Art terapiya



Yüklə 368,46 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.03.2023
ölçüsü368,46 Kb.
#103287
CHANGE ME PLEASE



MAKTABGACHA 
TA’LIM TASHKILOTIDA
 KATTA YOSHDAGI 
BOLALARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA “ART
 
TERAPIYA”NING AHAMIYATI
 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6595532
 
 
Tojiyeva Nargiza Ilhom qizi 
JDPI Logopediya mutahasisligi 2-bosqich magistri 
Ro’ziyeva Dilobar Chori qizi
 
Jizzax shahar 32-DMTT psixologi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkilotida kata yoshdagi 
bolalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda ,, Art terapiya’’ ning ahamiyati va 
foydalanish usullari haqida ma’lumot berilgan. Mazkur 
maqoladan maktabgacha 
ta’lim tashkiloti logopedlari, psixologlari va tarbiyachilari foydalanishi mumkun.
 
Kalit so’zi

ART TERAPIYA, ijodiy faoliyat, maktabgacha ta’lim, katta yoshdagi 
bola, ijodkorlik, qum, yorma,estetik tarbiya, ahloqiy tarbiya, ruhiy tarbiya
 
O’zbek xalqining buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy “Menga
yoshlarni ko’rsatsangiz mamlakatimiz ertasi qanday bo’lishinin aytib beraman”, 
deganida ming bor haq edi.Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek O’zbekistonning
ertangi kuniga is
honchi mustahkamlash , ajdodlarga munosib bo’lish uchun
islohatlarni ilmdan boshlash kerak.Chunki ilmsiz hech bir sohada natija bo’lmaydi. 
Keyingi uch yilda bu boradagi muammolarni samarali hal etish,mamlakatimizda
kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar 
amalga oshirildi.”Ijodkorlik” sohasidagi o’quv tarbiyaviy faoliyat yakuniga 
yetganidan so’ng 6 
-
7 yoshli bola quyidagi layoqatlarga ega bo’lishi ko’rsatib
o’tilgan: san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi; milliy an’analarni 
qadrlaydi va ularni kundalikhayotning bir qismi sifatida idrok etadi, san’atning 
muayyan turini afzal ko’rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; olingan bilim va
ko’nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o’z
ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish 
uchun foydalanadi; insonning dunyo o’zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ma’naviy
-xissiy rivojlanishida tasviriy 
faoliyatning o’rni katta. Maktabgacha katta 
yoshdagi bo lalar musiqani badiiy asarlarni 
diqqat bilan tinglaydilar,tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, yomonlikni 
qoralaydilar. Bolada musiqiy va shoirona tinglash qobilyati rivojlanadi. Ularda ayrim 
musiqa janrlariga, adabiy va tasvi
riy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo 
bo’ladi. Bolalarda badiiy
-ijodiiy qobiliyat rivojlana boshlaydi. Ularda mustaqil 
ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar To’qiydilar, applikatsiya va rasmlar 
ishlaydilar, endi ula
r o’zlarining va o’rtoqla rining ishlarini baholaydigan bo’lib 
qoladilar. Kuztayotgan san’at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o’qilayotgan 
she’rlarning eng nozik tomonlarini ko’ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy 
asarlarid
agi ba’zi sh’riy obrazlarni slab qoladilar va o’z nutqlarida ishlatadilar. 


Tevarak-
atrofdagi go’zallikka, san’atga badiiy o’yin va faoliyatning har xil turlariga 
nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi. Bolalar badiiy asar qahramonlari 
xattiharakatiga juda katta his-hayajon bilan munosabat bildiradilar, ammo ularning 
fikrlari aniq, barqaror emasligi bilan ajralib turadi. Maktabgacha katta yoshdagi
bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa bo’lib ishlash malakalarini
shakllantirish dolzarb ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bolalarni tasviriy
faoliyat orqali turli ranglar jilosini his tishga, estetik qobilyatlarini o’stirishga faol 
chuqur fikrlashga va ko’tarinki kayfiyatda ishlashga o’rgatib borish muhimdir.
Tasviriy faoliyat ( rasm, loy ishi, applikatsiya, qurish yasash) bolalarda nafaqat
qiziqish uyg’otadi balki ularni o’rab turgan olamni o’z ishida aks ttirishda, olamni
ko’z oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman har tomonl
ama
shakllanishiga (estetik ahloqiy, aqliy) turtki bo’ladi. Bolalardagi fikrlash
qobilyatini rivojlantirish uchun badiiy qobilyatning hamma turlaridan ham
xayolning ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy
maqsad qo’yishga o’rgatiladi. Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda 
ko’ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o’yinlarda amalga
oshiriladi. Bolalar o’zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini be
malol,
erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shartsharoitni yaratib b erishi 
zarur. Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbar lik qilishda tarbiyachi 
yakka tartibda yondashishi lozim. Shu orqali u bolalarning o’ziga xos qob
iliyat va
imkoniyatlarni o’rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga,
musiqaga xavas juda erta uyg’onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday 
mutaxassis bo’lishini aniqlash huquqini bermaydi.Bolalarga rasm ishlash tex
nikasini
maxsus mashqlar tizimi orqali o‘rgatish g‘oyasi birinchilardan bo‘lib Iitaliyalik
san’atshunos Korrodo Richchi tomonidan qo‘llab quvvatlangan bo‘lib, ularsiz hatto
kattalar ham bolalarning bilim saviyalari darajasida qolishi mumkinligini
ta’kidlagan. Filadelfiyadagi badiiy ishlab chiqarish maktabining direktori,
akademik Liberti Tedd qo‘lning chaqqonligi, uning harakatchanligini tasvir 
mazmunini ifodalashning muhim sharti sifatida qaragan Uning fikrini
qo
‘llabquvvatlagan holda ta’kidlash joizki, qo‘lning chaqqonligi rasm ishlash
texnikasini egallash, keng ma’noda bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini
shakllantirish, ko‘pgina faoliyat turlaridan asqotadigan rassomlik mahoratini 
rivojla
ntirish uchun zarur. Qum bilan rasm chizish so’nggi o’n yillikning zamonaviy 
sevimli mashg’ulotlarida biri bo’lib kelmoqda. Bu san’at orqali bolalarda ijodiy 
faoliyat shakllanmoqda. Qum bilan ishlagan bolalarda qo’l motorikasi faol
rivojlanadi, bu e
sa o’z navbatida nutqni shakllantirishga va mavjud nuqsonlarni 
bartaraf etishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ikkala qo’lning harakatini aniqroq 
muvofiqlashtirish qobilyati paydo bo’ladi. Qum bilan rasm chizish bolalarda ham
kattalar orasida ham xayoliy fikrlarni rivojlantirishga yordam beradi. Tajribali 
rssomlar esa qumdan ajoyib animatsiyalar yaratadilar, qisqa vaqt ichida bir-birlariga
silliq oqib tushadigan rasmlardan iborat butun bir hikoya oldimizda gavdalanadi. 
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki erta ta’lim 
-tarbiya insonning butun umri davomida 


farovon va baxtli hayot kechirishi uchun mustahkam asos bo’ladi. Shu bilan birga, erta
ta’lim
-tarbiya bolaning ijtimoiy hissiy, kognitiv va jismoniy ehtiyojlarini 
birlashtirishga qaratilgan. Bolalarda ijodiy qobilyatni rivojlantirish asosida estetik 
tarbiya ham shakllanadi. Bolalarni go’zallikka oshno qilish, ularda hayotiy
voqealarni to’g’ri tushunish, olijanob his
-
tuyg’ularni va intilishlarni
shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda Art-
terapiya va qum san’atidan foydalanish yaxshi natijalarni yuzaga chiqardi. Art
-
terapiya faoliyatlarida bolalar qiziqishlari va emotsiyalari rivojlana bordi. Yangilik 
yaratishga bo’lgan qiziq
ish ijobiy his-
tuyg’ular va emotsiyalar shakllana boradi.
Bolalar rasm chizish jarayonida turli ranglarni xosil qilishdi. Har bir bola o’zi 
xohlagan rasmini o’zi xohlagandek tasvirladilar. Bu jarayonda bolalarning kayfiyatlari 
ko’tarildi, o’rtoqlariga nisbatan ham xushchaqchaq munosabatda bo’lishdi. Qumda 
rasm chizish jarayonida bolalarda avvalo hayratlanish hissi kuzatildi.
Sababi bolalar avval bu jarayonni kuzatmaganlar. Qumda rasm chizish 
jarayonida manniy yormasidan foydalandik. Chunki qum gigiena talablariga va
bolalarning sog’ligi muhofazasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bolalar
qiziqqanliklaridan xatto yormani og’izlariga solib ko’rishdi. Rasm chizish jarayonida 
zavq va hayojon bilan rasm chizishdi. Yosh avlodga ta’lim tarbiya b
erish jarayonida 
bugungi pedagogikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalanib, hamda interfaol 
usullardan foydalanishimiz kerak. Art terapiya xam bugungi kunda pedagogika va 
psixologiya sohasida juda kech tarqalmoqda. Biz xam mashg’ulot o’tish jarayonida Art 
terapiyadan foydalanish juda samarali natija beradi. 
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
 
 
1.
Sh.M.Mirziyoyev Oliy majlisga murojati. “Xalq so’zi” gazetasi 2021 YIL
2.
PQ-
3261 09.09.2017 Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish
chora tadbirlari 
to’g’risida
3.
“Maktabgacha
pedagogika”F.R.Qodirova,SH.Q.Toshpo’latova, N.M.Kayumova, 
4.
M.N.A’zamova . T. 2019
5.
”Oila kutubxonasi” M. Abdurahmonova M.Rahmonova. T.2010
6.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida aplikatsiya mashg’ulotlarni o’tkazish 
metodikasi. D.M.Mahmudova. T. 2019

Yüklə 368,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə