Asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə1/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI



ASQAROVA DILOROM QURBONOVNA
BOLALALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH
METODIKASI

5111800- Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma


NAMANGAN-2019


BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH METODIKASI.


ASQAROVA DILOROM QURBONOVNA

ANNOTATSIYA


O‘quv qo‘llanmada bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy yo‘nalishlari, shakllari va metodlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qisqa muddatli guruhlarida bolalarni maktabga tayyorlash, “Ilk qadam” davlat dasturi asosida bolalarni savodga o‘rgatish, bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi tahlili, tashxislash usullari, bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar, maktabgacha ta’lim muassasasi, oila va maktab hamkorligi oid ma’lumotlar keng yoritilgan. Bu jarayonda qo‘llanadigan zamonaviy pedagogik tehnologiyalar ko‘rsatib o‘tilgan, asosiy tushunchalar izohidan tashkil topgan glossariy berilgan.


O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5111800-maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.


Taqrizchilar: Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi M. Abdullayeva

Qarshi davlat universiteti


maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.X. Oripova


SO‘ZBOSHI
Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga olgan holda bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29-dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyo‘l), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega. Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va ma’naviy jihatdan maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliy-irodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida ahamiyatli sanaladi.
Bolalarni maktabga tayyorlashda bu boradagi metodik bilimlarga tayanish, aniq tizim va ketma-ketlikka asoslanish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda bolalar bog‘chalari tarbiyachilariga kerakli ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari, metodikasi va amaliyotiga oid zamonaviy tehnologiyalar bilan tanishtirish, bu boradagi ta’lim tehnologiyalari va didaktik usullarining qo‘llanishiga oid ko‘rsatmalar berishdan iborat. O‘quv qo‘llanmadan zaruriy adabiyotlar ro‘yxati, muhim tushunchalar izohini o‘z ichiga olgan glossariy o‘rin olgan. Bu esa soha mutaxassislari uchun kerakli ma’lumotlar bilan tanishish imkonini beradi.

Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə