Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati. Atom tuzilishi. Davriy qonun va davriy sistema



Yüklə 283,73 Kb.
səhifə5/14
tarix16.04.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#85547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3-dars

2.2. Atom yadrolarining tarkibi

1920 yilda ingliz fizigi E. Rezerford protonni, 1932 yilga kelib yana bir ingliz fizigi J.Chedvik (1891-1974) neytronni kashf qildi.Neytron kashf etilgach,shu yilning oʻzidayoq rus olimi D.D.Ivanenko (1904-1994) va nemis fizigi V.Geyzenberg(1901-1976) atom yadrosining proton-neytronli modelini tavsiya etishdi.Bu nazariyaga koʻra elementlarning atom yadrolari(vodoroddan boshqa) protonlar va neytronlardan tarkib topgan.Bu ikkala zarrachalar nuklonlar deyiladi.

A=Z+N

Bu yerda: A-massa soni, Z-yadro zaryadi, protonlar soniga teng, N- yadrodagi neytronlar soni.Bundan neytronlar sonini topish uchun massa soni A dan protonlar soni Z ni ayirish kerak boʻladi: N=A-Z



Yadroda doimiy ravishda oʻzaro oʻtishlar boʻlib turadi. Bunday oʻzaro oʻtishlar natijasida yadro kuchlari paydo boʻladi va yadroni bir butunligicha ushlab turadi. Proton va neytronlarni yadroda tutib turuvchi kuchlar yadro kuchlari deyiladi. Yadro kuchlari juda kichik (10-13 sm) masofada ta’sir qiladi.

Yadro kuchlari yadrodagi proton va neytronlar soniga bogʻliq. Hozirgi vaqtda 300 ga yaqin barqaror va 1500 dan ortiq radioaktiv yadrolar ma’lum.

Tarkibida 2,4,8,14,20,28,50,82 ta dan proton hamda neytron va 126, 152 ta neytron saqlagan yadrolar xossalari (yuqori barqarorlikka egaligi) boʻyicha boshqa yadrolardan farq qilishi aniqlangan. Yuqoridagi sonlar sehrli (moʻjizali) sonlar, shunday sondagi proton va neytronlarga ega boʻlgan yadrolar esa sehrli yadrolar deyiladi. Yadrolar: 1) protonlar soni boʻyicha; 2) neytronlar soni boʻyicha va 3) ham proton, ham neytronlar (ikki marta sehrli) soni boʻyicha sehrli boʻladi.


Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə