Arxeologiya



Yüklə 242,57 Kb.
səhifə1/6
tarix07.06.2022
ölçüsü242,57 Kb.
#88960
  1   2   3   4   5   6
2 5413654621312782141



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI “ ARXEOLOGIYA“ YO’NALISHI
KURS ISHI
Mavzu: Sharqiy Afrikada paleoantropologik topilmalar



Bajardi: _________________

Ilmiy raxbar: _________________


Urganch-2021

Mundarija:


Kirish………………………..………………………………..3
I BOB Paleoantropologiya: Sharqiy afrikadgi erta evolyutsiya
1.1 Paleoantropologiya: Sharqiy afrikadgi erta evolyutsiya………………………………………………..….5
1.2 Sharqiy Afrikaning zamonaviy insonlar evolyutsiyasidagi rolini …………………………………………………….…11
II BOB Sharqiy AFRIKADA Jismoniy antropologiya………………..16
2.1 Sharqiy AFRIKADA Jismoniy antropologiya………………………………………………….16
2.2 Sharqiy afrikadagi pitekantrop odamning topilishi………21
Xulosa………………………………………………………....24
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….25

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi bir necha asrlar davomida tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. Chunki “antropogenez” eng qadimgi davr tarixini o‘rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli mamlakatlarda turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo‘lishi haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Xitoy, yunon faylasuflari mil. avv. VI-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta’riflashga uringanlar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan, degan fikrni ilgari surishlariga qaramay odamni xudo yaratganligi, yoki boshqa koinotdan kelib yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor.
Ingliz olimlari ota-bola Likilar o‘tgan asrning 50-60-yillarida Sharqiy Afrikada (Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3,5mln. yil ilgari mavjud bo‘lgan degan g‘oyani ilgari surdilar. Bu turdagi odamlar fanda “Zinjantrop” (“Ishbilarmon odamlar” yoki “Gomohabilis”) va “Avstralopitek” (“Janub maymuni”) deb nom olgan.
Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo‘lib, fanda ularni “Pitekantrop” (“Maymun- odam”) deb atash rasm bo‘lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln.-700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yilda Xitoy hududlaridan topilgan (D.Blek) qadimgi odam qoldiqlari (“Sinantrop” - “Xitoy odami”) bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda zinjantrop, pitekantrop, sinatroplar eng qadimgi odamlar shakllanib rivojlanishining turli tarixiy bosqichlaridir. Bu turdagi qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnat qurollarini yasab, ulardan foydalana bilganlar. Qurol yasay bilishi, o‘simlik ildizlari va mevalarni iste’mol qilishda shu qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim hayvonlarni ovlashi qadimgi odamlarni hayvonot olamidan ajratib turgan.1
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, “Arxantrop”lar (qadimgi odamlar) eng qadimgi odamlardan farqlanib, ular zamonamizdan 100-50 ming yil keyin yashaganlar. Qadimgi odamlarning qazilma qoldiqlari dastavval Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilganligi sababli fanda ularni “Neandertal odami” deb nomlash qabul qilingan.
Eng qadimgi odamlar o‘zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat qurollarining turlarini ko‘paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada
ularning turmush tarzida, jismoniy ko‘rinishida o‘zgarishlar bo‘lib borgan. Shuningdek, miya hajmi ham o‘zgarib borgan. O‘rta tosh asridagi turli sabablarga ko‘ra, birinchi navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga yetdi. Odamning paydo bo‘lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo‘lib, u dastlab toshdan oddiy to‘qmoq yasagan bo‘lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.

Yüklə 242,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə