Antidangasalik


SMARTER texnikasini ko‘rib chiqamiz.  SMARTER



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Antidangasalik таҳрир

SMARTER
texnikasini ko‘rib chiqamiz. 
SMARTER
mnemonik qisqartma bo‘lib, ingliz tilidagi so‘zlarning bosh harflaridan 
tuzilgan. 


32 
Specific — maxsus 
Sizning maqsadingiz maxsus yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Aynan o‘zingizga tegishli, 
yo‘nalishli maqsad bo‘lishi shart. Maqsadingiz orqali qanday natijaga erishmoqchiligingiz va 
u nimagalini aniqlab oling. Deylik, siz tennis bo‘yicha jahon chempioni bo‘lmoqchisiz. 
O‘zingizga “Nima uchun jahon chempioni bo‘lmoqchiman?” degan savolni bering. Agar bu 
ishni shunchaki qilmoqchi bo‘lsangiz, boshqa — hayotingizga foydali bo‘lgan biror 
maqsadni tanlang. 
Measurable — o‘lchovli
Maqsadingiz aniq o‘lchovlarga ega bo‘lishi kerak. Aniq ma’lumotlarsiz, haqiqiy 
maqsad yo‘q, shunchaki noaniq yo‘nalish bor bo‘ladi xolos. Sizda “pul topmoqchiman”, 
“ozmoqchiman” kabi maqsadlar bo‘lishi mumkin. Shu misollar kabi maqsadingiz noaniq 
bo‘lsa, bu sizning ongingiz psixologiyasiga maqsadlaringizni bekor qilish imkonini beradi. 
Siz unchalik aniq bo‘lmagan ishni qilishdan osongina qochish uchun his-tuyg‘ularga berilib 
ketasiz. Maqsadlaringiz “men bir yildan keyin oyiga ming dollar pul topmoqchiman”, “men 
uch oy ichida 10 kilogramm vaznimni yo‘qotmoqchiman” kabi bo‘lsin. Maqsadingizga 
qachon erishishingizni yozib oling. Aniq sana belgilang. Qanday daraja sizni maqsadingizga 
erishganingizni qiyoslab berishini ham aniqlab oling.
Achievable — erishsa bo‘ladigan 
Maqsadlaringizni hozirgi holatingizdan kelib chiqqan holda qo‘ying. Misol uchun, hozir 
siz oyiga 100 $ pul topayotgan bo‘lsangiz, uch oydan keyin 10 000 $ topishni maqsad qilib 
qo‘ymang. Iloji boricha real maqsadlar bo‘lsin. Maqsadingizning amalga oshishiga oid 
mavjud resurslaringiz, bilim va tajribangiz, vaqtingiz, mablag‘ingiz, imkoniyatlaringiz bor 
yoki yo‘qligini aniqlab oling. Shunga qarab maqsadingizga miqdor belgilang. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə