„Atmosferaning tuzilishi“


O‘qituvchi havoning yuqoriga ko‘tarilgan sari pasayishini masalani yechish orqali aniqlab ko‘rsatadi



Yüklə 156,98 Kb.
səhifə4/6
tarix29.05.2022
ölçüsü156,98 Kb.
#88254
1   2   3   4   5   6
Atmosferaning-tuzilishi (1)

O‘qituvchi havoning yuqoriga ko‘tarilgan sari pasayishini masalani yechish orqali aniqlab ko‘rsatadi.
Samolyot 3 km balandlikda uchib bormoqda.Yer yuzasida havo harorat +20oC bo‘lsa, samolyot uchib borayotgan balandlikdagi haroratni aniqlang?
Yechilishi :
1000m ----- 6°С
1 km ----- 6°С
3 km x 6
20-18=2
samolyot uchib borayotgan balandlikdagi harorat +2°С.
Stratosfera - (yunoncha „stratum“ - qatlam) troposferadan yuqorida joylashgan. Yuqori chegarasi 40-50 km balandda. Stratosferaning quyi qismida harorat -45°С dan -75°C gacha pasayadi. Lekin yuqoriga ko‘tarilgan sari havo isib, +10°C gacha ko‘tariladi.
Mezosfera, termosfera va ekzosfera - (yunoncha “mesos” - o‘rta va “therme”– issiq, “ekzos” - tashqi) atmosferaning yuqori qatlamlaridir. Bu qatlamlarda havo juda siyrak va koinotdan keladigan nurlar ta’sirida elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan bo‘lib qolgan. Qutb yog‘dulari, „Yulduz uchishi“ hodisalari shu qatlamlarda ro‘y beradi.
Atmosferani o‘rganish. Inson juda qadim zamonlardan ob-havoni, atmosferada bo‘ladigan hodisalami kuzatib keladi. Atmosferada ro‘y beradigan ayrim hodisalar havo aynib, yomg‘ir yog‘ishidan, boshqa hodisalar esa havo ochilishi, Quyoshli kunlar bo‘lishidan darak berishini odamlar qadimdan anglab olganlar.
O‘qituvchi: Ob-havoning o‘zgarishini qanday belgilar asosida aniqlash mumkin? O‘quvchilarning taxminiy javobi: Turnalar raqsga tushsa, kun isiydi. Xo‘rozning kechki payt, ya’ni bemahal qichqirishi ob-havo o‘zgarishidan darak beradi. Qaldirg’ochlar yomg‘ir oldidan pastlab ucha boshlaydi. Mol suvni kam ichib, kunduzi mudray boshlasa, tez orada yog‘ingarchilik bo‘ladi.
O‘qituvchi: Inson uchun ob-havoni oldindan bilish juda zarur. Qani ayting-chi, nima uchun zarur?
Oquvchilarning taxminiy javobi: yumushlarini bajarish, qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish va h.o.
Hozirgi vaqtda atmosfera, unda ro‘y beradigan hodisalar dunyoning turli joylaridagi minglab meteorologik stansiyalarda o‘rganiladi. Bu ishda elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlar, havo sharlari, meteorologik raketalar, yerning sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalaniladi. Barcha ma’lumotlar maxsus ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘rganilib, ob-havo xaritalari tuziladi va ob-havoda ro‘y beradigan o‘zgarishlar e’lon qilib turiladi.

Yüklə 156,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə