Annotatsiya yozish. Vaqt: 2 soat


Maqolaga qo‘yiladigan texnik talablar



Yüklə 22,87 Kb.
səhifə4/5
tarix18.03.2023
ölçüsü22,87 Kb.
#102813
1   2   3   4   5
majmua 11-MAVZU

Maqolaga qo‘yiladigan texnik talablar
Maqolaning sarlavhasi, muallif (lar) va u(lar)ning lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi, annotatsiya, tayanch so‘zlar (uch tilda) bir ustunda yoziladi. Maqolaning qolgan matnlari ikki ustunda yoziladi.
Maqola MS Word 2003–2010 matn muharririda yozilishi va quyidagi ko‘rsatkichlarga muvofiq qat’iy rasmiylashtirilishi kerak:

  • A4 formatda;

  • matn sahifasining chekkalarida 2 sm. dan joy qoldiriladi;

  • Times New Roman shriftida;

  • maqola uchun shrift hajmi - 12 pt, jadvallar bundan mustasno;

  • jadvallar uchun shrift hajmi - 10 pt;

  • qator oralig‘i - 1,15 interval;

  • matn sahifa kengligi bo‘yicha tekislanadi;

  • Xat boshi - 1 sm ("Tab" yoki "Probel" tugmalaridan foydalanmasdan)

Quyidagilarga ruxsat etilmaydi:

  • sahifalarni raqamlash;

  • matnda sahifani avtomatik bo‘lishdan foydalanish;

  • matnda avtomatik havolalardan foydalanish;

  • avtomatik bo‘g‘in ko‘chirish;

  • kamdan-kam hollarda ishlatiladigan yoki qisqartma harflarni qo‘llash.

Jadvallar MS Word dasturida yoziladi. Jadvalning tartib raqami va nomi jadvalning yuqorisida yoziladi. 3-ilovaga qarang.
Grafikli materiallar (rangli rasmlar, chizmalar, diagrammalar, fotosuratlar) o‘zida tadqiqotning umumlashtirilgan materiallarini ifodalashi kerak. Grafikli materiallar yuqori sifatli bo‘lishi kerak, agar zarurat tug‘ilsa, tahririyat ushbu materiallarni alohida faylda 300 dpi dan kam bo‘lmagan o‘lchamda jpg formatda taqdim etishni talab qilishi mumkin. Grafikli materialning nomi va tartib raqami pastki qismda keltirilishi zarur. 4-ilovaga qarang.
Formulalar va matematik belgilar MS Wordda o‘rnatilgan formatli muharrirda yoki MathType muharriri yordamida bajarilishi kerak. 2-ilovaga qarang.
Jadvallar, grafikli materiallar ko‘rsatilgan maydondan chiqib ketmasligi lozim.

Yüklə 22,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə