Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Nima qilish kerak?
Buning uchun ertangi kunlik rejalarni tuzganda vaqtni emas, energiyani 
markaziylashtirishimiz kerak. Ya’ni biz o‘zimizga muayyan vaqtda biror ishni qilishni 
belgilamasdan, ertangi qiladigan ishlarimiz ro‘yxatini tuzib chiqishimiz kerak bo‘ladi. 
Shunda biz ishlarni o‘zimizning holatimizdan kelib chiqqan holda bajarish imkoniga ega 
bo‘lamiz. Biz bu yerda sizning energiyangizni to‘g‘ri taqsimlab, topshiriqlarni bajarishni 
o‘rganib olamiz. Topshiriqlarni to‘g‘ri tuzish haqida esa keyinroq gaplashamiz. 
Cheklistdan foydalanish
Biz hammamiz nima foydali va nima zararli ekanligini, nima qilishimiz kerag-u, nima 
qilmasligimiz kerakligini yaxshi bilamiz. Misol uchun, hammamiz yaxshi bilamizki, ertalab 
badantarbiya qilish kerak va bu foydali. Ammo kim shu ishni qiladi? Amalda biladiganlardan 
qiladiganlar kamroq. Bu degani, bilishning o‘zi yetarli emas. Kitobda berib boradigan kichik 
topshiriqlarning barchasini amaliyotda qo‘llashingiz sizga kerakli natijalarni olib keladi. 



Topshiriqlar oson bo‘lgani tufayli siz ularga ko‘p vaqt ajratmaysiz. Topshiriqlarni bajarish 
jarayonida sizga quyidagicha cheklist zarur bo‘ladi.
“Topshiriqlar” deyilgan bo‘limga siz kitobda berib boriladigan topshiriqlarni kiritasiz. 
Keyinchalik bunga o‘zingiz ham qo‘shimchalar kiritishingiz mumkin. Bajargan 
topshirig‘ingizning to‘g‘risidagi sanaga moslagan holda “+” ishorasini, bajarmagan 
kuningizga “–” ishorasini qo‘yib borasiz. “Indikatorlar ” deb yozilgan bo‘limga esa bajargan 
topshiriqlarning miqdorini yozib borasiz. Bu sizga o‘zgarishlar natijasini ko‘z bilan ko‘rib 
borishga yordamlashadi. Jadvalni bugunoq chiqartirib, har kuni ko‘zingiz tushadigan joyga 
ilib qo‘ying. 
Nega jadval kerak? Jadval muhim ahamiyatga ega. Bunda siz bajargan 
topshiriqlaringizga “+” ishorasini qo‘yib borish orqali zanjir hosil qilasiz. Bu esa sizga 



psixologik ta’sir ko‘rsatadi va ularni uzishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Siz bo‘sh katakni 
ko‘rishingiz bilan ongsiz ravishda uni to‘ldirishga intilasiz. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə