Antidangasalik


Tim Urbanning fikrlash modeli



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Tim Urbanning fikrlash modeli 
Tim Urban TED Talks'dagi mashhur bloger hisoblanadi. U o‘zining fikrlash modelida
21
bizning miyamizda ikkita shaxs: “Odam” va “Maymuncha” bor deb tasvirlaydi. Shu bilan u 


17 
insonlar nima uchun asosiy ishlarni kechiktirishini tushuntiradi. U bu holatni quyidagi 
rasmlar bilan ifodalagan: 
Prokrastinatsiyaga berilgan odamlar nima uchun ishlarni bunchalik kechiktirishini 
tushunish uchun, keling, avval kechiktirmaydigan inson miyasini tushunishdan boshlaylik. 
Inson: “
men mantiqiy ishlar bilan shug‘ullanaman. Uzoq muddat o‘ylayman. Men yosh 
bola emasman.”
Juda normal, to‘g‘rimi? Endi, keling, kechiktiruvchining miyasiga qaraylik. 


18 
Inson: 
“mening maqsadim yuqoridagi rasmda berilgan yigitning maqsadi bilan bir xil. 
Biz bir xilmiz.”
Qandaydir farq bormi? Kechiktiruvchining miyasida quloqsiz maymun ham bor. 
Maymunning borligi yaxshi bo‘lar edi, agar inson uni boshqarishni bilganida. Ammo bu 
uning qo‘lidan kelmaydi. 


19 
Inson: 
Hozir ishlarni qilish uchun qulay vaqt.
Maymun: 
Yo‘q!


20 
Maymun: 
Kel, YouTube'da dengiz jonzotlarini tomosha qilamiz va Richerd 
Feynmanning torlar nazariyasi haqida gapirganini ko‘ramiz, yana Jastin Biberning onasi 
bilan suhbatini tomosha qilamiz.


21 
Maymun: 
Keyin biz vazifalar ro‘yxatini qayta tuzamiz, Amazon'da paypoq narxlarini 
tekshiramiz va iPhone albomlarini kichikroq va muhimlariga ajratamiz



22 
Maymun:
 Bu vaqtga kelib soat 02:00 bo‘ladi va bizning 04:30 da uchrashuvimiz bor, 
shuning uchun o‘sha paytda biror bir ishni boshlashga juda kech bo‘ladi.
Inson: 
Ammo…
Maymun faqat hozirgi lahzadan zavq olish haqida o‘ylaydi. Uni boshqa narsalar 
qiziqtirmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, maymunni qo‘rqitadigan bir narsa bor.


23 
Buni Tim Urban “Vahima yirtqichi” deb ataydi. Vahima yirtqichi ko‘pincha uyquda 
bo‘ladi, lekin belgilangan muddat yaqinlashib qolganda yoki jamoatchilik orasida 
sharmandalik, martaba halokati yoki boshqa daxshatli oqibatlar xavfi mavjud bo‘lganda u 
to‘satdan uyg‘onadi. 


24 


25 
Boshqaruv maymunning qo‘lida bo‘lgan paytda hech narsa qila olmagan inson ishni 
bitirishga bir kun qolganda charchoqqa qaramay, ertalabgacha ishlab chiqishga majbur 
bo‘ladi. Tim Urban buning oldini olish uchun maymun bilan kelishuv tuzishni taklif qiladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə