Angren universiteti mustaqil ish



Yüklə 197,96 Kb.
səhifə3/7
tarix05.04.2023
ölçüsü197,96 Kb.
#104261
1   2   3   4   5   6   7
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja

Qudrat va Boylik
Merkantilizmni zamon muammolariga ilmiy munosabat sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi. Xususiy mulk inqirozga uchrab, davlat mulkiga aylantirilayotgan bir davrda merkantilistlar xalq boyligi va qudratini oshirish uchun eng yaxshi siyosat va yo‘llarni belgilashga intilardilar.
Italiyalik davlat arbobi, siyosiy nazariyotchi, hamda “Shahzoda” (The Prince 1513 ) asari muallifi Makiavelli qanday qilib davlat rahbarlariga maqsadga muvofiq bo‘lgan siyosiy choralar haqida o‘z maslahatlarini bergan bo’lsa, merkantilistlar ham ularga iqtisodiyot ravnaqi va qudratini yuksaltirish va mustahkamlash haqida turli iqtisodiy siyosat va choralar haqida xuddi shunday maslahat berishgan.
Merkantilistlar dunyodagi umumiy boylik ozgarmas deb qabul qilishgan.Shu farazga asoslangan holda sxolastiklar insonlar o’rtasida savdo amalga oshirilganda ulardan birining daromad olishi boshqasiga albatta zarar keltiradi deb ta’kidlashgan.Merkantilistlar xuddi shu mantiqni xalqlar o‘rtasidagi savdoda ham qo’llab, bir xalqning iqtisodiy qudrati va boyligining o‘sishi faqatgina boshqa davlat boyligi hisobiga amalga oshadi degan xulosaga kelishgan. Shunday qilib, merkantilistlar xalqaro savdo millatning qudrati va boyligining ravnaq topishida muhim vosita ekanini e’tirof etib, ko’proq xalqaro savdo balansiga etibor qaratishgan.
Ko‘pchilik merkantilistlar fikriga ko‘ra, iqtisodiy faoliyatdan maqsad iste’mol emas, balki ishlab chiqarishdir va bu keyinchalik klassik iqtisodchilar tomonidan ham qabul qilindi. Shuningdek, ularning fikricha, millat boyligi shaxsiy boyliklar yig’indisi shaklida aniqlanmaydi.Ular bir vaqtning o’zida ham ishlab chiqarishni, ham eksportni rag’batlantirish, hamda iste’molni cheklash orqali millatning boyligini ko’paytirish mumkin deb hisobladilar.Shunday qilib, xalqning boyligi ko’pchilikning qashshoqligiga asoslanadi.Merkantilistlar ishlab chiqarishga katta ahamiyat bergan bo’lsalar ham, ichki bozorga ko’p mahsulot ishlab chiqarishni ma’qullamaganlar. Ko’p ishlab chiqarish bilan birga kam iste’mol qilish eksportni oshirishga imkon beradi, bu esa millat boyligining va qudratining oshishiga olib keladi deb hisoblaganlar. Merkantilistlar xalqaro savdoda nisbiy ustunlikka erishish uchun ishchilarga kam ish haqi berilishi tarafdori bo’lganlar.Ularning fikricha yashash minimumidan yuqori maosh berish mehnat layoqatini kamaytirishi mumkin, yuqori ish haqi yil davomida kamroq soat ishlashga va yalpiishlab chiqarishni kamaytirishga sabab bo‘lishi mumkin. Xullas, iqtisodiy faoliyatning maqsadi milliy iste’mol emas,balki milliy ishlab chiqarish bo’lgan bir sharoitda, davlat fuqarolarining qashhoqligi millatning boyishiga yordam beradi deb hisoblangan.

Yüklə 197,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə