Asl biriktiruvchi to'qimalar: qon va siyrak biriktiruvchi to'qima



Yüklə 186,97 Kb.
səhifə3/3
tarix27.03.2023
ölçüsü186,97 Kb.
#103280
1   2   3
Asl biriktiruvchi to\'qimalar

Fibroblastlar


Fibroblastlar (lat. fibra - tola, yunon. blastos - kurtak) biriktiruvchi to`qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanali. Fibroblast yirik (20 mkm ga yaqin) noto`g`ri shakldagi hujayra bo`lib, qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina aniq ko`rinadi. Fibroblast sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bo`lib, ochroq bo`yaladi. Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellari va kiritmalari joylashgan to`qroq bo`yalgan qismdir.
Fibroblast yadrosi yirik, cho`zinchoq shaklda bo`lib, o`zida asosan mayda euxromatin tutadi. Kam differentsiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. Hujayra differentsiallanishi davomida yadrochalar yo`qolib boradi. Hujayra sitoplazmasining submikroskopik tuzilishi ham differeniiellanish darajasiga bog`liqdir.
Kam differentsiallashgan fibroblastlarda hujayra organellalari hali unchalik taraqqiy etmagandir. Differentsiallanish davomida fibroblastlar sintez qobiliyatiga ega bo`lgan aktiv hujayralarga aylanadi. Sitoplazmada juda yaxshi rivojlangan endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, mitoxondriyalarni, lizosomalarni ko`rish mumkin. Gistoximiyaviy analiz hujayra sitoplazmasida mukopolisaxaridlar kompleksi, glikogen, ribonukleoproteid va fermentlar borligini ko`rsatdi.
.Fibroblast hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma. X 8000. 1-yadro; 2-sitoplazmadagi kollagen tolalar.
Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda (psevdopodiylarda) diametri 6-7 nm m i k r o f i b r i l l a l a r yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida mikronaychalar ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra yuzasiniig turg`unligini belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat mu-ayyan sharoitlardagina harakat qila oladi. Hujayra sitoplazmasi pufakchalarga boy, ular asosan hujayra qobig`i invaginatsiyasi hisobiga hosil bo`ladi va pinotsitoz vazifasini bajarishi mumkin. Fibroblast sitoplazmasida lipid donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi to`qimada turli darajada yetilgan fibroblast hujayralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni o`z ichpga oladi.
yosh fibroblastlar mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo`ladi. Funktsional jihatdan eng aktiv hujayralar bo`lib, yetuk fibroblastlar hisoblanadi. Ular biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Bu hujayralar sitoplazmasida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin), sulfatlangan va sulfatlanmagan glikozaminoglikanlar, proteoglikanlar sintezlanadi va hujayra oraliq muhitiga chiqariladi. Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining natijasidir.
Fibrotsitlar - fibroblastlarning definitiv shakli bo`lib, bu hujayralarda organellalar keskin kamaygan bo`ladi. Shu tufayli fibrotsitlarda yuqorida qayd etilgan moddalarning sintezi deyarli to`xtaydi.
Ba’zi bir sharoitlarda (masalan, homiladorlik paytida bachadonda) fibroblastlar silliq mushak hujayralariga o`xshash bo`lgan miofibroblastlarga aylanishi mumkin. Miofibroblastlar silliq mushak hujayralaridan juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r tutishi bilan farqlanadi. Va, nihoyat, ma’lum bir sharoitlarda biriktiruvchi to`qimada fibroklast hujayrala-rihampaydo bo`lishi mumkin. Bu hujayralar gidrolitik fermentlarga boy bo`lib, ular keragidan ortiq hosil bo`lgan hujayra oraliq moddaning yemirilishi va so`rilib ketishida ishtirok etadilar.
Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda esa o`zak hujayralardan hosil bo`ladi. Dastavval fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari dif-ferentsiallashib, ulardan yosh fibroblastlar, so`ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo`ladi. Yetuk fibroblastlar ko`payish va sintez qilish qobiliyatini yo`qotgandan so`ng fibrotsitlarga (definitiv shaklga) aylanadilar. Fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari ikki xil bo`lishi mumkin deb hisoblanadi. Ularning birinchi xilidan qisqa muddat (bir necha hafta) yashovchi va himoya - trofik to`qimalarda uchrovchi fibroblastlar, ikkinchisidan esa uzoq (bir necha oylar) yashovchi va tayanch to`qimalarda joylashuvchi fibroblastlar takomillanadi.
Yüklə 186,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə