Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi


URUG‘CHI, UNING YETILISHI VA TUZILISHI



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə5/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

URUG‘CHI, UNING YETILISHI VA TUZILISHI

Urug’chi yopiq urug’li o’simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning o’rtasida joylashgan. O’simlik turlariga qarab gulda bir yoki bir necha urug’chi bo’lishi mumkin. Urug’chi yopiq urug’lilar uchun xosdir. Guldagi urug‘chilar yig‘indisiga ginetsiy (Gynoeceum yunoncha-ayol) deyiladi. Ginetsiy (Gynoeceum) bitta yoki bir necha shakli o’zgargan barglardan hosil bo’lib, ularni mevabarglar (karpella) deyiladi. Bitta meva bargdan hosil bo‘lgan urug‘chiga - oddiy urug‘chi deyiladi, ikkita va undan ko‘p meva barglardan hosil bo‘lgan urug‘chiga murakkab urug‘chi deyiladi, oddiy urug‘chi ko‘pincha bir uyachali, murakkab urug‘chi esa, ko‘p uyachali bo‘ladi, ba’zan uyachalar orasidagi to‘siqlar erishi natijasida bir uyachali ham bo‘lishi mumkin. Bitta meva bargdan hosil bo‘lgan urug‘chiga monokarp ginetsiy deyilsa, ikkita va undan ko‘p oddiy birlashmagan urug‘chilardan tuzilgan bo’lsa apokarp ginetsiy deyiladi (77-rasm).



77-rasm. Ginetsiy xillar: A-C-senokarp; D-apokarp: 1-tuguncha; 2-ustuncha; 3-tumshuqcha.


Evolyutsiya jarayonida urug‘chini hosil qiluvchi meva barglari har xil usullar bilan birlashib ketishi ham mumkin. Ana shunday birlashgan meva barglardan hosil bo‘lgan urug‘chini senokarp urug‘chi deyiladi. Bunday ginetsiy bitta murakkab urug‘chidan tuzilgan bo‘ladi. Meva barglarining birlashish xillariga ko‘ra bir nechta senokarp urug‘chilar bo‘ladi: a) Sinkarp bunda ginetsiyni hosil qilgan meva barglari bir-birlari bilan yon devorlari orqali birlashgan bo‘ladi. b) Parakarp ginetsiy bunda genetsiy meva barg qirralarining birlashishidan hosil bo‘ladi va c) Lizokarp ginetsiy, qaysikim bunda meva barglar yon devorlari bilan birlashsalarda, biroq keyinchalik bu devorlar erib ketib bitta soxta uyachani hosil qiladi. Urug‘chi quyidagi uch qismdan tashkil topgan: changni qabul qiluvchi urug‘chi tumshuqchasi, ostki kengaygan, urug‘kurtak saqlaydigan qismi tuguncha va tumshuqcha bilan tugunchani birlashtirib turuvchi ustunchadan iborat. Bazi bir o‘simliklarda (masalan ko’knorda) ustuncha bo‘lmasligi ham mumkin (78-rasm).

Tumshuqchaning shakli va o‘lchami turli xil o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Ko‘pincha uning yuzasi notekis ko‘ngirasimon shilimshiq modda bilan qoplangan bo‘lib, chang ushlab qolish uchun moslashgan. Bundan tashqari tumshuqcha yuzasida yupqa oqsil qavati (pellikula) bo‘lib, bu qavat chang donachasining ekzina qavatidagi oqsillar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lib changning o‘sish yoki o‘smasligini ta’minlab turadi. Urug‘chi ustunchasi siyrak g‘ovak parenximatik to‘qimadan tuzilgan. Tuguncha urug‘chining eng muhim qismi hisoblanib, unda urug‘kurtak hosil bo‘ladi.


78-rasm. Ginesiyning muhim xillari va ularni evolutsiyasini sxemasi:

1-monokarp; 2-apokarp; 3-5-senokarp xillari (3-sinkarp; 4-lizikarp; 5-parakarp); 6-psevdomonokarp.
Tugunchaning shakli ham turli xil o‘simliklarda turlicha bo‘ladi tuguncha bir uyachali yoki bir nechta uyachali bo‘ladi. Bir uyachali tuguncha oddiy ginetsiy va murakkab ginetsiyda ham bo‘lishi mumkin. Gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylanishiga ko‘ra tuguncha ustki, ostki va o‘rta tugunchalarga bo‘linadi. Gul a’zolari tuguncha ostida joylashgan bo‘lsa, bunday tuguncha ustki tuguncha deyiladi, ustki tugunchali gullar ra’nodoshlar, ituzumdoshlar, karamdoshlar, gulxayridoshlar, bug‘doydoshlar va shu kabi ko‘pchilik yopiq urug‘li o‘simliklarda bo‘ladi.

O‘rta tugunchada gul azolari taxminan tugunchaning yarmisigacha yopishib o‘sgan bo‘ladi. Tugunchasi ostki bo‘lgan gullarda gul azolari tugunchaning ustida joylashadi va tuguncha gul ostida qoladi. Bunday gullarda tuguncha yon tomondan karalganda ko‘rinib turadi. Ustki tuguncha bu evolyutsion nuqtai nazardan qaralganda ancha ilgari dastlabki paydo bo‘lgan hisoblanadi va ostki tuguncha ustki tugunchadan kelib chiqqan. O’simlikning turiga qarab tugunchada turli sonda urug’kurtaklar bo’ladi. Urug’kurtaklar soniga ko’ra bir yoki ko’p urug’lar hosil bo’ladi. Urug‘kurtakning tugunchaga birikib turgan joyini platsenta deyiladi. Platsenta bu uncha katta bo‘lmagan bo‘rtma yoki o‘simta bo‘lib tuguncha to‘qimalaridan hosil bo‘ladi.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə