Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Hech narsa qilmang!
2011-yilda Illionoys universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar
6
faol ish vaqtida qisqa 
muddatli tanaffuslar miyaning faollashishi va energiyani qayta to‘plashini ko‘rsatdi. 
Shuningdek, prokrastinatolog Maksim Dorofeyev “2 daqiqa hech narsa qilmaslik” 
amaliyotini bajarishni taklif qiladi. Ikki daqiqa oralig‘ida sizdan shunchaki hech narsa 
qilmaslik talab etiladi. Undan tashqari, 2009-yil 12-mayda Britaniya Kolumbiya universiteti 
psixologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda
7
biz xayol surganimizda miyamizning 
murakkab masalalarni hal qiluvchi bo‘limlari boshqa paytlarga qaraganda faolroq ishlashi 



aniqlangan. “2 daqiqa hech narsa qilmaslik” topshirig‘ini ham “Amaliyotlar” bo‘limiga 
qo‘shib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. 
Sizning cheklistingiz hozirgacha quyidagi ko‘rinishni oldi: 
Sana:
Uyqu soatlari 










Ekranda tungi va o‘qish rejimi 










2 daqiqa hech narsa qilmaslik 










Bugunning hisobidan kitobning shu qismigacha kelgan bo‘lsangiz, shuning o‘zi yetarli. 
Hozir o‘rgangan barcha narsangizni amaliyotda qo‘llab chiqing. Agar amalda qilmasangiz, 
kitobning qolgan qismini o‘qiganingizdan sizga foyda bo‘lmaydi. “Bu juda kam-ku”, 
deyishingiz mumkin. Ammo kitob boshida aytganimizdek, mikroqadamlar sizning 
o‘zgarishingizga katta ta’sir o‘tkazadi. Har kuni ushbu oddiy topshiriqlarni bajarish sizning 
yaxshi tarafga o‘zgarishingizga turtki beradi. Ikki kundan keyin kitobning davomini o‘qib, 
berilgan topshiriqlarni amaliyotda qo‘llab ko‘rishingiz mumkin. 


10 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə