Aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish



Yüklə 79,63 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.05.2022
ölçüsü79,63 Kb.
#87969
Tafakkur - Vikipediya



Tafakkur
Tafakkur
— 
inson
 aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish
jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson
faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U 
sezgi

idrok

tasavvurlarga
qaraganda
voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur — inson 
miyasining
alohida funksiyasi. Uning 
nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining
oʻzaro
munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga
keladi va ular shaxsning ongida 
tushunchalar

hukmlar
, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang
Ong
). Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati
nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi
kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining Tafakkuri, nutqi
hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida
oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi,
hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson
Tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar
oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson
muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning
vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.


Tafakkur koʻpgina fan sohalari (
falsafa

mantiq

jamiyatshunoslik
, ped., 
fiziologiya

kibernetika
,
biologiya
.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada Tafakkur voqelikni umumlashtirish
darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi,
shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat,
koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq
qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va
munosabatlar ham Tafakkur yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi
tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy
mulohaza yuritishdan iborat Tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok
kilinishi ham Tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar
Tafakkurning mahsuli hisoblanadi. 
Psixologiya
 Tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi
davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi
zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari Tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada
chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.
Ergash Gʻoziyev.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Avgust Rodin
 1880 yilda yasagan haykal


 
Soʻnggi tahrir 9 kun avval
 
Malikxan
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tafakk
ur&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tafakkur&oldid=2553103
" dan 
olindi

Yüklə 79,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə