Antidangasalik



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix12.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#148883
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Antidangasalik

Davr qaytariladi
Dam olish vaqti tugashi bilan yana taymerni 25 daqiqaga qo‘yib, ishni qayta
boshlaysiz. 
4 ta “Pomodoro” davridan so‘ng yarim soat yoki bir soatlik katta tanaffus qilinadi.
Keyin yana shunday davrni takrorlab, ishni davom ettirishingiz mumkin.
25 daqiqa universal vaqt hisoblanadi. Ko‘pchilik 25 daqiqa davomida chalg‘imasdan
ishlay oladi. Agar sizga 25 daqiqa uzoqlik qilayotgandek bo‘lsa, uni 20 yoki 15 daqiqa qilib
belgilang va bajaring. Tassavur qiling, 20 ta 10 kilogrammlik qutilarni binoning uchinchi
qavatiga chiqarishingiz kerak. Bir martaning o‘zida buni olib chiqishning iloji yo‘q. Ammo
siz har ikkita yoki bitta qutini ko‘tarib bir martadan qatnasangiz, barcha qutilarni
qiyinchiliksiz yuqoriga olib chiqa olasiz. Xuddi shunday har qanday katta ishni mayda
bo‘laklarga bo‘lib bajarish mumkin.
Cheklistimizning “Indikatorlar” bo‘limiga “Pomodoro davri soni” degan topshiriqni
kiritamiz.
Topshiriqlarning turlari 
Dovranbek Turdiyev o‘zining “Antidangasalik” treningida topshiriqlarni ikki turga
bo‘ladi: “Yashil topshiriqlar” va “Qizil topshiriqlar”. 
Yashil topshiriqlar sizning ko‘tarilishingizga yordam beradi. 
38 


Yashil topshiriqlar sizning loyihalaringizdan kelib chiqib qo‘yiladi. Misol uchun:
ingliz tili bilan shug‘ullanish, ishingizga taalluqli kitoblarni o‘qish, sport bilan
shug‘ullanish va hokazo.
Qizil topshiriqlar sizning tushib ketmasligingizni ta’minlaydi.
Qizil topshiriqlarga misol: Siz maktabda ishlaysiz va doimo turli xil hujjatlarni
to‘ldirib borishingiz kerak. Bu sizni yuksaltirmasa-da, ishda saqlab turish uchun asos
bo‘ladi. “Yashil” va “Qizil” topshiriqlarni ajratib olish uchun o‘zingizga quyidagi savolni
berish kifoya: “Nima uchun bu topshiriqni bajaryapman?”
Hozir qilayotgan ishingiz, kasbingiz o‘zingizga qanchalik yoqsa, sizda yashil
topshiriqlar ko‘p bo‘ladi. Ko‘pincha davlat ishida ishlaydiganlarda, abituriyent va
talabalarda qizil topshiriqlar ko‘p bo‘ladi. Siz yashil topshiriqlar sonini qanchalik
ko‘paytirishda davom etsangiz, bu o‘sishingizni ta’minlaydi.
Sana:
Uyqu soatlari
6
6
7
8
6
7
8
7
8
8
Bajarilgan topshiriqlar soni
4
5
5
6
5
7
6
8
9
8
Pomodoro davri soni
4
6
4
8
6
8
10
8
6
8
Ekranda tungi va o‘qish rejimi
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
2 daqiqa hech narsa qilmaslik
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
Qarmoqlar metodini bajarish
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
Topshiriqlarni tuzish
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
39 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə