Antidangasalik


“Qarmoqlar metodi” uchun jadval



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Antidangasalik таҳрир

 
“Qarmoqlar metodi” uchun jadval
2013-yilda Hayder (Fahmeed Hyder)
17
va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar 
natijasiga ko‘ra, tana massasining 2 foizini tashkil qiluvchi miya taxminan energiyaning 20-
25 foizini va kislorodning 50 foizini yutishi ma’lum bo‘ldi. Chala qolgan ishlar bu energiya 
miqdorini oshirib yuborishi va sizda holsizlik kuzatilishi mumkin. Shu boisdan miyadagi 
ortiqcha fikrlarni chiqarib tashlash juda ham foydali. 
Multitaskingni to‘xtating! 
Hozirgi davr odamlarining qariyb hammasi multitasking bilan shug‘ullanadi, ya’ni bir 
vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq vazifalarni qilishga urinadi. Ammo 2009-yil 24-
avgustda
18
Stenford universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida 
ko‘p vazifani bajarish imkonsiz bo‘libgina qolmay, u zararli ham ekan. London universitetida 
o‘tkazilgan yana bir tadqiqotga
19
ko‘ra, multitasking bilan shug‘ullanish IQ darajasini 15 
ballgacha pasaytirishi aniqlangan. 
Fikrlash modellari
Inson fikrlashining turli xil modellari bor. Ulardan ikkitasi bilan tanishib o‘tamiz.
Amerikalik psixolog, Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kaneman (Daniel Kahneman) 
2011-yil chop etilgan kitobida inson fikrlashi ikkita tizimdan iborat ekanligini keltiradi
20

“Tezkor” va “Sekin” tizim. Biz uchun ikkala tizim ham zarur va biri ikkinchisidan yomon 
emas. Har ikkisining ham o‘z vazifasi, ustunligi va kamchiliklari mavjud. 
Tezkor tizim asosan ongsiz ravishda ishlaydi. Bunda biz avtomatik ravishda ishlarni 
bajaramiz. Misol uchun, mashina haydab ketayotganingizda to‘satdan qarshingizdan kimdir 
chiqib qolsa, siz o‘ylab o‘tirmay, rulni o‘ng yoki chapga burasiz.
Foydali taraflari: 
• 
tez qaror qabul qiladi
• 
o‘ylash uchun deyarli energiya sarflamaydi. 


16 
Zararli taraflari: 
• 
ko‘p holatlarlarda noto‘g‘ri qaror qabul qiladi; 
• 
boshqarish juda qiyin. 
Sekin tizim ongli ravishda kechadigan jarayonlarda ishtirok etadi. Bunda siz o‘ylash 
uchun kuch sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, ilmiy masalalar ishlashda, reja 
tuzishda va hokazo ishlarda bu tizim asosiy vazifani bajaradi. 
Foydali taraflari: 
• 
kam xato qiladi;
• 
murakkab ishlarni hal qilishda yordamlashadi.
Zararli taraflari:
• 
sekin qaror qabul qiladi;
• 
ko‘p energiya sarflaydi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə