. Yoki u bo‘linmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ona hujayra megosporaga aylanadi.

Birlamchi parietal hujayra bo‘linmasdan qolishi yoki bo‘linib undan megosporangiyning qobig‘ hujayralari hosil bo‘ladi. Birlamchi sporogen hujayralari esa bo‘linib, arxespora hosil qiladi. Hosil bo‘lgan arxespora hujayra bir, ikki yoki ko‘p marta bo‘linib, differensiyatsiyalanib ona hujayra megasporani hosil qiladi. Hosil bo‘lgan megaspora yana 2 marta meyoz usuli bilan bo‘linib tetrada megospora hosil qiladi. Bu jarayonni megosporagenez deyiladi, natijada har qaysisi gaploid xromosomga ega bo‘lgan 4 ta megosporalar tetradasi hosil bo‘ladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə