Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati. Atom tuzilishi. Davriy qonun va davriy sistema



Yüklə 283,73 Kb.
səhifə9/14
tarix16.04.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#85547
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3-dars

2.3. Dayriy qonun va davriy sistema

Kimyoning rivojlanishi bilan kimyoviy elementlar soni ham uzluksiz ortib bordi.Buni quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin:



Davr

Yangi kashf qilingan elementlar soni

Ma’lum boʻlgan barcha

elementlar soni



1701 yilgacha




14

1701-1800

20

34

1801-1850

25

59

1851-1900

24

83

Elementlarning uzluksiz kashf etilishi ularni ma’lum qonuniyat asosida tartib bilan joylashtirilishini taqozo etadi.Elementlarni ma’lum qoliplarga solishda bir qancha olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Bunday olimlar qatoriga Lavuaze, Berselius, Dyobereyner, Shankurtua, Nyulends, Meyer va Mendeleyevlarni kiritish mumkin.

1789 yilda fransuz kimyogari A.Lavuaze (1743-1794) kimyoviy elementlarni (oddiy moddalarni) 4 guruhga: metallar, metallmaslar, kislota radikallari va oksidlarga boʻlgan.

1812 yilda shved kimyogari Y.Berselius(1779-1848) barcha elementlarni metallar va metallmaslarga ajratgan. U 1814 yilda 46 ta elementning nisbiy atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi.

1817-1829 yillar davomida nemis kimyogari I.Dyobereyner(1780-1849) oʻxshash elementlardan iborat triadalar tuzgan va har bir triadada oʻrtadagi elementning atom ogʻirligi ikki tomonidagi elementlarning atom ogʻirliklari yigʻindisining yarmiga tengligini isbotlagan. Dyobereyner 1829 yilda oʻzining triadalar qonunini e’lon qildi.Masalan; Li, Na, K triadasida natriyning atom massasi

Ar(Na)=(7+39):2=23


Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə