Asosiy vosiтalar hisobi



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə3/21
tarix23.12.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#97772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ASOSIY VOSITALARNI HISOBDAN CHIQARISH VA ULARNI HISOBDA AKS ETIRISH

Qayta tiklash qiymati - bu asosiy vositalarni hozirgi vaqt sharoitida takror ishlab chiqarish qiymatidir. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda ma’lum davrda qayta baholanadi. Qayta baholash O’zbekiston Respublikasida hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta baholash natijasidan keyingi asosiy vositalar qiymati qayta tiklash qiymati deb ataladi. Bunday qayta baholashlar bizni mamlakatimizda 1925, 1945, 1960, 1972, 1992, 1995, 1997 va 2001, 2003 yillarda o’tkazilgan. Qayta baholash amalga oshirilgan fursatdan boshlab ob’ektning qayta tiklash bahosi uning bosh-lang’ich qiymati hisoblanadi.
Joriy qiymat - bu ma’lum sanada amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha asosiy vositalarning qiymati yoki o’zaro manfaatdor tomonlar o’rtasida aktivlar-ni almashtirish mumkin bo’lgan summadir.
Asosiy vositalar ishlatilishi jarayonida eskiradi va buning oqibatida esa uning boshlang’ich qiymati kamayib boradi. Asosiy vositalarni o’z texnik-iqtiso-
diy sifatlarini sekin-asta yo’qotib borishini pul ko’rinishida ifodalanishi ularni eskirishi deb aytiladi.
Qoldik qiymat - asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati yoki joriy qiymatidan to’plangan eskirish summasini ayirmasidan keyingi hisobotda aks ettiriladigan qiymatdir.
Тugatish qiymati - bu asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati oxirida asosiy vositalarni tugatishda paydo bo’ladigan qiymatdan taxmin qi-linayotgan chiqib ketish xarajatlarlarini ayirgandan keyin qolishi kutilayotgan qiymatdir.
Asosiy vositalarning baholash tamoyillari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar uchun bir xildir. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiy-matlari ularga qo’shimcha qurishlar, qo’shimcha jihozlashlar, rekonstruktsiya qi-lishlar va qisman tugatishlar natijasida o’zgarishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar buxgalteriyasida asosiy vositalarni hisobga olish ularni turkumlanuvchi turlari (natural-buyum shakli ) inventar ob’ektlar bo’yicha amalga oshiriladi.

Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə