Atmosferani Ifloslantiruvchi Radioaktiv Moddalar



Yüklə 116,36 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü116,36 Kb.
#40513

Atmosferani Ifloslantiruvchi Radioaktiv Moddalar
Atmosferani ifloslantiruvchi xavfli manbalardan biri radioaktiv moddalardir. Atmosferadagi tabiiy radioaktivlikning manbai kosmik nurlar tufayli hosil bo’luvchi: uglerod-S14, tri- tiy 3N, berilliy 7Ve izotoplaridir.

Yer sirtida mavjud bo’lgan uranning, toriyning va aktiniyning izotoplari parchalanishi tufayli vujudga keladigan mahsulotlar atmosferaga chiqib, uni ifloslantiradi. Tabiiy holda ifloslangan atmosfera o’z-o’zini tozalab turadi, og’ir zarracha lar og’irligi tufayli, yengil zarrachalar yog’in-sochin natijasida yerga tushadi.

Tabiiy ravishda atmosferaning radioaktiv modalar bilan ifloslanishi ikki xil: kosmik fazo va yer sirtidan. Tirik organizm bunday radioaktiv ifloslanishlarga moslashgan.

Atmosferaning radioaktiv modlalar bilan sun'iy ravishda ifloslanishi:

1) atom va vodorod bombalarini havoda sinash;

2) yadro qurollarini tayyorlaydigan turli xil ishlab chiqarish korxonalari;

3) yadro reaktorlari va AES lar;

4) radioaktiv moda,alardan foydalanadigan korxonalar;

5) ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan radioaktiv qoldikdar;

6) reaktorlardagi avariyalar;

7) radioaktiv modd,alarni yer bag’ridan qazib olish, tashish, qayta ishlash, saqlash.

Qurilmalar avariyaga uchraganda havoga ko’plab radioaktiv moddalar tarqaladi. Uzoq vaqt ta'sir qiluvchi radioaktiv elementlardan eng xavflisi: Sr89 va Sr90. Bular insonning suyak to’qimalarida to’planib, organizm nurlanishi manbai bo’lib qoladi.

Radioaktiv modaalar havoga shamol, suv oqimi, qushlar, transport va odamlarning harakati orqali tarqaladi.

• Havodagi radioaktiv moddalar kishi organizmiga quyidagi yo’llar bilan og’iz va nafas olish yo’li, teri orqali; tuproq, va o’simliklardan to’g’ridan-to’g’ri organizmga o’tadi. Radioativ moddalarning bir qismi, o’pka, jigar, buyrak, qon va mushaklarda to’planib radioaktiv manbaga aylanib, nur tarqatadi, oqibs nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi.

Radioaktiv moddalar bilan har qanday dozada nurlanish son uchun xavfli. Yerda radioaktivlikning mikdori 1 rentgendan oshsa, kelajak avlodlardan 10 mln. kishining sog’lig’i xavf ostida qoladi. Inson va hayvonlar uchun eng xavfli radioaktiv modda Sr90; u asosan tish, miya suyaklarining qon bilan bog’langan joylarida to’planib saraton va oqqon kasalliklarini keltirib chiqaradi. Yer sharida suyagida Sr90 bo’lmagan bolani uchratish qiyin. Radiatsiyaning insonni nobud qiladigan dozasi 600 rentg sichqon uchun 900, ba'zi bir hayvonlar uchun 300000 rentgenni tashkil qiladi. Ayrim bakteriyalar 10 dan 20 mln. rentgen dozada nurlansa ham yashab, rivojlanaveradi.

Radioaktiv elementlarning ishlab chiqarish korxonalarida ochiq suv havzalarida ruxsat etilgan konsentratsiyasi quyida jadvalda ko’rsatilgan:



Elementlar

Odamlar ishlaydigan xonadagi havoda, mg/m3

Ochiq suv havzalarida, m g//l

Uran

0,015

0,05

Fosfor

1*10-10

1*10-8

Oltingugurt

1*10-9

5*10-6

Kobalt

5*10-11

5*10-9

Stronsiy

1*10-12

5*10-10

Radioaktiv moddalarning eng xavflisi o’simliklar urug’ida to’planib qolgani hisoblanadi. Urug’ ekilganda radioaktiv modda yangi o’simlikka o’tadi. Bundan havo ifloslanib, havodan inson va hayvonlarga o’tadi, o’simliklarning bargi atmosferadagi radio aktiv moddalar bilan eng ko’p zaharlanadi.

Radioaktiv moddalar bilan ifloslangan o’tni yegan sigirning sutiga radioaktiv yodning konsentratsiyasi 1,4*10-6 kyuri/l.ga tengligi aniqlangan.

Sigir sutida mavjud bo’lgan Sr90 ning 90 foizi o’simliklar bargida o’tirib qolganidan, 10 foizi esa ildiz tizimidan o’tar ekan.

Iflos havodagi chang va qurum uyga ochiq deraza, teshiklar orqali kiradi, natijada polni, devorni, shiftni, mebelni va boshqa buyumlarni iflos qiladi. Gazsimon sulfit angidrid ohak, dolomit, beton kabi materiallarni yemiradi. Iflos havo qurilish materiallari, metallar, rezina, gazlamalar, qog’oz, yog’och, paxta, teri va boshqalarning tarkibini buzadi.

Havodagi namlik yuqori bo’lganda sulfit angidrid suv bilan reaksiyaga kirishib, sulfit kislota bug’larini hosil qiladi. Bu bug’lar metallni korroziyalaydi.

Atmosferada chang ko’payishi natijasida quyoshdan yer sirtiga kelayotgan nur oqimi kamayadi. Natijada ba'zan kunduz kuni ham elektr lampochkalarini yoqishga to’g’ri keladi. Bu esa energiya «tanqisligi» ni keltirib chiqaradi.

Havo chang va tutun bilan qoplangan vaqtda havoning xiralanishi samolyotlarning uchishiga va qo’nishiga xalaqit beradi. Transportlarning normal ishlash sharoitini yomonlashtiradi. Halokatlarni ko’paytiradi.

Havoning ifloslanishi natijasida kasalliklar, baxtsiz hodisalar ko’payadi, kishilarning mehnat qobiliyati pasayadi va umri qisqaradi.

Savol:

1. O’rmondagi shumtolning umri 250-300 yil; parklarda u 60-80 yil, xiyobon ko’chalarida esa atigi 40-50 yil yashaydi. Nima uchun?

2. Mayda bargli jo’ka (lipa) daraxti o’rmonda 300-400, parkda 125-150, ko’chalarda atigi 60-80 yil yashaydi. Nima sababdan?

3. Sizning hovlingiz, ko’changizdagi daraxtlar ham shundaymi?


E.O. Turdiqulov «Inson va havo» o’kuv ko’llanmasidan

foydalanildi.

YUZ YOSHLI KIMYOGARLAR
Viktor Mills (28.03.1897- 01.10.1997)-amerikalik kimyogar texnolog. Uniig kashfiyoti kimlargadir kulgili tuyulishi mumkin. Biroq, bu kashfiyot insoniyat uchun foyda keltirgan. 1926 yilda institutni tamomlab, Mills «Procter&Gemble» firmasiga ishga kirdi va shu joyda 35 yil faoliyat yuritdi. U I martalik tagliklar «Pampers»larni yaratdi. Milssning qizi 3 nafar farzandiga qarab turish uchun tashlab ketadi. Bolalar qoldi, demak bir necha bor kir yuvish kerak, deb o’ylanib qolgan olim, kashfiyotga qo’l urdi. Bobo nabiralari uchun plastik ichki kiyim yasaydi. Issikda bu ichki kiyim uning nevaralarida salbiy holatlarga olib keldi. 1959 yilda olim o’z kashfiyotini mukammallashtirdi. Yangi mahsulotga «Pampers» nomi berildi. U inglizchadan «erkalash» deb tarjima qilinadi.

Hozirda bu mahsulot kompaniyaga bir necha million dollar foyda keltgmokda.



Frederik Uorner (31.03.1910-03.07.2010) -ingliz kimyogari. Dastlab etilasetat ishlab chiqarish, nitrat va sulfat kislota olish masalalari bilan shug’ullangan. Keyinchalik penisillin ishlab chiqarish zavodida ishlagan. Yadro qurollanishi va ekologiya masalalari bo’yicha maslahatchi bo’lib faoliyat yuritgan. 1980 yilda nafaqaga chiqib, ishni ham davom ettirgan. Chernobil AESidagi avariyadan so’ng 65 yoshdan oshgan odamlardan iborat xalqaro guruh tuzgan. Ular radioaktiv cho’kmalarning zararini o’zida sinab ko’rish bilan fanga yordam berishgan. Uornerning mashinasozlikdagi muvaffaqiyatlari uchun unga ritsarlik unvoni berilgan - ismiga «ser» so’zi qo’shilib aytiladigan bo’lgan.

Ivan Fyodorovich Ponomaryov (25.05.1882-11.08.1982) - Rossiyalik mashhur fizik-kimyogar. Silikat va sement sanoati asoschilaridan biri. Kurnakovning shogirdi. 1918 yilda shisha ishlab chiqarish amaliyotini oshirish uchun Getingenga yuborildi. 1918 yildan o’qituvchilik bilan shug’ullandi.(O’tgan asrning 20-yillarida Sibir va Uralda silikat sanoatini rivojlantirish bilan band bo’lgan. Ponomaryovning 300 ga yaqin qo’llanmalari, 20 ga yaqin ixtirolari mavjud.

Vladimir Stepanovich Shpak (20.02.1909- 23.02.2009) - texnik, kimyo sohasining yetuk mutaxassisi. Raketa yoqilg’isi va yonish jarayoniga oid bir qator ixtirolar sohibi. Og’ir organik kimyo sanoatining yetakchi mutaxassisi sifatida uzoq yillar ishlagan. Uning rahbarligi ostida bir qator kimyoviy korxonalar tashkil etilgan, kimyoning yangi tarmokdari, jumladan, ftororganik birikmalar kimyosi tarmog’i yo’lga qo’yilgan.

Fanda uzoq, umr ko’rish sirlari

Yuqorida 12 nafar buyuk shaxslarning qisqacha tarjimai xoli bilan o’quvchilarni tanishtirishdan maqsad ularning shunchalik faol va uzoq yashashiga nima sabab bo’lgan degan savolga javob topish edi. Albatta, eng asosiy omil- naslda uzoq umr ko’rishda. Ammo, undan boshqa sabablar ham bo’lgan.

Ko’zga tashlangan bir jihat - ularning barchasi charchash nimaligini bilmagan mehnatsevar odamlar edi. Ular fan bilan birgalikda pedagogika bilan ham shug’ullanishgan. Qizig’i shundaki, ularga yaqin kishilarning ma'lumotiga ko’ra, 100 yoshida ham kuch, yangi g’oyalar va fikrlar bilan to’lib-toshgan. Masalan, 102 yoshli Rey Kristning ish vaqti 7.30 boshlanib 18.00 da tugagan. Olimlar oilaviy hayotida ham baxtli bo’lishgan. Rafiqalaridan boshqasiga qayrilib qarashmagan. Hayoti sevgi-muhabbat bilan to’lib-toshgan. Oilalarini muqaddas bilganlar. D.Gildebrand rafiqasi bilan 75 yil, Albert Xofman 70 yil, Arnold Bekman 64 yil, Uolter Morgan 63 yil, Guliy 60 yil birgalikda yashaganlar. Olimlar o’zlarining yutugqlarining sababchilari deb xotinlarini tan olishgan. Ular uyda ijod uchun sharoit yaratgani sababli olimlar mashhur bo’lishdi.

Biokimyogar Guliy ovqatlanishni chegaralagan. Ko’proq sabzavotlar - karam, sabzi, shuningdek, turli sho’rvalarni iste'mol qilgan. Olimning fikricha, aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan uyg’unlashsa, ruh va jism tetik bo’lishini ta’kidlagan. Serharakatlik sog’liqqa foydali ekanligini yoddan chiqarmaganlar. Gildebrand suzish, alpinizm, Uorner rebi bilan shug’ullangan. Mills esa tog’ma-tog’ yurishgan.

An'anaga ko’ra, kimyogarlik xavfli kasb hisoblanadi. Haqiqatda ham, kimyoda xavfsizlik qoidalariga rioya etmagan ko’pgina olimlar hayoti bevaqt to’xtagan. Maqoladan ko’rin turibdiki, eng oddiy qoidalarga rioya qilish hatto eng xavli kasb egalari - kimyogarlarning hayotining uzoq va mazmunli bo’lishiga sabab bo’lgan ekan!

D.AZAMATOBA.

«Ximiya i jizn» jurnalining 2011 yil 5-sonidan

Foydalanildi.

Zr – SIRKONII
Bu modda sof holda kumushsimon yaltiroq, qattiq, bolg’alanuvchi, plastik modda. U elektr tokini va issiqlikni yomon o’tkazadi. Uning 5 ta izotopi ma'lum, 90Zr, 91Zr , 92Zr , 94 Zr va 96 Zr.

Zr-zirkonium forscha «zargun»-oltin tosh so’zidan olingan. Davriy jadvalda VI guruhda joylashgan. Tartib raqami 40, nisbiy atom massasi 91 gr, zichligi 6.4gr/sm3, suyuqlanish harorati 1900°S, qaynash harorati 5050°S.



Modifikatsiyalari. Uning sun'iy yo’l bilan hosil qilingan 2 ta izotopi radioaktiv moddalar hisoblanadi. Sirkoniyning a va v modifikatsiyalari ma'lum. a-sirkoniy geksogonal panjarali, v-sirkoniy hajmiy markazlashgan ko’p panjarada kristallanadi.

Xossalari. Kimyoviy xossalari jihatdan gafniyga juda o’xshash bo’lgan sirkoniy ftorid va nitrat kislotalar aralashmasida eriydi. Kislorod azot, uglerod, galogenlar bilan qizdirilgandagina birikadi. O’z birikmalarida to’rt valentlikni namoyish etadi.

Texnikada. Elektr tokini olislarga uzatishda minoralarga o’rnatilgan izolyatorlar tarkibida sirkoniy bo’ladi. Samolyot turbinalarini bir tekisda ishlashini ta'minlaydi. Sirkoniy oksidi dunyodagi eng qiyin suyuqlanadigan moddalardan biri. U garchi 2680° S da, shu holatda ham turli kimeviy ta'sirlarga chidamli bo’ladi. Undan kvars eritiladigan tigellar tayerlashda, metall eritiladigan pechlar teriladigan g’ishtlarda, issiqlikka chidamli sir tayyorlashda, qiyin eriydigan shisha ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Metallurgiyada. 0.1% sirkoniy qo’shilgan po’latdan zirhli qalpoqlar tayyorlash mumkin. Bunday po’lat juda tez va kuchli urilish ta'siriga chidamli bo’ladi. Uning alyuminiy va magniy bilan qotishmalari 150-200°S da ham o’zining chidamliligi va pishiqligini yo’qotmaydi.

Zargarlikda. Tarkibida ZrO2 bor mineral rangsiz, olmosdek tovlanadigan, yaltiroq bo’lib giasint, yasint, yargon nomlari bilan qadimdan ma’lum. Sof holdagi sirkoniy 1824 yilda Berselius tomonidan ajratib olingan. Sirkoniy so’zi arab tilida qimatbaho tosh yoki forscha «zargun» atamasidan olingan bo’lishi mumkin. Bu so’z «oltin rang», «oltinsimon» ma’nosini anglatadi. Unga yaxsh ishlov berish mumkin. Oddiy sharoitda suv va havo ta'sa riga chidamli.

Tabiatda tarqalishi. Tabiatda tarqalishi jihatidan mis bilan bir qatorda (0.003%) turishiga qaramasdan, hozirgi kunda siyrak metallar sirasiga kiritib kelinmokda. Bunga sabab, uni juda sochilib ketganligi va tabiiy birikmalaridan ajratib olishning qiyinligidir.

Olinishi. Bu element yodlash usuli yordamida olinadi. Tozalanmagan birikmasi avvalo sirkoniy yodidga aylantirib olinadi. Maxsus silind idishga solinib volfram simi 1400°S gacha qizdiriladi. Sof sirkoniy sim yuzasiga yopishib qoladi. Lekin bu usul juda qimmat hisoblanadi.

300°S dan yuqorida vodorod gazini, 400°S dan yuqorida kislorod va azot gazlarini yuta oladi. Atom dvigatellarini yasashda sirkoniy bebaho hisoblanadi.




FRANTSIYANING YANGI MUVAFFAQIYATLARI
Kimyo bizning kundalik hayotimizning bir qismi bo’lib bormoqda. Fransiya kimyo sanoati so’nggi yillarda jadal sur'atlar bilan rivojlanayotganligini quyidagi raqamlar ko’rsatib turibdi: tadqiqot investisiyasini rivojlantirishga milliard yevro, yillik aylanma mablag’ 80 milliard yevroga teng.

18 may 2009 yil Parijda kimyo uyida «Kimyo - Fransiya va Yeropaning kelajagi» mavzusida o’tkazilgan tadbirda kimyo sanoati vakillari qatnashib, atrof-muhitni muqofaza qilish, inson sog’lig’iga kimyoviy moddalar ta'sirini kamaytirish, xavfsizligini ta'minlash ko’zda tutilgan bitim imzolandi va uni amalga oshirish uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi qo’mita tashkil etildi.

Milliy ilmiy-tadqiqot markazining professori Jilbor Shamboning fikricha, kimyo - taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch, chunki atrof-muhit va odam qanday tuzilishga ega ekanligini tushunib olmas ekanmiz, kimyoning yordamisiz hech narsani hal qilib bo’lmaydi. Ba'zida bu fanga ishonchsizlik bilan qarasalarda, kimyoni kelajakning kaliti ekaligini ta'kidlab o’tish joiz.

Bugungi kunda Fransiya kimyo mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha Yevropada ikkinchi, dunyoda beshinchi o’rinni egallaydi. Albatta shuni ta'kidlab o’tish lozimki, hamma investisiyaning 18 foizi atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflangan.

Sanoatning barcha sohasida iqtisodiy jihatdan rivojlanishida asosiy harakatlantiruvchi kuch bo’lib biotexnologiya, molekulyar elektronika, nanotexnologiya, toksikologiya kabi sohalar kimyoning sharofati bilan jadal sur'atlar bilan rivojlanmokda.

Kimyogarlar suv, havo tozaligini nazorat qilib turishadi, ya'ni suvni tozalash stansiyalarida zamonaviy jihozlangan asbob-uskunalardan foydalanib, bakteriyalarga chidamli antibiotik - amoksitsillin juda kam bo’lgan miqdorini ham aniklay oladilar.

Markaz tibbiyot institutlari, atom energiyasi qo’mitasi va Milliy salomatlik institutlari bilan birga insoniyat salomatligi va farovonligi yo’lida tinmay ish olib bormoqda. Kimyogarlarga boshqa soha vakillari -arxeologlar, tarixchilar ham murojaat qilib, tarixiy qazilmalar, san'at asarlarini sirlarini kimyoviy usullardan foydalanib, u yoki bu artefaktlar sirini ochishga uning sharofati bilan erishmoqdalar. Sud jarayonida jinoyatni fosh etishda va soxta dalillarni sirini ochishda kimyoning xizmatlari katta. Farmasevtikada soxta mahsulotlarni aniqlashda, savdo-sotiqda, oziq-ovqat sanoatida mahsulot sifatini aniqlashda, sportda dopingni bilishda ham kimyoviy usullardan foydalaniladi.

Zokira KURBANOVA,

Toshkent viloyati Olmaliq shaqridagi 3-umumta'lim

maktabning kimyo fani o’qituvchisi.




TELLUR( TELLURIUM)
Tellur (Tellurium) Te - Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 52, at.m. 127,60. Tellurning 8 ta barqaror (massa sonlari 120, 126 123, 124, 125, 126, 128, 130 bo’lgan) izotoplardan iborat. Bulardan Te128(31,79%) va Te130 (34,48%) keng tarqalgan. Uning bir necha sun'iy radioaktiv izo- topi olingan. Ulardan Te127 va Te129 nishonli atomlar holida ishlatiladi.

Tellurni dastlab 1782 yilda vengriyalik kon muhandisi F.Myuller fon Reyxshteyn oltinli rudani tekshirish natijasida kashf etgan. Nemis olimi M.Klaprot 1798 yilda Myuller kashfiyotini to’g’riligni tasdiqladi va yangi elementga yerni sharaflab "Tellur" (lotinchada yer demakdir) nomini berdi.



Tabiatda tarqalishi. Tellur tarqoq element. Yer po’stining massa jihatdan taxminan 1 x 10-7 foizni tashkil etadi. Tellur tabiatda og’ir metallarning sulfidli rudalari tarkibida va mustaqil minerallari- kalaverit Au2Te, tetredemit Bi2 Te2S, krennerit (AuAg) Te2, ressit Ag2Te, tellur vismutit Bi2Te2 holida uchraydi. Tabiiy telluridlarning 40 ga yaqin turi mavjud. Ulardan asl metallar Au, Ag, Pt, Pd ajratib olinadi.

Tellur oqish-kulrang, metalday yaltiroq, mo’rt kristall modda, zichligi 6,25g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 450°, qaynash harorati 990°. Tellur yarim o’tkazgich xossasiga ega. Tellur ishqorlarda sekin, zar suvida yaxshi eriydi. Tellurning organik birikmalari nihoyatda zaharli.



Sanoatda. Sanoatda olinadigan tellurning asosiy qismi telluridlar sintez qilish va yarim o’tkazgichlar uchun sarflanadi. Tellurli materiallardan mikroelektronika uchun kerakli yarim o’tkazgich pardalar tayyorlanadi. Tellurning o’zi rezina va shisha sanoatida ishlatiladi. Metallurgiyada mexanik xossalarni yaxshilovchi legirlovchi qo’shimcha sifatida (asosan qo’rg’oshinga) qo’llaniladi. Bundan tashqari televizor trubkalari, dozimetr, nurlanish hisoblagichlari, magnit asboblari, termogeneratorlar va boshqalarda ishlatiladi.

Tellurning turli metallar bilan birikmalari quyosh batareyalari, lazerlar, radioaktiv nurlanish hisoblagichlari tayyorlashda qo’llaniladi. Vismut va surma telluridlar termoelektr generalar uchun zaruriy materiallardir.



Tibbiyotda. Natriy va kaliy telluritlardan mikrobiologiyada va difteriya diagnostikasida bo’yoq modda sifatida foydalaniladi.

Zarari. Tellur o’simlik va hayvon to’qimalarida bo’lib, lekin uning biologik roli hali o’rganilmagan. Odam bir kecha-kunduzda ovqat va suv orqali 0,6 mg.ga yaqin tellur oladi. O’simliklar uchun o’rtacha, sut emizuvchilar uchun juda zaharli. Tellur ishlab chiqarishda undan zaharlanish mumkin. Tellurdan zaharlanganda titroq bosadi, bosh og’riydi, darmonsizlanadi, tomir urishi susayadi, ishtaha yo’qoladi, ko’ngil ayniydi, til qorayadi, nafas siqiladi, soch to’kiladi. Kasbiy zaharlanishga qarshi kurashish tadbirlari- mehnat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish, terini himoya qilish vositalaridan foydalanish.

TESTLAR

1. Quyidagi murakkab modda gidrolizlanganda qanday mahsulotlar olinadi?

CN3 COOCN(CN3)2

A. Propanol-1 va chumoli kislota

B. Etanol va 2-metilpropan kislota

C. Metanol va 2-metilpropan kislota

D. Propanol-2 va sirka kislota

2. 3-amino2metilbutan kislota olish uchun qaysi moddaga ammiak ta'sir ettirish kerak?

A. 3-xlor-2metilbutan kislota

B. 3-xlor-3-metilbutan kislota

C. 2-xlor-2metilbutan kislota

D. 2-xlor-2-metilbutan kislota

3. Quyidagi qaysi asos ammiak eritmasida erimaydi?

A. Zp(OH)2 B. Ca(OH)2

C. AI(OH)3 D. Be(OH)2

4. Massasi 50g. bo’lgan Ca CO3 bilan CaO aralashmasi to’liq parchalanganda, 2,24 l(n.sh)gaz mahsulot ajralib chiqsa, boshlang’ich aralashmadagi CaC3 ning massa ulushini toping.

A. 0,15 V. 0,25

C. 0,30 D. 0,20

5. Quyidagi yadro reaksiyada 9,44mg. uran reaksiyaga kirishib, 12,04 x 1019ta neytron ajralsa, hosil bo’lgan izotopni ko’rsating.

A. Eynshteyniy-249

B. Fermiy-248

C. Berkliy-248

D. Fermiy-257

6. CH4 va NH3 molekulasida markaziy atomning gibridlanish turi va fazoviy shaklini aniqlang.

1) sp2 2) sp3 3) teng tomonli uchburchak 4) piramida 5) tegraedr

A. 1,4 va 2,3

B. 1,3 va 2,5

C. 2,5 va 2,4

D. 1,4 va 2,5

7. Molekulasi qutbsiz kovalent bog’lanishga ega bo’lgan moddalar qatorini aniqlang.

A. NaOH, KC1,Br2, J2

B. C12,HJ, N2,H2

C. HC1, olmos, C12J2

D. C12 H2, olmos, grafit

8. Etin va etendan iborat 6,72l(n.sh)aralashma yondirilganda 404,86 kj. issiqlik ajralgan termokimyoviy tenglamalar asosida boshlang’ich aralashmadagi atsetilenning miqdorini (mol) hisoblang.

C2H2 + 2,5O2 → 2CO2 + H2- O+1301кж

C2H4 + 3O2 → 2CO2 + 2H2- O+ 1413кж


  1. 0,17 B. 0,14 C. 0,09 D. 0,13.

9. SO2 + O2 → SO3 reaksiya hajmi 0,006m3 bo’lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda [SO3]ning konsentratsiyasi 0,8 mol/l.ga teng bo’ldi. Boshlang’ich moddalarning miqdori [SO2]=9mol va [O2] 6mol bo’lsa, ularning muvozanat konsentratsiyasini (mol/l) toping.

A. 1,5 va 1 V. 0,7 va 0,6

C. 0,7 va 0,2 D. 8,2 va 5,6

10. 122,8 ml 16% li (d=1,14g/ml) K2 CO3 eritmasi bilan 25,2g oksalat kislota digidrati reaksiyaga kirishganligi ma'lum bo’lsa, hosil bo’lgan tuzning massasi (g) va formulasini toping.

A. 67,2 g HOOC-COOK

C. 33,2 g KOOC-COOK

B. 33,2 g HOOC-COOK

D. 25,6 g KOOC-COON

11. Mis va ruxdan iborat 120g qotishmadagi misning massa ulushi 60% bo’lsa, unga necha g rux qo’shilganda Cu3Zn5 tarkibli qotishmaga aylanadi?

A. 122 V. 140 C. 92 D. 74

12. 4,48l HC1 12,7 ml suvda eritilganda hosil bo’lgan xlorid kislotaning massa ulushini (%) hisoblang.

A. 7,3 B. 36,5 C. 73 D. 20.
13. Hasharotlarga qarshi kurashda 1m3 hajmga 50g. SO2 ishlatiladi. Balandligi 5 m. yuzi 60m3 bo’lgan xona uchun necha mol SO2 kerak?

A. 255,6 V. 219,3

C. 234,37 D. 433,7.

14. Kontakt apparatida oksiddlanish mahsulotining unumi 90%, yuttirish kolonkalarida kislotaning chiqishi 92% bo’lsa, 1 tonna NH3dan qancha (t) 58%li HNO3 hosil bo’ladi?

A. 6,0 V. 4,4 C. 5,7 D. 5,2.

15. 13,2 g bir asosli karbon kislotani to’la neytrallash uchun 6% li (d=1,065g /ml) KOH eritmasidan 131,45ml sarflandi. Kislota tarkibida nechta uglerod atomi bo’lgan?

A. 3 V. 5 C. 6 D. 4.

16. 5%li karbol kislota eritmasi va bromli suv o’rtasidagi reaksiya oxirigacha olib borildi. Reaksion aralashmani to’la neytrallash uchun 20% (d=1,25g/ml)NaOH eritmasidan 12,8ml. sarflandi. Kislota eritmasining massasini hisoblang.

A. 376 B. 3,76 C. 37,6 D. 376
17. Dezoksiriboza qaysi m nosaxaridlar toifasiga taaluqli?

A. Tetroza V. Treoza C. Geksoza D. Pentoza.


Tuzuvchilar:

I.HAKIMJONOVA. Toshkent shahs

M.Ulug’bek tumanida

112-maktabnsh kimyo fani o’qituvchisi.

D.AZAMATOVA Toshkent shaxar

M.Ulug’bek tumanidagi

207-maktab kimyo fani o’qituvchisi.

10-sonda berilgan testlar javobi:

1. D, 2. A, 3. V, 4. D,

5. V, 6. C, 7. D, 8. A,

9. V, 10. C, 11. D, 12. A,

13. C, 14. D, 15. D


MITGI DORIXONA

O’lkamizning ajoyib tabiati, serhosil, unumdor tuproi dasturxonimizning turli-tuman meva va sabzavotlarga doimo boy bo’lishini ta'minlaydi. Shulardan biri qovoqdir. Insoniyat qadimdan qornini to’ydirish, sog’lig’ini tiklash uchun qovoq mag’- zi, urug’idan samarali foydalanib kelgan.

Qovoqning vatani Shimoliy Amerikadir. Uni XV asrda Xrstofor Kolumb Yevropaga olib kelib, butun dunyoga tarqalishiga sababchi bo’lgan. Bugungi kunda O’zbekistonda qovoqning 150 xil navi yetishtiriladi. Qovoq dunyo xalqlarida turlicha ramziy ko’rinishlarga egadir. Masalan, Xitoyda u uzoq umr ko’rish, Hindistonda - bunyodkorlik va ishchanlik, Yaponiyada - omad, do’stlik ramzi hisoblanadi.

Yurtimizda qovoqdan pishirilgan taomlar sevib iste'mol qilinadi. Bejiz tabiatning mazkur mo’'jizasini "mitti dorixona" deb atashmaydi. Chunki ushbu sabzavotning tarkibida 20 ortiq mikroelementlar, organik moddalardan-oqsil, yog’, uglevodlar, yog’i tarkibida E, S vitaminlar, antimutagen moldalar mavjud. Antimutatsiya - avlodddn avlodga o’tuvchi, genlarning bu lishiga olib keluvchi jarayondir. Qovoq yordamida shamollash, yurak xastaligi, bo’g’im xastaliklari, buyrak, tish og’rig’i, revmatizm kasalliklarni davolash, ichakni tozalash mumkin. Tish og’riganida qovoq sharbatini burunga tomizish tavsiya etiladi.

Qovoq - kayfiyatni ko’tarish, fikrlashni, ishchanlikni oshiradi. Asab tizimidagi xujayralarni oziqlantiradi. Organizmdagi toksik moddalarni chiqarib yuboradi. Ortiqcha vaznni yo’qotishga yordam beradi.

Qovoq sharbati asal bilan qo’shib, nahorga och qoringa istemol qilinsa, vaznni kamaytiradi, agar olma ham aralashtirilsa ichakni tozalaydi. Qovoq sharbati tarkibida S.A.D vitaminlari mavjud. O’z tarkibida karatinoidlarni saqlash bo’yicha sabzi, 5 barobar, mol jigaridan 3 barobar ustun turadi. Tarkibidagi mavjud Fe, F vitaminlari kamqonlikning, kariyesning oldini oladi.

Tibbiyot fanlari doktori Ilhom Karimjonov qovoqni bolani to’g’ri oziqlantirish maqsadida 1 yoshdan boshlab uning ovqatiga qo’shishni tavsiyan etadi. Qovoqni kartoshka bilan birgalikda bo’tqa holiga kelgirib, iste'mol qilish ich qotish, gastrit, kolit, kamqonlik va uyqusizlikda tavsiya etiladi.

Qovoq urug’ida yog’dan tashqari gijjani tushirishga yordam beruvchi modda bo’lib, 150 gramm urug’ni xovonchada yanchib, bir qoshiq asal va 20 gramm qo’shib, aralashtirilib, ertalab nahorga istsemol qilinsa, yaxshi natija beradi.

Bugungi kunda respublikamizning turli o’quv muassasalarida, xususan Toshkent gibbiyot akademiyasida har yili "qovoq sayli" o’tkazilib, uning foydali xususiyatlari turli xil sahna ko’rinishlari, she'r va qo’shiqlar, taomlar ko’rinishida keng ommaga etkaziladi.

Poliz ekinining tomosha qovoq turi mavjud bo’lib, u iste’molga yaroqsizdir. Ammo mohir ustalar undan ajoyib san'at asarlari yaratadilar.



N.MUROTOV tayyorladi


OG’IR ERITMALAR

Har kunimiz tasodyflarga boy. O’zimiz xohlamagan holda suvga qo’limizdan tushib ketgan buyumlarni cho’kishini kuzatganmiz. U buyum qimmatbaho bo’lsachi? Xo’sh, buyumlar cho’kmaydigan suyuqlik mavjudmi? Uni laboratoriya sharoitida tayyorlash mumkin, unda hattoki g’isht bo’lagi ham cho’kmaydi. Ma'lumki, suvning solishtirma og’irligi 1 ga. teng, eritmalarniki esa 1 dan ortiq. Agar eritmaning solishtirma og’irligi g’ishtnikidan ortiq bo’lsa, bunday eritmada g’isht botmaydi. Su- shin suyuqligining solishtirma og’irligi 3,58 ga teng bo’lgani uchun, unga tushirilgan g’isht va shisha suyuqlik betida qalqib yuradi, chunki shishaning solishtirma og’irligi 2,4-2,6 ga. teng, g’ishtniki esa 2,5 atrofida.

Sushin suyuqligi simob(II) yodid NgJ2 tuzlarining to’yingan eritmasidan iborat. Bu eritmani XIX asr oxirida Peterburg tog’ institutining professori K.Sushin topganligi uchun Sushin suyuqligi deb nom olgan. Tula suyuqligi deb nomlangan simob(II) yodid HgJ2 bilan kaliy yodid KJ aralashmasining to’yingan eritmasining solishtirma og’irligi 3,19 ga. teng. D.I.Mendeleyev natriy metavolframat Na2W2O13 tuzining to’yingan eritmasining solishtirma og’irligi 3,02 ga. teng deb yozgan edi. Bugungi kunda ham "og’ir" eritma topildi. Talliy malonat T1(C3 H2O4)3 va talliy formiat T1(CHO2)3 aralashmasi eritmasining solishtirma og’irligi 5 ga. teng ekanligi aniqlandi. Yuqorida bayon etilgan eritmalar og’ir eritmalar bo’lib, ularning barchasida g’isht botmaydi.

Qiziqarli kimyo

Qiziqarli kimyo" kitobidan foydalanildi.

TESTLAR


  1. Radioaktivlikni kim kashf etgan?

A . K.Rentgen B. A.Bekkerel E. J.Tomson E. D.Ivanenko


  1. Elektronning atomdagi soni qanday belgilanadi?

A. Ar-Z B. N D. K E. A va C javoblar


  1. Qaysi element ls22s22p63s' elektron konfiguratsiyasiga ega?

A. Na B.Mg D. K E. Ca


  1. Eng kuchli metallik xossalari qaysi elementlarda namoyon bo’ladi?

A. Lantan B. Qorg'oshin D. Gafniy E. Tseziy


  1. Elektronlarning birikish jarayoni qanday nomlanadi?

A. Oksidlanish B. Qaytarilish D. Birikish E. O’rin olish


  1. Ion birikmalar odatdagi sharoitda qanday moddalar?

A. Yengil B. Qattiq D. Yumshoq E. Gazsimon
7. Vodorod qaysi birikmalarida oksidlanish darajasiga ega?

A. Oksidlari B. Gidroksidlari

D. Metall gidridlarida E. Organik birikmalarida


  1. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazmaydigan moddaalar

qanday moddalar?

A. Elektrolitmaslar B. Elektrolitlar D. Ionitlar E. Kationitlar




  1. Massasi o’zaro teng, lekin yadro zaryadlari har xil bo’lgan elementlar qanday nomlanadi?

A. Izotoplar B. Izobarlar D. Izotonlar E. Pozitronlar


  1. Yadro massasi o’zgarmaydi, yadro zaryadi (n>p) bir birlikka ortsa,

qanday yemirilish hisoblanadi?

A. ?-α B. ?-β D. ?-γ E. ?-σ




TESTLAR 12

1.Radioaktivlikni kim kashf etgan? 12







  1. 14.Molekulaning fazoviy strukturasini, shaklini belgilanadi, u:

      1. Bog'ning kuchlanishi

      2. Bog'ning o’zilishi

  1. Bog'ning yo’nalganligi

  2. To’g'ri javob A va C





  1. Ma'lum haroratda dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan moddaning dastlabki molekulalari soniga nisbati qanday nomlanadi?

    1. Dissotsiatsiyalanish nazariyasi

    2. Kontsentratsiya

      1. Bog' yo’nalganligi

      2. Dissotsiatsiya darajasi.



        1. IVAdavrda metallmaslardan nechtasi joylashgan?

  1. A. 2 B. 3 D. 4 E. 5



        1. Uglerod guruhi elementlari qaysi elementlar oilasiga mansub?

  1. A. s B. p D. d E. F



        1. Kremniy kim tomonidan kashf etilgan?

  1. A. Kolbe B. Vyurts D. D.Bertselius E. Lomonosov



        1. Yer qobig'ida kremniyning massa ulushini ko’rsating?

  1. A. 27,6% B. 37,6% D. 47,6% E. 35,6%



        1. Gildan tayyorlangan buyumlar qanday nomlanadi?

  1. A. Sopol B. Keramika D. Fayans E. Chinni



        1. V guruh bosh guruhchasida nechta metall bor?

  1. A. 5 B. 4 D. 3 E. 2



        1. Metallarning olinish usulini ko’rsating:

  1. A. B, C , D lar B. Pirometallurgik

  2. D. Gidrometallurgik E. Elektrotermik



        1. Temir va uni qayta ishlashning asosiy mahsulotlari cho’yan va po’latlar qaysi guruhga mansub?

  1. A. Rangli metallar B. Qora metallar

  2. D. Yengil metallar E. Nodir metallar



        1. Tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo’lmagan yoki juda kam bo’lgan suv qanday nomlanadi?

  1. A. Yengil B. Og'ir D. Qattiq E. Yumshoq



        1. Metall oksidlarini alyuminiy bilan qaytarib metallar olish usuli qanday nomlanadi?

  1. A. Alyuminotermiya B. TermiK

  2. D. Metall qaytarilishi E. Metall oksidlanishi











  3. POLIETILEN



  4. Moliyaviy tanglik, yangi texnologiyalar asosida mahsulotlarni batamom yangilash imkonini berdi. Polimerlar kimyosida bunday yangilik va o’zgarishlarni ko’plab uchratish mumkin. Olimlar ommabop mahsulotlarga nanozarrachalar bilan ishlov berib, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari va mahsulotlarning sifatini oshirishga erishmoqdalar. Shunday qiziqarli tadqiqotlardan biri rus olimlari tomonidan amalga oshirildi.

  5. Yuqori molekulyar tuzilmali polimer polietilen an'anaviy polietilendan farqi shundaki, uning molekulasi bir necha yuz ming zanjirdan tuzilgan bo’lib, molekulyar massasi bir necha millionni tashkil etadi. Uning bunday tuzilishi yuqori konstruktiv xususiyatga ega bo’lib, hatto po’lat, bronzani o’rnini bosishi, shuningdek, qimmatbaho polimerlar poliamid va ftoroplast o’rnida ham ishlatish mumkin. Bunday polimerni ishlatish sohasiga qarab, turli massa, kattalik va molekulyar tuzilmasiga ega bo’lgan kukunidan foydalaniladi.

  6. Polimerning haroratga chidamliligi tufayli sanoatning turli yo’nalishlarida ishlatilmokda. Jumladan, mashinasozlikda yuqori yuklamali vtulkalar, tishli g’ildiraklar ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida esa nasoslar krani, klapanlari, reaktorlarga qoplamalar tayyorlashda ishlatilmokda. Tog’kon metallurgiyasida yuk mashinalari kuzovi sirtini qoplab, ularning ishlatish muddati uzaytirilyapti. Eng qiziqarlisi, yozda muz maydonlari to’shalib, konki uchish ta'minlandi!!!

  7. Bunday polietilenni tayyorlash uchun polimerning mexanik qobiliyatni faollashtirish maqsadida metallariiig yoki keramikaning nanozarrachalaridan foydalanildi. Nanozarrachalar bir necha usullarda sintez qilindi. Past vakuumli muhitda titan nitrati va oksidining 5-10 nm.li zarrachalari olindi. Titan oksidini olish davomida hosil bo’lgan kuldan fraksiyalarda shisha mikrosferalar ajratib olindi. Bu moddalardan polimer kompozitlari tayyorlashda foydalanildi.

  8. Polimerning molekulasi qanchalik uzun bo’lsa, eritmasi shunchalik qayishqoq bo’la boshlaydi, bu esa nanozarrachalarning bir xilda taqsimlanishini qiyinlashtiradi. Bu muammoni mexanik sintez qilish usuli orqali bartaraf etilmoqda. Buning uchun polimer granulalari va nanozarrachalar birgalikda yuqori tezlikdagi tegirmonda maydalanadi. Natijada nanozarrachalar turli agregatlarni hosil qilishi mumkin. Muammoni bartaraf etish uchun tegirmonga sirt-faol moddalar qo’shiladi.

  9. Bunday polimerlar radiatsiyaga 1,6-1,8 marta chidamli, mustahkamligi, qattiqligi, tarangligi 3 martaga oshdi. Bu albatta ishlab chiqarishda iqtisodiy ta'minot va sifatga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.



  10. D.AZAMATOVA tayyorladi.













  11. MAKKAJO’XORI

  12. Makkajo’xori - g’alladoshlar oilasiga mansub, bo’yi 1-3 metrlarga boradigan bo’g’im poyali bir yillik o’t o’simlik. Barglari uzun chiziqsimon, lansetsimon bo’lib, qini yordamida poya bo’g’imlariga ketma-ket o’rnashgan. Gullari mayda, bir jinsli, otaliq gullari ikkitadan, ba'zan 1-3 tadan boshoqqa; to’planadi. Onalik gullari ustunchasi juda uzun, ingichka, sertukli. Mevasi-donlardan iborat. Makkajo’xori yovvoyi holda uchraydi, u Meksikada madaniylashtirilgan. Qadim zamonlarda Mar- kaziy hamda Janubiy Amerikadagi mahalliy aholining asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblangan. Kolumbning Amerikaga qilgan safaridan so’ng Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Dastlab u Yevropada antiqa bog’ o’simligi sifatida o’stirilgan bo’lsa, keyinchalik oziq-ovqat mahsuloti, undan keyinroq yem-xashak sifatida ko’plab ekiladigan bo’lgan. Makkajo’xori XVI asrda Osiyo va Afrika qigasining ba'zi mamlakatlariga keltirib ekila boshlanadi.

  13. Makkajo’xori doni va uni tuyib qilingan mahsulotlar organizmda mavjud bo’lgan hayotiy biokimyoviy jarayonlar uchun foydali hisoblanadi. Doni tarkibidagi shifobaxsh moddalar - aminokislotalar hosil bo’lishida, yog’ moddalari tarkib topishi va parchalanishida xolesterin, buyrak usti gormonlarining faol ishlashida xizmat qiladi. Asab qo’zg’alishini uzatadigan atsetilxolin hosil bo’lishida ishtirok etadi. Donlari tarkibidagi moddgg‘ar to’qimalarning nafas olishi, o’sishi va qayta tiklanishida, hamda qonda gemoglabin hosil bo’lishida qatnashadi, ko’rish qobiliyati yaxshilanishiga ijobiy ta'sir etadi. Makkajo’xorining onalik gul ustunchalari (popuklari) o’z tarkibida sistosterol, sigmasterol, yog’, efir moyi, pantoten kislotasi, qatronsimon moddalar, glikozid, saponinlar, inozit, kriptoksantin, vitamin C, K3 kabi moddalarni saqlaydi. Popugi asosida tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt ilmiy tibbiyotda jigar kasalliklarida, jumladan xoletsistit, xolongit, gepatit, o’t ajralishi sustlashgan hollarda, o’t va buyrak-tosh kasalligida, qovukda tosh bo’lganida, shuningdek istisqo kasalligida, siydik haydovchi, qon to’xtatuvchi omil sifatida sanab o’tilgai kasalliklarni davolash uchun makkajo’xori popugidan quyidagicha qaynatma tayyorlanadi: 2-4 osh qoshiq mikdoridagi maydalangan popuk ustiga 1,5 stakan suv solinib 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Sharbatdan 1-3 osh qoshiqda har 3-4 soatda ichib turiladi. Keyingi vaqtlarda makkajo’xori yog’ining shifobaxsh xususiyati aniqlandi. Bu yog’ organizmdagi xolestirin moldasini kamaytiradi. Shu tufayli ateroskleroz bilan og’rigan kishilarga 20-25 gramm mikdorida bir necha oy davomida iste'mol qilishlari tavsiya etiladi.

  14. Rufina AGZAMOVA,

  15. Toshkent shaqri Mirzo Ulug’bek tumanidagi

  16. 120-maktabning biologiya fani o’qituvchisi.

Yüklə 116,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə