Asosiy qism



Yüklə 391,29 Kb.
səhifə1/6
tarix31.12.2021
ölçüsü391,29 Kb.
#81145
  1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish


Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism:

2.1. 2021-yil uchun O‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida O'zbekiston Respublikasi qonuni;

2.2. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida O'zbekiston Respublikasining qonuni;

2.3. Mahalliy soliqlarning davlat byudjetidagi ahamiyati: milliy va jahon amaliyoti tahlili.


  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish1

U yoki bu mamlakatda byudjet-soliq siyosatining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, o‘z-o‘zidan emas, balki obyektiv reallikka asoslanadi. Bu yerda, eng avvalo, inobat- ga olinishi lozim bo‘lgan narsa shu mamlakatda bozor mu- nosabatlari unga o‘tishning qanday modeliga borib taqalishi bilan belgilanadi.

Byudjet siyosati byudjet-soliq siyosatining va shunga mos ravishda moliyaviy siyosatning ham eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va unga nisbatan birlamchi xarakterga ega. Eng oddiy tarz (primitiv shakl)da bu narsa masalaning “soliq-byudjet siyosati” tarzida emas, balki aynan “byud- jet-soliq siyosati” tarzida qo‘yilayotganligi bilan ham belgila- nadi. Bu yerda “Alixo‘ja” “Xo‘jaali” emas.

Byudjet siyosati doirasidagi eng dolzarb muammolarning barchasi beixtiyor byudjet defitsitiga borib taqaladi. Birgi- na uning darajasiga qarab turib, byudjet siyosatining ah- voliga makrodarajada baho berish mumkin. Bir vaqtning o‘zida byudjet defitsitining darajasi har qanday davlatning moliyaviy mustaqilligini belgilashda muhim ahamiyatga ega. U ma’lum bir daraja (me’yor)da bo‘lmog‘i lozim. Byud- jet defitsitining darajasi umum­e’tirof etilgan (umumiy qabul qilingan) daraja (me’yor)dan oshsa, u mamlakatning mus- taqilligiga jiddiy xavf soladi. Bu esa, o‘z navbatida, hozirgi sharoitda byudjet defitsitini kamaytirish byudjet siyosati- ning markaziy, ayrim hollarda esa, “Yo hayot, yo mamot!” masalasi bo‘lib qolganligini anglatadi.

Soliq siyosati byudjet-soliq siyosatida alohida salmoq- li o‘ringa ega. Ular soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosatidagi vaziyat; soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosi va soliq siyosati; soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining prinsiplari, ularning soliq siyosati hayotiychanligiga ta’siri; iqtisodiyotni tartibga solish instrumenti sifatida soliqlar va soliq siyosati; soliq siyosati va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari kesimida bayon qilindi.

Soliq siyosatidagi eng munozarali muammolardan yana biri soliq imtiyozlariga tegishli. Bir vaqtning o‘zida soliq im- tiyozlarini oqilona taqdim etish soliq siyosati samaradorlig- ini ta’minlashning garovi hisoblanadi.

Byudjet-soliq siyosati – dogma emas. Garchi “shamolning qay tomondan esayotganligi” unga unchalik ta’sir ko‘rsatma- sa-da, hayotning o‘zi o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun u ham o‘zgarib turadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotida bir bosqich- dagi vazifalar muvaffaqiyatli hal etilganidan so‘ng navbat- dagi yangi vazifalar kun tartibiga qo‘yiladi. Yangi vazifalar- ni “eski” byudjet-soliq siyosati doirasida bajarishga urinish hamma vaqt ham muvaffaqiyat keltiravermaydi. Yangi vazi- falarga nisbatan yangi byudjet-soliq siyosati zarur. Shuning uchun ham vaqt o‘tib, takomillashtirishni taqozo etmagan byudjet-soliq siyosati mavjud emas. Bunda esa “boshni har toshga urmasdan” dastlabki kunlardanoq byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning fundamental asos (ustuvor yo‘nalish)larini aniqlab olish prinsipial ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 391,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə