Asosiy qism. Shaklda qismlar fynksiyasi



Yüklə 25,67 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü25,67 Kb.
#137161
Asosiy qism. Musiqiy shakl tushunchasi


R E J A:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

1. Shaklda qismlar fynksiyasi
2. Kuy - mavzuning bayon turlari
3. Kuyning rivojlanish tamoyillari

  1. Xulosa.

Kirish
Musiqiy shakl tushunchasi ikki o`zaro bog`liq bo`lgan ahamiyatni o`z ichiga oladi: keng, umumestetik va tor, mutaxassis, texnologik. Keng ma’noda shakl – bu spetsifik musiqiy vositalarda g`oyaviy-obrazli mazmunni badiiy tashkiliy aks ettirishi. Bu ahamiyatda musiqiy shaklning komponentlari bo`lib nafaqat yaxlit asar va uning qismlarining tuzilmasi, balki faktura (kuy, garmoniya, ritm – ular birligi va bog`liqligida), tembr va registr vositalari, dinamik bo`yoqlar, temp va ularni o`zgarishi (tezlatish va sekinlash), artikulyatsiya (tovushlarni chiqarish uslublari-stakkato, legato va h.k.) hisoblanadi.Raqsona pyesalarda takrorlanadigan qism band (koleno) deb ataladi. Oddiy ikki qismli shakl tarkibiy qismlari qо‘shilib ketgan yoki ajralib turgan tuzilishga ega bо‘ladi. Shaklning qо‘shilib ketganlik yoxud ajralib turganlik darajasi birinchi va ikkinchi qismlar orasidagi metrik chegaraning yaqqolligi, sezuraning aniqligi, birinchi davriyaga yakun soladigan kadensiyasining xarakteriga bog‘liq. Shaklning bо‘linganligi har bir qismning takrorlanishi bilan ta’kidlanadi. Bо‘linganlik raqs xarakteriga ega musiqada ayniqsa, kо‘proq uchraydi. Qо‘shib yozilgan shakl sekin harakatli lirik pyesalar uchun xosdir, u odatda qismlar orasidagi kuy yoki fakturaviy о‘tishlar, ikkinchi qismdan oldingi dominantali kadensiya orqali amalga oshiriladi. Oddiy ikki qismli shaklning yaratilishi va rivojlanishi birinchi navbatda maishiy raqslar va albatta turli qо‘shiq janrlar tarixiga bog‘liq. XVII asrning kо‘pgina raqslari (allemanda, kuranta, menuet, gavot)oddiy ikki qismli A +A1 toifadagi qadimiy ikki qismli shaklda yaratilgan, bunda ikkinchi qism birinchisiga nisbatan ikki yoki uch marotaba uzoqroq davom etiladi (I.S.Bax syuitalarining raqsi).


1. Shaklda qismlar fynksiyasi


Musiqa asarining tuzilishi musiqiy shakl deb yuritiladi. Musiqa vaqt о‘lchovli san’at bо‘lib, ma’lum bir vaqt davomida yoritiladi, о‘zlashtiriladi. Makonga (fazoga) oid san’at turlaridan farqli о‘laroq, musiqiy yaxlitlik asarni oxirigacha eshitib bо‘lgach, uni idrok etish jarayonida tug‘iladi. Har qanday musiqiy asar mazmuni shaklni belgilaydi. Musiqiy shakl ma’lum belgilar – sezuralar bilan bir-biridan ajratilgan qismlardan tashkil topadi. Sezuraning asosiy belgilari: pauza (sukut), uzun notalarda tо‘xtash, kuy-ritmik figuralarning takrorlanishi, jumladan, sekvensiyali takrorlanish, sur’at, registr almashinishi, yangi mavzuning paydo bо‘lishi, avval bayon qilingan mavzuning takrorlanishi hisoblanadi. Musiqiy shaklni hosil qilishda musiqa ifoda vositalari: kuy, garmoniya va ritm katta ahamiyat kasb etadi. Musiqiy asarda kuy yetakchi rol о‘ynaydi. Kuyda u yoki bu musiqiy fikrning xarakterli qirralari ayniqsa yorqin namoyon bо‘ladi. Musiqiy asarning asosi yoki uning qismi bо‘lib xizmat qiladigan musiqiy tuzilish mavzu deb yuritiladi. Har qaysi kuyni yuqorilab yoki pasayib boruvchi tovushlar harakati ketmaketligi tashkil qiladi va bu kuy tо‘lqini deb ataladi. Yuqorilab boradigan harakat kо‘pincha keskinlikning ortishini ifoda etadi va kreshendo bilan kechadi. Pasayib boradigan harakat keskinlikning pasayib borishini ifoda etib, diminuendo bilan kechadi. Kо‘tarilishlar bilan erishiladigan eng yuqorigi nuqtalar kulminatsiya (avj) yoki chо‘qqilar deb yuritiladi. Kulminatsiyaga erishish yо‘llari turlicha:
1. Kulminatsiya tomon pog‘onama – pog‘ona harakatlanish;
2. Keng sakramalarlar bilan kulminatsiyaga erishish;
3. Kulminatsiyaning pog‘onama – pog‘ona harakatlar hamda sakramalarlar birligidan hosil qilinishi.
Asosiy kulminatsiya tuzilishning «oltin kesishish nuqtasi» deb ataladigan uchinchi choragida hosil qilinadi. Kulminatsiya uchun nafaqat kuy, registrining balandligi, balki jaranglanish kuchi, garmonik fakturaning quyuqligi ham xosdir. Garmoniya (uyg‘unlik) kuy bilan bir qatorda musiqiy ifodaviylikning yana bir muhim vositasi sanaladi. Qadimgi yunon tilidan tarjima qilganda garmoniya kelishuv, uyg‘unlik ma’nolarini anglatadi. Garmoniya harakati funksionallik va kolorit nuqtai nazaridan olib qaraladi.
2. Kuy - mavzuning bayon turlari
Ikki davriyadan iborat bo’lgan shakl oddiy ikki qismli shakl deb ataladi. Ikki qismli shaklda ikki davriyaning aloqasi mexanik tarzda bo’lishi mumkin emas; ularning bir butunligi albatta shartli ravishda bo’ladi. Mavzu jihatdan olganda birlikka quyidagicha erishiladi: 1) takrorlash vositasida, ko’proq birinchi qismdan olingan materialning ikkinchi qism oxirida; 2) bunga birinchi qismdan olingan elementlar ikkinchi qismda to’g’ridan-to’g’ri takrorlanmagan vaqtda har ikkala qismdagi shakllarning umuman bir tipda bo’lishi orqali erishiladi. Murakkab davriyada ham qismlarning’ mavzu jihatdan yaxlitligi kuzatiladi. Uning ikki qismli shakldan asosiy farqi shundaki, har ikkala jumla unda boshlanish qismlarida bir-biriga o’xshash bo’ladi, ikki qismli shaklda esa har ikkala davriyaning boshlanishi har xil bo’ladi va bunda ko’p-roq ularning tugallanish qismlarida o’xshashlik kuzatiladi. Ikki qismli shaklning davriyalarida har ikkala jumlaning bir-biriga o’xshab qolishi kamdan-kam uchraydigan hodisadir. Garmonik jihatdan yaxlitlik asosiy tonallikning mavjudligida ifodalanadi. Bunda asosiy tonallik yo umuman (nisbatan olganda kamdan-kam) buzilmaydi yoki shaklning boshlanish qismida tahkidlanib, uning oxiriga kelganda yana tiklanadi. Bunday hollarda ikki qismli shakl tonallik jihatdan siqiq bo’ladi va mahlum mahnoda mustaqil muzikali organizmni eslatadi. Struktura jihatdan olganda yaxlitlik eng oddiy holatlarda bir xildagi cho’zimlarda hamda ikki davriyaning tuzilishida ifoda etiladi. Biroq, bundagi munosabatlar ko’pincha ancha kamroq elementar holatda bo’ladi. Ikkinchi davriya birinchisiga qaraganda uzunroq bo’ladi, ular o’rtasidagi strukturali aloqa esa alohida olingan va bir-biriga qo’shilib ketgan (parchalangan va jamlangan) tuzilmalarning maqsadga muvofiq ravishda taqsimlanishida o’z ifodasini topadi. Oqibat natijasida shunday qilinishi ham faqat bir oz murakkabroq holda ifodalangan bir butun yaxlitlik hisoblanadi. Ikki qismli shakllarda odatda asosiy shakl bilan mavzu yoxud faktura jihatdan bog’liq bo’lgan qisqa-qisqa muqaddimalar uchrab turadi. Ikki qismli shakl uchun mustaqil asar sifatidagi muqaddimalar tipikdir. Bunday uncha katta bo’lmagan mustaqil asarlarda xotima-kodalar ham tez-tez uchraydi. Mazkur shaklning uncha katta bo’lmagan o’lchovlariga binoan xotima (koda) ham shunga yarasha qisqa bo’ladi. Bahzan asosiy qismning o’lchoviga yetib qoladigan darajada juda rivojlangan kodalar ham uchraydi. Bunday kodani yakuniy bayondagi belgilariga, ayniqsa tonikadagi takrorlangan kadentsiyalanishga yoki tonika organ punktiga qarab bilib olish mumkin (B a x. Prelyudiya№ 1,6). Ikki qismli shakl uncha katta bo’lmagan mustaqil asarlar — prelyudiyalar, programma tartibidagi kichik pg’esalar (ayniqsa, tsikllarga birlashtirilgan pg’esalar), raqslar, qo’shiqlar (jumladan, bandli qo’shiqlar) va romanslar uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari, ikki qismli shakl o’zidan ancha yirikroq bo’lgan butun bir asarning bir qismi (murakkab uch qismli shakl, variatsiyalar mavzui, rondo mavzularidan biri, kamdan-kam hollarda sonata shaklining bir qismi) sifatida ham xizmat qiladi.Musiqaning asosiy fikr-mavzusini bayon etadigan birinchi qism ma’lum bir davriyani taqazo etadi. Ikkinchi qism davriyadan murakkab bо‘lmagan tuzilishni talab etadi. Unda musiqiy fikrning keyingi rivojlanishi va yakunlanishi sodir bо‘ladi. Ikki qismli shaklning har bir qismi takrorlanishi mumkin. Raqsona pyesalarda takrorlanadigan qism band (koleno) deb ataladi. Oddiy ikki qismli shakl tarkibiy qismlari qо‘shilib ketgan yoki ajralib turgan tuzilishga ega bо‘ladi. Shaklning qо‘shilib ketganlik yoxud ajralib turganlik darajasi birinchi va ikkinchi qismlar orasidagi metrik chegaraning yaqqolligi, sezuraning aniqligi, birinchi davriyaga yakun soladigan kadensiyasining xarakteriga bog‘liq. Shaklning bо‘linganligi har bir qismning takrorlanishi bilan ta’kidlanadi. Bо‘linganlik raqs xarakteriga ega musiqada ayniqsa, kо‘proq uchraydi. Qо‘shib yozilgan shakl sekin harakatli lirik pyesalar uchun xosdir, u odatda qismlar orasidagi kuy yoki fakturaviy о‘tishlar, ikkinchi qismdan oldingi dominantali kadensiya orqali amalga oshiriladi. Ikki qismli shaklda birinchi davriya yorqinlik baxsh etib, esda qolarli mavzu va ekspozitsiyaviy xususiyatga ega. U bir tonalli yohud parallel yoki dominantali tonallikka modulatsiya qilgan davriya bо‘lishi mumkin. Bu davriya kvadrat yoki nokvadrat tuzilishga ega. Ikkinchi davriya albatta asosiy tonallikda tugaydi. Tonallik jihatidan yopiqlik oddiy ikki qismli shaklning tugallanganligi va mustaqilligini kо‘rsatib beruvchi asosiy belgi bо‘lib hisoblanadi. Oddiy ikki qismli shaklda yozilgan vokal pyesalarda muqaddima (kirish) va xotima (yakun) qismlari mavjud, ular u qadar katta bо‘lmay, takrorlanish xususiyatiga ega.
Oddiy ikki qismli shakl turlari Oddiy ikki qismli shaklga nisbatan kо‘proq xos bо‘lgan tuzilish A +A1 xarfiy formula orqali ifodalanishi mumkin. Bu formula ikkinchi qismdagi musiqiy fikr rivoji birinchi qismning mavzuviy elementlaridan foydalangan holda amalga oshirilishini (birinchi qism ikkinchi jumlasining notama-nota yoki о‘zgartirib takrorlanishi) nazarda tutadi. Bunday shakl repriza bilan kelgan oddiy ikki qismli shakl deb ataladi. Uning sxemasi quyidagicha:
I II
a +a1 b +a1
Oddiy ikki qismli shaklning boshqa bir turi reprizasiz oddiy ikki qismli shakldir. Unda ikkinchi qism yangi mavzu materiali asosida tuziladi va contrast kiritadigan yoki yaqqol ajralib turadigan xususiyatga ega. Uning sxemasi quyidagi kо‘rinishda:
I II
a +a1 b +b1
Reprizasiz oddiy ikki qismli shakl asosan vokal asarlarda uchraydi va naqoratli qо‘shiqlarda namoyon bо‘ladi. Ular orasida shunday misollar uchraydiki, bunda ikkinchi qism musiqasining xususiyati birinchisidan shu qadar farq qiladiki, A va B qismlari orasidagi farq kontrast (ziddiyat) darajasiga yetadi.
3. Kuyning rivojlanish tamoyillari
Oddiy ikki qismli shaklning yaratilishi va rivojlanishi birinchi navbatda maishiy raqslar va albatta turli qо‘shiq janrlar tarixiga bog‘liq. XVII asrning kо‘pgina raqslari (allemanda, kuranta, menuet, gavot)oddiy ikki qismli A +A1 toifadagi qadimiy ikki qismli shaklda yaratilgan, bunda ikkinchi qism birinchisiga nisbatan ikki yoki uch marotaba uzoqroq davom etiladi (I.S.Bax syuitalarining raqsi). XVIII asrda oddiy ikki qismli shakl lendler raqsi uchun , XIX asrda esa turkumli valslar uchun xos edi. Shubert, Shuman, Glinka, Dargomijskiy, Varelas, Mushel, Yudakovlarning qо‘shiq va romanslarida, mustaqil pyesalar kо‘rinishidagi oddiy ikki qismli shakllarga turli xil misollar mavjud. Oddiy ikki qismli shakl nisbatan murakkab musiqiy shakllarning tarkibiy qismi sifatida Motsart va Betxoven sonatalari о‘rtaliq qismida, shuningdek, Shubert, Shuman, Glinka, Chaykovskiylaring cholg‘u pyesa va romanslarida uchraydi. Variatsiya shaklining mavzusi oddiy ikki qismli shaklida bayon etilishi, ayniqsa, odatiy xoldir. Klassik uslubgacha bо‘lgan davr musiqa uslubi cholg‘u musiqasida murakkab ikki qismli shakl oddiy ikki va bir qismli shakllar bilan bir qatorda keng qо‘llaniladigan bо‘ldi. Bax va uning zamondoshlari turkum asarlarining (syuita, partita, sonata) ayrim qismlari, shuningdek, fugalardan oldin ijro etiladigan prelyudiyalar odatda rivojlantirilgan bir qismli yoki ikki qismli shakllarda yaratilgan. Masalan,”Yaxshi temperatsiyalangan klavir”da prelyudiyalar qatori tipik reprizasiz ikki qismli shaklda yozilgan (birinchi jildda №24, ikkkinchi jildda № 2, 8, 9, 10, 15, 20, 21). Ularning ayrimlarida qismlar bо‘linishi takrorlanish bilan ifodalangan. Qadimiy ikki qismli shaklning modulyatsion rejasi klassik sonata shaklidagi mavzuviy rivojlanishning modulyatsion rejasiga asos solgan omil hisoblanadi. Birinchi qismning oxiri yoki о‘rtasida modulyatssion rivoj yaqin tonalliklardan biriga — dominanta tonalligi yoxud parallel majorga tomon harakatlanadi. Tonal muvozanat ikkinchi qismning о‘rtasida asosiy tonallikka sekin-astalik bilan qaytib kelishi orqali qayta tiklanadi va uning yakunida mustahkamlanadi. Asosiy tonallikka bunday qaytish reprizani hosil qilmaydi va ikki qismli shaklni uch qismli shaklga aylantirmaydi, sababi, repriza —eng avvalo, dastlabki mavzuviy materialning ekspozitsion bayoni holatiga qaytishni nazarda tutadi.
Xulosa
Musiqiy shakl deb musiqiy asarning tuzilishi tushuniladi. O`z navbatida shakl – asarning mazmunini yoritishini maqsad qilib, o`ziga xos, xilma-xil tuzilish tarkibiga ega bo`ladi. Ma’lumki, musiqiy shakllarning tuzilish qonun – qoidalari asrlar davomida shakllanib, asta sekin umumiy kompozitsion tuzilish jdvaliga bo`ysunib kelgan. Musiqiy shakllar nisbiy ravishda cheklangandir. Bu imkoniyat keyinchalik uni asosida yuzaga kelgan ko`plab yaxlit va rang barang, umumiy va farqli kompozitsion tuzilish jadvallari va shakl turlarini yuzaga chiqarib tasniflashga asos bo`ladi. Shakl – barcha san’at turlariga xos bo`lsada, ularni qabul qilib, idrok etish jarayoni o`zgachadir. Masalan, grafika, tasviriy san’at, haykaltaroshlik ko`rish orqali idrok etilsada uning shakli har ongda, har soniyada bir umumiy yaxlitlik shaklda ko`z oldimizda gavdalanadi. Binobarin musiqiy asar ko`rinishi (jumladan adabiyot namunalari kabi) vaqt davomida yoritilib, uning har bir bo`lagi, tarkibiy qismi asta sekin birma-bir vaqt jarayoniga bo`ysunib, yakuniga qadar yoritiladi. Ya’ni musiqiy asarni tinglanishi va u haqda ma’lum ma’lumotga ega bo`lish vaqt jarayoni bilan bevosita bog`liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Urmanova Lola, Akbarovna Trigulova, Adelya Xusainovna, Ibraхimjanova Gavhar Amanbaеvna MUSIQA NAZARIYASI (Musiqa nazariyasi asoslari. Garmoniya. Musiqa asarlari taxlili) Oliy ta’lim muassasalari uchun o’quv qo’llanma 5111100 - Musiqa ta’limi Toshkent 2012

  2. Sposobin I. Musiqa shakli. tarj. T.G’ofurbekov, T., 1982

  3. Baxromov B.A . Musiqaning elemntlar nazariyasi. T.: 1983

  4. Raximov Q. Musiqaning elementlar nazariyasi, Ma`lumotnoma T.: 2007

  5. Akbarov I.A. Musiqa lug`ati. Mahsus muharir G`ofurbekov T.R.2-nashri, T.: 1997.

MUNDARIJA


I. Kirish………………………………………………………………………
II. Asosiy qism……………………………………………………………….
1. Musiqiy shakl tushunchasi…………………………………………….
2. Oddiy ikki qismli shakl turlari……………………………………….
3. Oddiy ikki qismli shaklning yaratilishi va qо‘llanilishi……………….
III. Xulosa………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………........
Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə