Atmosferani ifloslanishi va uni bartaraf qilish yo'llari reja: Atmosfera haqida umumiy tushuncha



Yüklə 46 Kb.
səhifə1/4
tarix22.02.2023
ölçüsü46 Kb.
#101172
  1   2   3   4
ATMOSFERANI IFLOSLANISHI VA UNI BARTARAF QILISH YO\'LLARI


ATMOSFERANI IFLOSLANISHI VA UNI BARTARAF QILISH YO'LLARI
Reja:


1. Atmosfera haqida umumiy tushuncha.
2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar.
3. Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy
holatlar va uning oqibatlari.
4. Atmosferani muhofaza qilish.


Tayanch tushunchalar: atmosfera, troposfera, stratosfera, termosfera,
ekzosfera, ozon qatlami, dunyo issiqxonasi, kislotali yomirlar,
fotokimyoviy smog.


Atmosfera haqida umumiy tushuncha.
Atmosfera so`zi yunoncha tildan olingan bo`lib, (atm-bu, sfera-qobiq) ya`ni havo qobii degan ma`noni anglatib, biosferada hayot mavjudligini ta`minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera erning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobii bo`lmaganida edi, er yuzida kunduzi +1000S va kechqurun -1000S harorat kuzatilgan bo`lar edi. Unda bulutlar paydo bo`ladi, yomir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo`ladi, shuningdek erga namlik berib, tovush o`tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.
Atmosfera qobii quyidagi qatlamlarga bo`linadi.
1. Troposfera – er sirtida 0-15 km gacha
2. Stratosfera – 15-50 km gacha
3. Mezosfera – 50-80 km gacha
4. Termosfera – 80-800 km gacha
5. Ekzosfera – 800-1000 km dan yuqori.
Atmosfera shu qatlamlar bilan bir butun qobiq bo`lib hisoblanadi.
Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo`ladi: asosan azot-78,09%, kislorod-20,95%, argon-0,93%, karbonat angidrid-0,03% mavjud. Shu bilan birga yana inert gazlar: geliy, neon, ksenon, vodorod, kripton, metan, ammiak, yod, radon gazlar va havoda doim 3-4 % suv bulari, changlar bo`ladi.
Atmosferani tashkil etgan havo zichlikka ega. Bosim yuqoriga ko`tarilgan sari gazlarning zichligi kamayib boradi. Havo qobii o`z oirligi bilan bizni va atmosferadagi barcha narsalarni bosib turadi. YEr atmosferasi qobiining massasi 5,27 . 1015 tonnani tashkil etadi.

Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə