Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə2/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

Changdon va uning tuzilishi. Changdon tashqi tomondan epiderma bilan qoplangan. Epiderma ostida hujayra po’sti-ikkilamchi tuzilishga ega bo‘lgan bir qavat hujayralardan tashkil topgan endotetsiy (fibrioz) joylashadi, u quriganda chang uyachalari ochiladi. Endotetsiy ostidan chuqurroqda 1-3 qavat yupqa po‘stli mayda hujayralar qatlami joylashadi, changdonning ichki qavati tapetum deb ataladi. Tapetum hujayralari mikrosporalarni hosil qiluvchi ona hujayralar (mikrosporatsitlar) uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladi, chang xaltalarida mikrosporalar va changlar hosil bo‘ladi. Keyinchalik uya hosil bo’ladigan joyda subepidermal qavat hujayralar kelib chiqadi. Bu qavatdan arxesporiy deb ataladigan maxsus to’qimaning shakllanishiga olib keladi.

Mikrosporalar esa mikrosporangiylardagi mikrosporotsitlar hujayralarining meyoz bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Mikrosporatsitlarning o‘zlari esa changdonning yetilishi davrida arxesporiya hujayrasidan shakllanadi. Dastlabki arxesporiya hujayralari katta yadro, yadrocha va sitoplazma bilan to‘lgan bo‘ladi. Chang arxesporiyalarida 1,2 va hattoki bir necha yadrolar uchrashi mumkin.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə