Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi


Urug‘kurtak, uning yetilishi va tuzilishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə6/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

Urug‘kurtak, uning yetilishi va tuzilishi. Urug‘kurtak tugunchaning platsentasida joylashadi. Urug‘kurtak bu gulli o‘simliklarning hammasida hosil bo‘lib unda: a) megasporaning hosil bo‘lishi - megosporagenez; b) urg‘ochi gametofitning rivojlanishi - megogametogenez; c) urug‘lanish jarayonlari bo‘ladi.

Tuxum hujayra otalangandan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Urug‘kurtak yosh rivojlanayotgan mevabarg qirralarida bo‘rtma shaklida paydo bo‘ladi. Keyinchalik bu bo‘rtma uning hujayralarining mitoz bo‘linishi natijasida o‘sib urug‘kurtak nutsellusiga aylanadi. Bo‘rtmaning ostki qismi keyinchalik o‘sib, rivojlanib funikulyus yoki urug‘kurtak oyoqchasini hosil qiladi. Nutsellus yon tomonida yashil burtmalar hosil bo‘lib bu burtma hujayralarini bo‘linib rivojlanishidan integumentlar hosil bo‘ladi. Shunday qilib urug‘kurtak shakllanadi (79-rasm). Urug‘kurtak qo‘yidagi qismlardan tashkil topgan: urug‘kurtak oyoqchasi (funikulyus), nutsellus yoki urug‘kurtak yadrosi, u tashqi tomondan bir yoki ikki qavat integument bilan qoplangan bo‘lib, u nutsellus ostidan yuqoriga qarab o‘sadi shungdek, mikropila va xalaza. Funikulyus urug’kurtakning qisqa oyoqchasi bo’lib, u yordamida platsentaga birikadi. Nutsellus urug’kurtakning o’rta qismini egallab turuvchi parenxima to’qimasidan iborat. Ko‘pchilik gulli o‘simliklarda integument ikki qavat bo‘ladi shu sababli urug‘kurtak bir qavatli va ikki qavatli bo‘lishi mumkin.


79-rasm. Urug’kurtakning rivojlanishi (sxema):

1-nutsellusninh hosil bo’lishi; 2-arxesporial hujayraning ajralishi; 3-vegasporaning shakllanishi (meyoz); 4-uchta megasporaning nobud bo’lishi; 5-8-megasporaning ketma-ket uch marta bo’linishi (mitoz) va urg’ochili gametofit-murtak xaltasining shakllanishi.
Urug‘kurtak ichida integumentlar birlashmasdan ochiq qolib kanalcha hosil qiladi, bu kanalchani mikropile deyiladi. Ana shu mikropile orqali chang naychalari urug‘kurtak va uning ichida yetilgan murtak xaltasiga kiradi. Bu kanal qisqa yoki uzun tor yoki keng bo‘ladi. Ba’zan integumentlar birlashib yagona bir qavatini hosil qilishi ham mumkin (80-rasm).


80-rasm. Yopiq urug’li o’simliklar urug’kurtagi va murtak xaltasining tuzilishi:

1-urug’kurtakni integument qavatlari (a-tashqi; b-ichki); 2-mikropile; 3-xalaza; 4-funikulus (oyoqcha); 5-nutsellus; 6-murtak xaltasi; 7- tuxum hujayra; 8-sinergidlar; 9-antipodlar; 10-ikkilamchi yadro; 11-plasenta; 12-o’tkazuvchi boylam





Urug‘kurtakning ostki platsenta va funikulyusga yondashib turgan qismini xalaza deyiladi. Xalazaga qarama-qarshi tomonini urug‘kurtakning mikropile qismi deyiladi.

Tuguncha ichidagi urug‘kurtak soni, o‘lchami va shakli gulli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Urug‘kurtakning rivojlanishi bilan uning ostki va ustki qismlarida joylashgan bir qism to‘qima hujayralarining po‘sti qalinlashib yog‘ochlanadi va pukaklashadi. Bu shakllanishning birinchi holatini gipostoza va ikkinchisini epistoza deyiladi.

Urug‘kurtakning quyidagi xillari mavjud:

1. To‘g‘ri yoki ortotrop urug‘kurtak (atrop ham deyiladi) bu xildagi urug‘kurtakda urug‘kurtak mikropilasi urug‘kurtak platsentiga qarama-qarshi tomonda ya’ni uning yuqorisida joylashgan. Atrop urug‘kurtaklar Polygonaceae, Cistaceae va Piperaceae oilalari vakillarida uchraydi.

2. Anatrop urug‘kurtak. Bunday urug‘kurtaklarda (1800 bukilgan bolib) urug‘kurtak mikropilasi platsenta yonida unga parallel holda joylashadi. Bu xil urug‘kurtak ko‘pchilik bir pallali va ikki pallali o‘simliklarda uchraydi.

3. Gemitrop urug‘kurtak. Nutsellus va integumentlar bilan birga platsenta va urug’bandga nisbatan 900 bukilgan bo’ladi. Sigirquyruqdoshlar va navro’zguldoshlar oilasining ayrim vakillarida uchraydi.

4. Kampilatrop urug‘kurtak - bukilgan urug‘kurtaklar bunda urug‘kurtak mikropilasi urug‘kurtakning bir yonida joylashadi. Ya’ni bunda integument urug‘kurtakning bir tomonida intevsiv rivojlansa ikkinchi tomonidagi integument sekin rivojlanib, mikropile urug‘kurtakning bir yonida o‘rtasida joylashib qoladi. Bunday urug‘kurtaklar burchoqdoshlar oilasining vakillarida bo‘ladi.

5. Amfitrop urug‘kurtak bunday urug‘kurtakning bukilishi kuchli bo‘lib, murtak xaltasini ham o‘z ichiga oladi va urug‘kurtak taqasimon shaklni egallaydi. Bunday urug‘kurtaklar Alismataceae, Butamaceae oilalari vakillarida kuzatiladi. Urug’kurtakda yuqoridagi asosiy tarkibiy qismlardan tashqari qo’shimcha o’simtalar, hosilalar ham uchraydi (81-rasm).

81-rasm. Urug’kurtak turlari: 1-ortotrop (to’g’ri); 2-anatrop (teskari); 3- gemitrop; 4- kampilotrop; 5-amfitrop: 3M-urug’murtak xaltasi


Nutsellusning yuqorisi mikropile va ostki qismi xalaza deb ataladi. Xalaza ham nutsellusning boshqa qismlari singari parenxima hujayralaridan tashkil topgan, biroq uning hujayralarining po‘sti po‘kaklashadi yeki yog‘ochlanadi. Xalaza hujayralarida ko‘pincha zaxira moddalar to‘planadi (kraxmal). Nutsellusning rivojlanishi darajasiga ko‘ra krassinutsellyat va tenuinutselyat urug‘kurtaklarga bo‘lish mumkin. Birinchisida nutsellus kuchli rivojlangan bo‘ladi, ikkinchisida esa nutsellus yaxshi rivojlanmagan bo‘lib u bir yoki ikki qavat hujayralardan tuzilgan bo‘ladi. Tenuinutselyat urug‘kurtaklar nutsellusning reduksiyalanishi natijasida krassinutsellyat urug‘kurtaklardan kelib chiqqan. Ko‘pchilik tuban taraqqiy eggan gulli o‘simliklarda krassinutselyat urug‘kurtak rivojlangan bo‘lib, yuqori pog‘onada turgan gulli o‘simliklar uchun esa (birlashgan gultojbarglilarda) tenuinutselyat urug‘kurtak xarakterlidir.

Nutsellusning xalaza qismida o‘tkazuvchi boylamlar yonida joylashgan bir guruh hujayralar differensiatsiyalanib, hujayra po‘sti qalinlashadi, po‘kaklashadi yoki yog‘ochlanadi. Ana shu guruh hujayralarni gipostaza deyiladi va u o‘sadigan murtak xaltasining bosimini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Nutsellusning mikropile qismida ham ba’zan bir guruh nutsellus hujayralar po‘stining qalinlashishi, yog‘ochlanishi natijasida nutsellyar qopqoqcha hosil bo‘ladi. Buni epistaza deyiladi. Xuddi shunday jarayonni burchoqdoshlar, anagradoshlar oilalari vakillarida kuzatish mumkin. Nutsellus epidermisining ostki qismida urg‘ochi arxesporiy shakllanadi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə