Asosiy qism


-yil uchun O‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida O'zbekiston Respublikasi qonuni2



Yüklə 391,29 Kb.
səhifə2/6
tarix31.12.2021
ölçüsü391,29 Kb.
#81145
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish

2.1. 2021-yil uchun O‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida O'zbekiston Respublikasi qonuni2

1-bob. Umumiy qoidalar:

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi:

Ushbu Qonunning maqsadi 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish:

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan (bundan buyon matnda respublika budjeti deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablag‘lardan faqat 2021 moliya yili davomida foydalaniladi va kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) bilan kelishgan holda o‘zining joriy xarajatlari tarkibidagi tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb yuritiladi) amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.

Vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi istisno tariqasida Budjet kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan miqdorlardan qat’i nazar, birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun respublika budjetidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga (O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga) ajratiladigan mablag‘larni boshqa birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchiga mazkur maqsadlarga sarflash uchun o‘tkazish huquqiga ega.

2-bob. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti parametrlari:

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlari:

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2022-2023-yillarga budjet mo‘ljallari 1-ilovaga muvofiq, ularni tayyorlashda asos bo‘lgan 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2022-2023-yillarga maqsadli mo‘ljallar 2-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

4-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi va xarajatlari:

2021-yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ularning xarajatlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5-modda. Respublika budjeti daromadlari prognozi va xarajatlari:

2021-yil uchun respublika budjeti daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2021-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga soliqlar, davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika budjetiga o‘tkazilishi mumkin.

6-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari:

2021-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2021-yil uchun respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga va viloyatlarning viloyat budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

7-modda. Ayrim to‘lovlar stavkalari

2021-yil uchun:

mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 8-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun);

tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlarning cheklangan stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

avtotransport yig‘imlarning stavkalari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.

8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish:

2021-yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi 903,4 mlrd. so‘m miqdorida belgilansin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining 2021-yil uchun zaxira jamg‘armalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetini, viloyatlar viloyat budjetlarini va Toshkent shahri shahar budjetini, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi budjetdan ularga ajratiladigan budjetlararo transfertlar miqdori oshgan hollarda tegishli budjetlar zaxira jamg‘armalarining belgilangan miqdorlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga o‘zgartishlar kiritilmaydi.

9-modda. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi barqarorligini ta’minlash:

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oxirigacha ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:

respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan;

respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizdan kam miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha qarorlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Budjetlar xarajatlarini qisqartirishda budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning budjet mablag‘larini o‘zlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash:

O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 2,2 mlrd. AQSh dollari (shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlari — 5 trln. so‘m), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 3,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilansin.

2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) hisobidan amalga oshiriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qaytariladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti xarajatlarida aks ettiriladi.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdorini belgilash:

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 5,5 foizi miqdorida belgilansin.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar:

16-modda. “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini buzganlik uchun javobgarlik

“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

17-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash:

Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

18-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish:

Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

19-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi:

Ushbu Qonun 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2022-2023-yillarga maqsadli mo‘ljallar


Yüklə 391,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə