Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni solig’i



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#154801
  1   2
71 Asosiy faoliyatdan olingan daromad solig\'i


Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni solig’i
Reja
1 Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish
2 Asosiy faoliyatdan olingan daromad solig’i
3 Moliyaviy faoliyatdan olinadigan soliq foyda (zarar)ni hisobga olish

Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo’lishi mumkin. Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib ketishdan foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O’tgan yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari», 9380-«Тekin moliyaviy yordam», 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotlarda hisobga olinadi. Bular tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlarga mansub.


Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda (daromad) ning ko’payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy standat bilan tartibga keltiriladi.
9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko’rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyoti.
9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida nomoddiy aktivlar, qimmatli qog’ozlar va shunga o’xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda summasi quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti.
9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schyotida shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, boqimandalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag’larini hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 schyoti kreditlanadi. Lekin bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9330- schyot kreditlanadi.
9340-«O’tgan yillar foydalari» schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab yuborilgan materiallar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan summa va shunga o’xshaganlar kiradi.
Bunday foyda o’tkazib berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda hali o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4010-«Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi.
9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti bilan korrespondentlangan holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti kreditlanadi.
9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotida da’vo qilib olish muddati o’tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlara ks ettiriladi. Bunday hollarda quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt-6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6990-«Boshqa majburiyatlar», Kt 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotlari.
9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari» schyotida korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida turadigan sog’liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari obyektlari, turar-joy-kommunal xo’jaligi, madaniyat, sport obyektlari kiradi.
Yuqorida keltirilgan obyektlarning daromadlari xarajatlaridan ko’p bo’lsa, farqi quyidagicha daromadga o’tkaziladi: Dt 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» schyotining tegishli analitik schyoti, Kt 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari» schyoti.
9380-«Тekin moliyaviy yordam» schyotining kreditida pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda qaytib olmaslik sharti bilan pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari ko’rinishida olingan daromadlar aks ettiriladi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 5110-5530-schyotlar, Kt 9380«Тekin moliyaviy yordam» schyoti.
9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotida boshqa operatsion faoliyatidan daromadlar hisobga olinadi. Bu schyotining kreditida, xususan, quyidagilar hisobga olinadi:
-asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda ortiqcha chiqqan tugallanmagan ishlab chiqarishlar, umumxo’jalik omborlarida ortiqcha chiqqan materiallarning kirimga olinishi, Dt 2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti».
- oldin hisobdan chiqarilgan debitor qarzlarni undirib olishdan olingan daromadlar, Dt 4010- «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti».
Shu bilan birga balansdan tashqari 007- «Тo’lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o’tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» schyotidan chiqim qilinadi;
- mulk sug’urtasi bo’yicha sug’urta organlaridan tushgan to’lovlarga, Dt 4510- «Sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlari», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti;
- zaxira tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha dargumon qarzlar zaxiraidan foydalanilmagan qismini daromadga o’tkazilishiga, Dt 4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha zaxira», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
- ortiqcha chiqqan mahsulot va tovarlarning kirimga olinishi, Dt 2810-2890, 2910-2990-schyotlari, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
- tugallanmagan qurilishda aniqlangan ortiqcha chiqishlarni daromadga olinishiga, Dt 0810-0890-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
-xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’nak summalarni talab qilib olinmaganligi uchun hisobdan chiqarilishiga, Dt 6310-6390-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Bu xil daromadlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: Dt-9310, 9320, 9330, 9340,9350, 9360 ,9370 ,9380, 9390-schyotlari, Kt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.

Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə