Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Antidangasalik таҳрир




 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ANTIDANGASALIK
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Hasan Mehmonov
 
 
 



KIRISH
Bu kitobda keltirilgan barcha ma’lumotlar turli treninglar, kitoblar va tadqiqotlar asosida 
shakllantirilgan. Agar siz dangasalikni yengish yo‘llarini bilib olish uchun kitobni xarid 
qilgan bo‘lsangiz, sizga undan zarracha foyda bo‘lmaydi. Agar siz kitobni bir kunda o‘qib 
tugatishni niyat qilgan bo‘lsangiz, bunda ham sizga kitobning foydasi tegmaydi. Buning 
sababi shundaki, avvalo, bilib olishning o‘zi yetarli emas! “Bilim kuch emas, amalda 
qo‘llangan bilim — kuch”. Siz kitobning har bir bobini o‘rtacha ikki-uch kunda vaqt tashlab, 
shoshilmasdan o‘qishingiz va har bir aytilgan vazifani bajarib borishingiz kerak bo‘ladi. 
Shundagina sizga kitobdan foyda bo‘lishi mumkin. Unutmang, “Rim bir kunda qurilmagan”. 
Bu kitob yaratilishida eng katta hissasi teggan inson — ustozim Dovranbek Turdiyevga 
minnatdorchilik bidirmoqchiman. Kitobning ko‘p qismi u kishidan olgan bilimlarim va 
treninglari asosida to‘plangan. 



I BOB
Nimadan boshlash kerak?
Barcha insonlarda orzu-istaklar bor, ammo odamlar o‘z orzularini amalga oshirish 
o‘rniga, ijtimoiy tarmoqlarga, kompyuter o‘yinlariga, foydasiz uchrashuv va boshqa 
narsalarga mukkasidan ketishadi. Asosiy ish esa doimgidek dangasalik tufayli qolib 
ketaveradi. Siz ham shular qatorida bo‘lmasangiz, katta ehtimol bilan bu kitobni qo‘lingizga 
olmagan bo‘lardingiz. 
Psixologiyada 
“dangasalik” 
o‘rniga 
“prokrastinatsiya” 
iborasi 
ishlatiladi. 
Prokrastinatsiya — bu topshiriqlarni berilgan muddatdan o‘tkazib yuborish, asosiy ishlarni 
keyinga surish harakati. Bu odat, ayniqsa, talabalar orasida juda keng tarqalgan. 2007-yilda 
Kalgari universiteti psixologi Pirs Stil (Piers Steel) tomonidan o‘tkazilgan meta-tahlil
1
shuni 
ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasasi o‘quvchilarining 80 foizdan 95 foizgacha qismi topshiriq 
va kurs ishlarini bajarishni muntazam ravishda kechiktiradi. Shu sababli biz siz bilan 
prokrastinatsiyani yengishga harakat qilamiz.
Prokrastinatsiya kelib chiqishining ko‘plab sabablari bor. Shifokorga ko‘rinish orqali 
davolanadigan sabablariga depressiya, obsessiv-kompulsiv buzilish (OKB), diqqat 
yetishmasligi/giperaktivlik buzilishi (DYGB) va boshqalar kiradi. Shuningdek, xohish, 
qiziqish, kayfiyat yo‘qligi, nimadan boshlashni bilmaslik, ish hajmidan qo‘rqish va boshqa 
sabablar tufayli ham sizda prokrastinatsiya kuzatiladi. 
Demak, siz prokrastinatsiyani yengish uchun bir qoidani mukammal o‘zlashtirib 
olishingiz kerak. “Mayda o‘zgarishlar katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi”. Hayotingizdagi 
barcha narsalar mayda o‘zgarishlar oqibatida kelib chiqqan. 
“Kapalak effekti — qachondir Avstraliyadagi kapalakning birgina qanot qoqishi tufayli 
bir necha yillar o‘tib Amerikada to‘fon hosil bo‘ladi”. Bu shuni anglatadiki, barcha narsalar 
bir-biriga chambarchas bog‘liqlikda bo‘lganligi tufayli siz bu mukammal mexanizmdagi 
biror mayda elementni o‘zgartirish orqali undan keyingi katta elementlarning ham 
o‘zgarishiga sababchi bo‘lib qolasiz. Hayotingizda bu effekt ta’sirini qo‘llashingiz mumkin. 
Ya’ni siz o‘z hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, eng mayda o‘zgarishlardan 



boshlashingiz kerak. Biz doim qilayotgan ishlarimizning natijasini tezroq ko‘zimiz bilan 
ko‘rishga harakat qilamiz. Shu sababli biror ishni boshlashning o‘zidayoq ko‘proq bajarishga 
urinamiz. Masalan, siz chet tilidan lug‘at yodlashni boshlaysiz va bir necha kun davomida 
kuniga 150 tadan yangi so‘z yodlaysiz. Undan keyin sizda ishtiyoq so‘nadi, barchasi qiyindek 
tuyuladi va ishni tashlab qo‘yasiz. Fitnes bilan shugullanishni boshlaysiz: birinchi bir necha 
kunlikda siz qiyin mashqlarni qilasiz va qarabsizki, tanangizdagi og‘riqlar kuchli. So‘ngra 
siz barini tashlab qo‘yasiz. Ko‘pincha mayda o‘zgarishlardan boshlagan insonlar ham tashlab 
qo‘yishadi. Buning sababi, yuqorida aytganimizdek, bizning miyamizga o‘rnashib qolgan 
natijani tezroq ko‘rish bilan bog‘liq tushunchadir. Mayda o‘zgarishlar bilan boshlangan 
ishlar, -15 ℃ li xonadagi muzni eritish uchun xonani sekinlik bilan qizdirishga o‘xshaydi. 
Siz xona haroratini 0 ℃ ga ko‘tarishga ketgan vaqtingiz mobaynida muzda hech qanday 
o‘zgarish bo‘lmaydi. 0 ℃ dan keyin muz erishni boshlaganini ko‘rishingiz mumkin. 
Hayotingizga kiritadigan kichik o‘zgarishlar mohiyati ham xuddi shunday. Bir qancha 
vaqtgacha o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi, ammo bir kuni uyg‘onganingizda ko‘p narsa 
o‘zgarganini payqab qolasiz. O‘sha kungacha sabr bilan kichik o‘zgarishlarni amalga 
oshirishda davom etish kerak. Bu kitobni xarid qila olgan ekansiz, demak, men beradigan 
mayda vazifalarni ham bajara olasiz degan umiddaman. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə