„Atmosferaning tuzilishi“


Litosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi



Yüklə 156,98 Kb.
səhifə3/6
tarix29.05.2022
ölçüsü156,98 Kb.
#88254
1   2   3   4   5   6
Atmosferaning-tuzilishi (1)

Litosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi:
Tabiiy chuqurlikda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llarda suv daryolardagidek o‘zanda oqmaydi. Yer yuzidagi eng katta ko‘l – Kaspiy ko‘lidir. Oqmas ko‘llar suvi chuchuk bo‘ladi. Ko‘l suvlaridan foydalanib bo`ladi.
Gidrosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi:
O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Daryo boshlanadigan joy uning manbai deyiladi. Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara suvayirg‘ich deyiladi.
Atmosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi:
Qor yig‘adigan va muzlik hosil bo`ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig`i deyiladi. Qor chizig‘i qutbiy o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Dunyodagi eng katta orol – Grenlandiya muzliklar bilan qoplangan. Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo`lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Muzliklar siljiydi.
Guruhlar javoblari tinglanib, globuschalar beriladi va mavzu xulosa qilinadi.
III. Yangi mavzuni yoritish.
O‘qituvchi mavzuni tushuntirishdan boshlaydi: „Endi sayyoramizning uchinchi qobig’i– atmosferani ya’ni havo qobig‘ini“ o‘rganishga kirishamiz. Atmosfera – yunoncha „atmos“ - bug‘, „sphaira“ - shar ma’nosini bildiradi. Atmosfera Yer bilan birga aylanadi. Yer yuzini samodan keladigan meteor jismlardan, Quyoshning tirik jonlar uchun zararli bo‘lgan ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi. Atmosfera bo‘lmaganida Yer yuzi kunduzi +120°C gacha qizib, tunda esa -180°, -200°C gacha sovib ketar edi. Havo qobig‘i Yer yuzi­ni shaffof ko‘rpa kabi asrab turadi.
Yerning havo qobig‘i asosan ikki xil gazdan, ya’ni azot va kislorod aralashmasidan iborat. Havodagi gazlarning 78 % ini azot, 21 % ini kislorod tashkil etadi. Bulardan tashqari havoda karbonat angidrid, boshqa gazlar, suv bug‘lari, changlar ham bor.
Azot va kislorod nisbati o'simliklar ta’sirida saqlanib turadi. Lekin avtomobillardan chiqadigan is gazi, yirik korxonalardan chiqadigan tutun havoni ifloslaydi. Shuning uchun ham havo tarkibini, uning tozaligini doimo qattiq nazorat qilib turish, ifloslanishining oldini olish zarur. Chunki, insonning sog‘ligi atmosferaning tozaligiga juda bog‘liq. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino, agar havoda tutun bilan chang bo’lmasa, kishilar ming yoshga kirar edilar, degan ekan. Haqiqatan ham, toza havo sog‘liq garovi bo‘lsa, uning ifloslanishi turli kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Yer havo qobig‘ining yuqori aniq chegarasi yo‘q. Taxminan 3000 km balandda deyi­ladi. Lekin turli balandlikda havoning tarkibi, harorati, zichligi har xil bo‘lib, atmosfera bir qancha qatlamlarga ajratiladi.
Atmosfera qatlamlari “Elektron darslik”asosida 2 daqiqa tushuntiriladi.

Troposfera - atmosferaning quyi qatlami („tropos“ - yunoncha so‘z bo‘lib, aylanmoq, o‘zgarmoq degani). O‘rtacha qalinligi 10-11 km. Qutblar ustida 8-9 km, ekvatorda 18 kmgacha yetadi. Havodagi barcha suv bug‘lari shu qatlamda. Bu qatlamda bulutlarpaydo bo‘ladi. Yog'inlar yog‘adi, ob-havo o‘zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu qatlamda yashaydi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m da harorat 6°С pasayadi.

Yüklə 156,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə