Atom o’lchamlari (absolut va nisbiy atom massa; atom radiusi, hajmi, zichligi) 1



Yüklə 17,4 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü17,4 Kb.
#138385
1   2
ATOM O

A) 44,8 B) 22,4 C) 2,19·10-23 D) 4,38·10-20
55. A element nisbiy atom massasi B elementnikidan 8 birlikka ko’p bo’lib, B element nisbiy atom massasi A nikidan 0,8 marta katta bo’lsa, B elementni aniqlang. A) kislorod B) argon C) oltingugurt D) titan
56. Massa atom birligi sifatida X element absolut massasining 1/8 qismi olinsa, kalsiyning nisbiy atom massasi 20 ga teng bo’ladi. X elementni aniqlang. A) kislorod B) argon C) oltingugurt D) titan
57. Massa atom birligi sifatida X element absolut massasining 1/15 qismi olinsa Y element nisbiy atom massasi 8 ga teng bo’ldi. Y element absolut massasining 1/6 qismi birlik qilib olinganda esa Fe nisbiy atom massasi 14 ga teng bo’ldi. Y element absolut massasining qancha qismi birlik qilib olinganda X ning nisbiy atom massasi 6 ga teng bo’ladi ? A) 5/8 B) 5/16 C) 3/7 D) 1/9
58. Massa atom birligi sifatida X element absolut massasining 1/4 qismi olinsa Y element nisbiy atom massasi 2 ga teng bo’ldi. Y element absolut massasining 1/5 qismi birlik qilib olinganda esa Ar nisbiy atom massasi 10 ga teng bo’ldi. Y element absolut massasining qancha qismi birlik qilib olinganda X ning nisbiy atom massasi 8 ga teng bo’ladi ? A) 1/4 B) 1/5 C) 1/7 D) 1/9
59. Massa atom birligi sifatida A element absolut massasining 1/8 qismi olinsa B element nisbiy atom massasi 4,8 ga teng bo’ldi. Kislorod absolut massasining 1/2 qismi birlik qilib olinganda A va B nisbiy atom massalari 3 birlikka farq qilsa, B element atomi absolut massasining 1/12 qismi birlik qilib olinganda A element nisbiy atom massasi qancha bo’ladi ? A) 16 B) 20 C) 12 D) 10
60. Massa atom birligi sifatida A element absolut massasining 1/5 qismi olinsa B element nisbiy atom massasi 12 ga teng bo’ldi. Temir absolut massasining 1/8 qismi birlik qilib olinganda A va B nisbiy atom massalari 4 birlikka farq qilsa, B element atomi absolut massasining 1/6 qismi birlik qilib olinganda A element nisbiy atom massasi qancha bo’ladi ? A) 7,5 B) 5 C) 10 D) 2,5
61. Agar uglerod birligi sifatida X element absolut massasining 1/4 qismi olinsa, kislorodning nisbiy atom massasi 2 dan kichik bo’ladi; 1/8 qismi olinganda esa 3 dan katta bo’ladi. Quyidagi elementlardan qaysilari X element bo’la olmaydi ? A) xlor B) kaliy C) argon D) skandiy
62. X element absolyut massasining 1/4 qismi birlik qilib olingandagi argonning nisbiy atom massasi qiymati 1/10 qismi birlik qilib olingandagi qiymatidan 7,5 birlikka farq qiladi. X element absolut massasining 1/8 qismi birlik qilib olinsa, ozon molekulyar massasi qanday bo’ladi ? A) 6 B) 12 C) 24 D) 4
63. X element atomi absolyut massasining 1/4 qismi birlik qilib olinganda Y element nisbiy atom massasi 8, Z element absolyut massasining 1/8 qismi birlik qilib olinganda esa Y element nisbiy atom massasi 20 bo’ladi. X element absolyut massasining 1/5 qismi birlik qilib olinganda Z element nisbiy atom massasi qiymati qanday bo’ladi ? A) 4 B) 5 C) 10 D) 12
64. Neonning x/5 qismi birlik qilib olinganda Mo ning nisbiy atom massasi 8 ga teng bo’ldi. Y elementning 1/x qismi birlik qilib olinganda esa temir nisbiy atom massasi 7 ga teng. Y elementning qancha qismi birlik qilib olinganda Ti nisbiy atom massasi 16 ga teng bo’ladi ? A) 1/3 B) 1/4 C) 1/6 D) 1/8

Yüklə 17,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə