Annotatsiya yozish. Vaqt: 2 soat



Yüklə 22,87 Kb.
səhifə3/5
tarix18.03.2023
ölçüsü22,87 Kb.
#102813
1   2   3   4   5
majmua 11-MAVZU

Annotatsiya turlari

Mazmuni va maqsadli
vazifasi bo’yicha


- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz
tavsifnomasini beradi)

- tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan
auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan
tavsifini va bahosini beradi)


Mazmunni to’liq qamrab
olishi bo’yicha


umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman
matnning tavsifini beradi)

ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi
mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi)

guruhli (mavzui bo’yicha yaqin bir necha matnlar
tavsifini beradi)

Maqola tuzilishi:
1. Annotatsiya.
2. Kalit so‘zlar.
3. Kirish
4. Asosiy qism
5. Xulosa
6. Adabiyotlar ro‘yxati.


Maqolaning yozilish tili, tuzilishi va tarkibi
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Maqola keng omma uchun tushunarli tilda, grammatika qoidalariga amal qilgan holda yozilgan bo‘lishi kerak.
Maqola o‘zida muayyan ilmiy tadqiqotning tugal echimlarini yoki uning bosqichlarini ifodalashi zarur.
Sarlavha maqolaning mazmuni to‘g‘risida axborot bera olishi, imkon qadar qisqa bo‘lishi va umumiy so‘zlardan iborat bo‘lib qolmasligi kerak.
Odatda ilmiy maqolada quyidagilar bo‘lishi kerak:
-- maqolaning sarlavhasi (uch tilda);
- annotatsiya (uch tilda);
- tayanch so‘zlar (uch tilda);
- kirish, qaralayotgan muammoning hozirgi holatining tahlili va manbaalarga havolalar;
- masalaning qo‘yilishi;
- yechish usuli (uslublari);
- natijalar tahlili va misollar;
- xulosa;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
- muallif(lar) to‘g‘risida ma’lumot.
Maqolada odatda qabul qilingan atamalardan foydalanish, yangi atama kiritganda, albatta uni aniq asoslab berish kerak.
Fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI) ga mos bo‘lishi kerak.
Jurnalga ilgari e’lon qilinmagan maqolalar qabul qilinadi.
Maqolada muallif o‘zining ishlariga havolalar soni haddan ziyod oshirib yubormasligi, ko‘pi bilan 20–25 foizgacha bo‘lishi tavsiya etiladi. Agar o‘z ishiga havolalar soni ko‘payib ketsa, bu holatni asoslab berishi kerak.
Tahririyat ko‘chirmachilik (plagiat), o‘zgalarning ishlarini o‘zlashtirib olishga salbiy qaraydi. SHuning uchun mualliflardan ishga jiddiy munosabatda bo‘lishi va havola qilish qoidalariga bo‘ysunishi: kvadrat qavs ichida bibliografik havolani qo‘yishni yoddan chiqarmasligi so‘raladi.

Yüklə 22,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə