“Aqliy hujum” metodi



Yüklə 322,39 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.04.2023
ölçüsü322,39 Kb.
#104908
“Aqliy hujum” metodi



“Aqliy hujum” metodi 
Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar 
tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali 
ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va 
ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi 
tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini 
ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa 
tarzda bayon etadilar.
Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz 
kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar 
yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” 
metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish 
imkoniyati mavjuddir.
Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. 
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish 
imkoniyati boʻladi, shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib 
borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki 
yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi 
rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar 
shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish 
uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab 
amalga oshiriladi: 
-
ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu 
metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi;
 
-
mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bogʻlash maqsad qilib 
qoʻyilganda, yangi mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi; 
 
-
oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda mavzudan soʻng, 
darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar: 
1.
Bildirilgan fikr-gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2.
Bildirilgan har qanday fikr-gʻoyalar, ular hatto toʻgʻri boʻlmasa ham inobatga olinadi.
3.
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.


“Aqliy hujum” metodining tuzilmasi. 
 “Aqliy hujum” metodining bosqichlari
 
“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:

natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-gʻoyalarning shakllanishiga 
olib keladi; 

ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

fikr-gʻoyalar vizuallashtirilib boriladi

ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini tekshirib koʻrish imkoniyati mavjud; 

ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uygʻotadi.

“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari: 

ta’lim beruvchi tomonidan savolni toʻgʻri qoʻya olmaslik;

ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi. 
1
• Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol boʻyicha oʻz 
javoblarini (fikr, gʻoya va mulohaza) bildirishlarini soʻraladi.
2
• Ta’lim oluvchilar savol boʻyicha oʻz fikr - mulohazalarini bildirishadi.
3
• Ta’lim oluvchilarning fikr - gʻoyalari (diktofonga, videotasmaga, rangli 
qogʻozlarga yoki doskaga) toʻplanadi.
4
• Fikr - gʻoyalar ma’lum belgilar boʻyicha guruhlanadi;
5
• Yuqorida qoʻyilgan savolga aniq va toʻgʻri javob tanlab olinadi.


Metoddan samarali fоydalanish maqsadida quyidagi qоidalarga amal qilish lоzim: 
Namunaviy savol:
Opa singil Fotima va Zuhralar bir biriga juda oʻxshash, ularni 
bir – biridan ajratib olish qiyin. Shu bilan birga ular buvisiga juda ham oʻxshaydi. Buning 
sababi nimada? 
“Aqliy hujum” metоdi 
Oʻuvchilarning oʻzlarini erkin his 
etishlariga sharоit yaratib berish 
Gʻоyalarni yozib bоrish uchun yozuv 
taxtasi yoki varaqlarini tayyorlab qoʻyish 
Muammо(yoki mavzu)ni aniqlash 
Mashgʻulоt jarayonida amal qilinishi lоzim 
boʻlgan sharoitlarni belgilash 
Bildirilayotgan gʻоyalarning ularning 
mualliflari tоmоnidan asоslanishiga 
erishish 
Qоgʻоz varaqlari gʻоya (yoki fikr)lar bilan 
toʻlgandan soʻng yozuv taxtasiga оsib 
qoʻyish 
Bildirilgan fikrlarni yangi gʻоyalar bilan 
bоyitish asоsida ularni quvvatlash 
Bоshqalar tоmоnidan bildirilgan fikr va 
gʻоyalar ustidan kulish, kinоyali 
sharxlarning bildirilishiga yoʻl qoʻymaslik 
Yangi gʻоyalarni bildirish davоm etayotgan 
ekan, muammоning toʻgʻri yechimini e’lоn 
qilishga shоshilmaslik 
Oʻquvchilar tоmоnidan 
bildirilayotgan har qanday 
gʻоya bahоlanmaydi 
Oʻquvchilarning mustaqil fikr 
yuritishlari, shaxsiy fikrlarini 
ilgari surishlari uchun qulay 
muhit yaratiladi 
Bоshqalar tоmоnidan 
bildirilgan fikrlarni yodda 
saqlash, ularga tayangan hоlda 
yangi fikrlarni bildirish, 
bildirilgan fikrlar asоsida
muayan xulоsalarga kelish kabi 
harakatlarning oʻquvchilar 
tоmоnidan sоdir etilishiga
erishiladi 
Gʻоyalarni turlicha va koʻp 
miqdоrda boʻlishiga ahamiyat 
qaratialadi 

Yüklə 322,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə