Aqshda kam taminlangan qatlamlarni ximoya qiladigan dasturlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə1/2
tarix22.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#111902
  1   2
AQSHda kam taminlangan

AQSHda kam taminlangan qatlamlarni ximoya qiladigan dasturlari

  • Reja:
  • 1. Ijtimoiy ishning “amerikacha” usuli
  • 2. AQSHda ijtimoiy ta’minot
  • 3. AQSHda ijtimoiy sug’urta dasturlari
  • 4. Homilador va emizikli onalar uchun dastur

Ijtimoiy ish turlarini guruhlarga bo‘lish universal hodisa emas va u turli mamlakatlarda turli xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. AQSHda ijtimoiy ishning turlarini guruhlarga bo‘lish uchun shu ish yo‘naltirilgan obyekt asos vazifasini bajaradi

  • Ijtimoiy ish turlarini guruhlarga bo‘lish universal hodisa emas va u turli mamlakatlarda turli xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. AQSHda ijtimoiy ishning turlarini guruhlarga bo‘lish uchun shu ish yo‘naltirilgan obyekt asos vazifasini bajaradi
  • AQSHda:
  • a) individ bilan olib boriladigan ijtimoiy ish;
  • b) o‘xshash vaziyatlarga tushib qolgan odamlar guruhi bilan olib boriladigan ijtimoiy ish;
  • v) jamoa bilan olib boriladigan ijtimoiy ish.
  • Har bir mamlakatdagi davlatning ijtimoiy ko‘mak berish tizimi shu yerdagi tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqib shakllantirilgan bo‘lib, bajarilayotgan vazifalarning o‘xshashligi va bir xilliligiga qaramasdan ulardagi yondashuvlar, uslublar va tashkiliy shakllarda tafovut mavjud. Bu tafovutlar ijtimoiy ishdagi Yevropa va Amerika modellarini qiyoslaganda ko‘zga ayniqsa yaqqol tashlanadi.
  • Yevropa qit’asida ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlanishi uzoqroq tarixga ega. U jamoalar o‘rtasidagi (jamoalararo) aloqalar uzilishiga bog’liq tarzda shakllandi. Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ta’minot dasturlarini amalga oshirish, turli ijtimoiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan rasmiy tuzilmalarning yaratilishida davlat tashabbuskor bo‘ldi. Amerikaga ko‘chib borganlar uchun xos belgi esa o‘zining kuchiga, shaxsiy tashabbusga va davlat tuzilmalarining ta’sirini maksimal darajada kamaytirishga intilish bo‘ldi.
  • AQSHdagi aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining xarakterli xususiyati va Yevropa modellaridan asosiy farqi uning nomarkazlashtirilganidadir. U federal qonunchilik, yoki shtat qonunchiligi, yoki bo‘lmasa federal davlat organlari va shtatlarning boshqaruv organlari tomonidan tartibga solinadigan turli ijtimoiy dasturlardan iborat. Bundan tashqari, alohida dasturlar mahalliy hokimiyatlar tomonidan ham qabul qilinadi. Bunday yondashuv muayyan mintaqada ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojni yetarlicha to‘la va tezkor aniqlash imkonini beradi.
  • AQSHdagi ijtimoiy ta’minot davlat tizimi ikki shaklga asoslanadi: ijtimoiy sug’urta va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak, ular o‘zaro moliyalashtirish manbalari bilan farqlanadi. Ijtimoiy sug’urta bo‘yicha to‘lovlar mehnatkashlardan ham, tadbirkorlardan ham olinadigan ijtimoiy sug’urta solig’i shakllantiradigan sug’urta jamg’armalari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat tomonidan beriladigan ko‘mak federal byudjet mablag’lari, shtatlar byudjeti yoki mahalliy hokimiyat organlari byudjetlari mablag’i hisobidan amalga oshiriladi.
  • AQSHning ijtimoiy sug’urta haqidagi (1935 yil) qonuniga ko‘ra ijtimoiy sug’urtaning ikki turi: qarilik nafaqasi va ishsizlarga to‘lanadigan yordam puli belgilangan. qonunda kambag’allarning ba’zi toifalari, birinchi navbatda nogironlar va yetimlarga yordam berish ham ko‘zda tutilgan. Vaqt o‘tib borishi bilan ijtimoiy sug’urtaning yangi shakllarini tadbiq etish ko‘zda tutilgan ko‘plab tuzatishlar kiritib borildi: boquvchisini yo‘qotganda beriladigan nafaqa; ishlab chiqarishda shikastlanish bilan bog’liq bo‘lmagan mehnat qobiliyatini yo‘qotish tufayli beriladigan nafaqa; 65 va undan katta yoshlilarga beriladigan tibbiy sug’urta huquqi va boshqalar.
  • 1935 yilda qabul qilingan qonun va uning qo‘shimchalarida ko‘zda tutiladigan ijtimoiy sug’urtaning barcha turlarini Umumiy federal dastur nomi bilan atash qabul qilingan. Umumiy federal dastur doirasidagi barcha pensiya va nafaqalar ijtimoiy sug’urta solig’i hisobiga moliyalashtiriladi. Mehnatkashlar uchun soliq stavkasi ish haqiga nisbatan foiz hisobida, tadbirkorlarga nisbatan esa to‘langan ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadi.
  • AQSH shtatlari darajasida ishlab chiqarishda shikastlanish yoki kasbiy xastaliklar uchun mo‘ljallangan sug’urta dasturlari mavjud. qonun tomonidan ishchiga ishlab chiqarishda yetkazilgan shikast uchun mas’uliyat tadbirkorlar zimmasiga yuklangan, to‘lanadigan badalning darajasi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun beriladigan to‘lovlarning davomiyligi yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lganlar oilasiga beriladigan to‘lovlar miqdori belgilab qo‘yilgan. To‘lovlar darajasi oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va uning umumiy hajmiga nisbatan 2/3 ni tashkil qilishi mumkin. Pul to‘lovlarining asosiy qismi xususiy sug’urta kompaniyalari tomonidan to‘lanadi, chunki tadbirkorlarning ko‘pchiligi ana shunday holatlardan sug’urta qilingan bo‘ladi. Ba’zi shtatlarda tadbirkorlardan olinadigan soliq hisobiga maxsus sug’urta jamg’armalari tashkil etilgan bo‘lib, shtatlarning hokimiyatlari ishlab chiqarishda yuz bergan shikastlar uchun sug’urta mablag’larini ana shu jamg’armalar hisobidan amalga oshirishadi.
  • AQShda ijtimoiy ta’minot tizimi.
  • Yangi irq rivojlana borgan sari ijtimoiy yordamga va ijtimoiy ta’minotga ehtiyoj orta bordi. 1814-yilda kambag‘allikni aniqlash maqsadida Tomas Chalmers tomonidan ijtimoiy tashkilot ochildi. 1843 yilda Nyu Yorkda ishsizlarga yordam berish maqsadida kambag‘allarni sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etildi. Kam ta’minlanganlami eng samarali himoya qiluvchi tashkilot (COS) Buffalo, Nyu Yorkda tashkil etildi. 1800-yillarda yetim bolalar, kar, ko‘r va ruhiy kasallarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ta’minlash asosan davlat yoki mahalliy organlar tomonidan ko‘rsatilgan. Doroteya Diks, AQShning barcha shtatlariga sayohatga chiqib, joylardagi aholini ijtimoiy holatdan o‘zini yo'qotib qo‘ygan va prezident Franklin Pirsning federal grantlar hisobidan kam ta’minlanganlar, ruhiy kasallar va boshqalami ijtimoiy ta’minoti uchun mablag’lar ajratishga ko‘ndirgan.
  • AQSHda pensiya ta’minoti
  • AQShdagi ilk pensiyalar xronologiyasi 1789-yilga borib taqaladi. Ushbu yilda Federal hukumat tomonidan fuqarolar urushi qatnashchilariga pensiya belgilangan. 1795-yilda Tomas Peyn o‘zinmg “Agrar adolatlilik” tezislarida Yevropa millatiga va hali yosh Amerika respublikasiga ijtimoiy sug‘urta dasturini taklif etadi. U meros olgan mulk sohiblarining holatidan kelib chiqib 10 foiz miqdorini soliq tariqasida toiashni va ushbu summa maxsus fondni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi zarariyatini ko‘zda tutadi. Ushbu fond hisobidan 21 yoshga toigan aholi qatlamlariga 15 funt sterling miqdorida va 50 yoshdan katta aholi qatlamlariga esa 10 font sterling kambag‘allik bo‘yicha to’lovlami amalga oshirishni ko‘zda tutgan. AQShdagi pensiya tizimining rivojlanishi evolyutsion yo‘l bilan, tarmoqlar, shtatlar, urrmmdavlat (federal darajada) xususiy sektorga jamg‘arish tizimini tajriba sifatida qoilash orqali rivojlana borgan. 1857-yilda ilk marotaba Nyu York politsiya xodimlari uchun hayotlarini va nogironlikni sug‘urtalash uchun munitsipal pensiya fondi tashkil etilgan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə