Participle І (V4) –
to’g’ri va noto’g’ri fe’llarning sifatdosh І shakli bo’lib, bu
shakldagi fe’llardan
davom zamonlar yasaladi.
To’g’ri fe’llar –
ularni to’g’ri fe’llar deyilishiga sabab, ular infinitive shakldan
o’tgan zamon yoki tugallangan zamon shakliga o’tganda ular
–d
yoki
–ed
standart
qo’shimchalarni oladi. Sifatdosh ІІ shaklida esa ular
–ing
qo’shimchasini oladi:
Infinitive (V1) :
to live, to work
Past Indefinite (V2) :
lived, worked
Participle ІІ (V3) :
lived, worked
Participle І (V4) :
living, working
Noto’g’ri fe’llar –
ularning noto’g’ri fe’llar deyilishiga sabab, ular infinitive
shakldan o’tgan yoki tugallangan zamon shakliga o’tganda, ularning o’zaklari
butunlay o’zgarib ketadi yoki umuman o’zgarmasdan qoladi. Sifatdosh ІІ shaklida esa
ularga
–ing
qo’shimchasi qo’shiladi:
Infinitive (V1) :
to go, to speak, to let, to put
Past Indefinite (V2) :
went, spoke, let, put
Participle ІІ (V3) :
gone, spoken, let, put
Participle І (V4) :
going, speaking, letting,
putting
Bundan tashqari,
fe’llar ma’nosiga ko’ra 2 turga bo’linadi:
1)
Dynamic Verbs – harakat fe’llari
2)
Static Verbs – holat fe’llari
Harakat fe’llari,
ish- harakatning jismonan ya’ni kishi tana a’zolari tomonidan
bajarilishini ko’rsatadi. Hodisalarni ifodalovchi fe’llar ham harakat fe’llariga kiradi:
To run –
yugurmoq, chopmoq
Dostları ilə paylaş: |