Angren universiteti mustaqil ish


Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 197,96 Kb.
səhifə6/7
tarix05.04.2023
ölçüsü197,96 Kb.
#104261
1   2   3   4   5   6   7
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja

Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o’ziga xos xususiyatlari


Har bir davlatda merkantilizm o’ziga xos usulda namoyon bo’ldi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli xalqlarning milliy-psixologik xususiyatlari uning o’ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi.
Merkantilizm Ispaniya, Italiya, Angliya va Frantsiyada ancha keng tarzda rivojlandi.
Masalan, Ispaniyada boylik qimmatli metall, pul bilan bir narsa deb qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asrning boshigacha mamlakatdan oltin va kumushni olib chiqish (o’lim jazosi tahlikasi ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall monetar nazariyasining etuk himoyachisi Marian XVII asrning 20-yillarida qimmatli toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni chetga chiqarishdan boshqa, barcha har qanday tashqi savdoni man etish talabini ilgari surdi.
Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifatida Frantsiyada ancha rivoj topdi. Frantsiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashxur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (1576–1621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini – jamg’armani ko’paytirishning, mamlakat xo’jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko’paytirish yo’llarini qidirdi, o’z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, xunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o’zmamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Frantsiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat boyligini so’rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Frantsiya tashqi savdosini kengaytirishni ko’zda tutadi, u nisbatan monetarizm g’oyasini, shuningdek, savdo balansi kontseptsiyasini aks ettiradi.
Frantsiyadagi amaliy merkantilizmning eng yorqin vakili Jan Batist Kolbert (1619–1683 y.) hisoblanadi. U frantsuz qiroli Lyudovik XIV saroyida moliya superintendanti (vaziri) vazifasida ishlagan va faol protektsionistik siyosatni olib borgan. Keyinchalik J.B.Kolber olib borganiqtisodiy siyosat va frantsuz merkantilizmi kolbertizm deb atala boshladi.

Yüklə 197,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə