Annotatsiya yozish. Vaqt: 2 soat


-mavzu. Annotatsiya yozish



Yüklə 22,87 Kb.
səhifə2/5
tarix18.03.2023
ölçüsü22,87 Kb.
#102813
1   2   3   4   5
majmua 11-MAVZU

11-mavzu. Annotatsiya yozish.

Reja:
1. Annotatsiya haqida umumiy ma’lumot.
2. Annotatsiyaga qo‘yiladigan talablar..
3. Ilmiy maqola yozish tartibi va maqolaga annotatsiya yozish usullari.
Annotatsiya (lotincha: annotatio – „qayd“) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy tasavvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir.
Аnnоtаtsiya – bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqахаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi. Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.
Annotasiyani tuzishga qo'yiladigan asosiy talablar:
1. Kompozitsiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo’ladi.
3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertatiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.
Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi.

Yüklə 22,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə