Avtomatika tizimlarining funksional sxemalari



Yüklə 77,27 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü77,27 Kb.
#153631
Avtomatika tizimlarining funksional sxemalari


Avtomatika tizimlarining funksional sxemalari
Avtomatika elem entlari va ularning asosiy ko‘rsatkichlari Avtomatika elementi deb o'lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi o‘zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to‘rt xil strukturaviy belgilanish sxemalaridan iborat bo‘ladi (1.1- jadval): a) oddiy bir martali (birlamchi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o'zgartirish; b) ketma-ketli to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish; d) differensial sxemali; e) kompensatsion sxemali. Oddiy o'lchash o‘zgartirgichlari (a) bir dona elementdan tashkil topgan bo‘ladi. Ketma-ketli o'zgartgichlarda esa (b) oldindagi o‘zgartirgichning kirish ko‘rsatgichi keyindagi o'zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi o'zgartirgich sezgirlik elementi (SE), oxirgi (keyingi) o ‘zgartirgich esa chiqish elementi deb yuritiladi. 0 ‘zgartirgichlaming ketma-ketligi ulanish usuli bir martali o‘zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay boMgan sharoitda qo‘llaniladi. Differensial sxemali oMchash o‘zgartirgichlari nazorat qilinayotgan kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati boMganda qoMlaniladi. Kompensatsion sxemali o‘zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlashi, universalligi hamda o‘zgartirish koeffitsiyentining tashqi ta’sirlarga deyarli bog‘liq emasligi bilan ajralib turadi. Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo‘lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi: — nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko‘rinishdagi signalga o ‘zgartirish (birlamchi o‘zgartgich - datchiklar); — bir energiya ko'rinishidagi signalni boshqa energiya ko‘rinishdagi signalga o‘zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va hokazo o‘zgartgichlari); — signal tabiatini o'zgartirmasdan uning kattaliklarini o‘zgartirish (kuchaytirgichlar); — signalning ko‘rinishini o‘zgartirish (analog-raqam, raqam analog o‘zgartkichlari). — signalning formasini o‘zgartirish (taqqoslash vositalari), — mantiqiy operatsiyalami bajarish (mantiqiy elementlar), — signallami taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar), — signallami saqlash (xotira va saqlash elementlari), — programmali signallami hosil qilish (programmali elementlar), — bevositajarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar). Avtomatika elementlarining funksiyalari har xil boMganiga qaramay, ulaming parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi: 1 — statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari; — uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsiyentlari); — xatolik (nostabillik); — sezgirlik chegarasi. Har bir avtomatika elementi uchun turg‘unlashgan rejimda kirish X va chiqish signallari U orasida u=f(x) bog‘liqlik mavjud. Ushbu bog‘liqlik elementning statik tavsifnomasi deyiladi. Ko‘rinish bo‘yicha (1.2.-rasm) avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari uch guruhga ajratiladi: a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, d) nochiziq uzlukli. Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg‘unlashmagan, ya’ni X va U qiymatlari vaqt davomida o‘zgarilayotgan payti dinamik rejim deyiladi. Chiqish qiymatining vaqt davomida o'zgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi.
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalaming montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlami bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalinadi. Avtomatika sxemaiari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksional, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga boMinadi. Funksional sxemalar moslamalami, elementlami, vositalami o‘zaro bog‘lanishlarini va harakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to‘rtburchak shaklida belgilanadi, ulaming orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yo‘nalishi signalning o‘tishini ko‘rsatadi (1.3 - rasm).

Yüklə 77,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə