„Atmosferaning tuzilishi“



Yüklə 156,98 Kb.
səhifə2/6
tarix29.05.2022
ölçüsü156,98 Kb.
#88254
1   2   3   4   5   6
Atmosferaning-tuzilishi (1)

Darsning borishi
Dars davomida slaydlar namoyish etib boriladi. Ularda mavzu haqidagi ma’lumotlar, Atmosferaning tuzilishi aks etgan rasm, amaliy masalalar, savollar, “Tushunchalar tahlili” metodi bo’yicha topshiriqlar namoyish etib boriladi. Guruhlarga globuschalar beriladi.
I. Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) davomatni navbatchi axboroti orqali aniqlash;
c) sinf tozaligini nazorat qilish;
d) o‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
e) dars loyihasini e’lon qilish.
f) o‘quvchilarni o‘tirgan qatoriga ko’ra guruhlarga ajratish.

  1. Guruh - Litosfera

  2. Guruh - Gidrosfera

  3. Guruh - Atmosfera

Motivatsiya:
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar! Ma’lumki, o‘tgan darslarimizda suv qobig‘i haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz. Keling, bugungi darsimizni suv haqidagi hikmatli so‘zlar, she’riy parchalar, xalq maqollaridan eshitishdan boshlasak. Marhamat, kimdan boshlaymiz?
O‘quvchilarning taxminiy javobi:
Baliqning tirikligi suv bilan,
Dehqonning tirikligi yer bilan.
Suv – yorug‘lik.
Suv – zar, suvchi – zargar.
II. O‘tgan mavzularni takrorlash.
Guruhlar bilanXatosini toping“ o‘yini o‘tkaziladi va topshiriq yozilgan tarqatma beriladi.
Litosfera guruhiga:
Tabiiy chuqurlikda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llarda suv daryolardagidek o‘zanda oqadi. Yer yuzidagi eng katta ko‘l - Kaspiy ko‘lidir. Oqmas ko‘llar suvi chuchuk bo‘ladi. Ko‘l suvlaridan foydalanib bo‘lmaydi.
Gidrosfera guruhiga:
O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Daryo boshlanadigan joy uning mansabi deyiladi.Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara irmoqlar deyiladi.
Atmosfera guruhiga:
Qor yig‘adigan va muzlik hosil bo‘ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig‘i deyiladi. Qor chizig‘i ekvatorial o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Dunyodagi eng katta orol – Grenlandiyada muzliklar yo‘q. Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo‘lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Muzliklar hech qachon siljimaydi.
Xatosini toping“ o‘yini asosida

Yüklə 156,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə