Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/140
tarix18.03.2022
ölçüsü3,45 Mb.
#84556
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik)

C=
0
S/ ,  (2.13) 
bu  yerda: 
0
=8,85 10
-12
  F/m    -    vakuumning  dielektrik  singdiruvchanligi;    -
kondensatorning plastinalararo muhitining dielektrik singdiruvchanligi;   S -  plas-
tinalarning yuzasi;    - plastinalararo  masofa. 
 
Oraliq  masofasi  o‘zgaruvchan  datchiklar  (2.10,  a-rasm)  0,1...0,01  mkm 
aniqliqda  chiziqli  xarakatlarni,  yuzasi  o‘zgaruvchan  datchiklar  (2.10,  v-rasm) 
chiziqli  va  burchak  xarakatlarni  nazoratida  va  dielektrik  singdiruvchanligi 


o‘zgaruvchan  (2.10,  s  -  rasm)    namlik,  sath,  kimyoviy  tarkib  kabi  kattaliklarni 
o‘lchashda qo‘llaniladi.  O‘lchash  aniqligini  va  sezgirligini  oshirish  maqsadida 
sig‘im  datchiklari  ko‘priksimon  sxemalarga  ulanadi.  Yuqorida  ko‘rib  chiqilgan 
prinsip asosida sig‘im manometrlari ishlaydi.  
 
O‘lchash  aniqligini  va  sezgirligini  oshirish  maqsadida  sig‘im  datchiklari 
ko‘priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsip asosida sig‘im 
manometrlari  ishlaydi. (2.11-rasm).  
O‘lchanayotgan bosim asbobga quvur 1 orqali  uzatilib, membrana 2 orqali 
qabul  qilinadi.  Membrana o‘z  navbatida plastina 3  bilan kondensatorni hosil   qi-
ladi.  Kondensator  sxemaga  klemma  4  lar    yordamida  ulanadi.  Bosim  ta‘sirida 
membrana  egilib  plastinaga  yaqinlashadi  va  kondensatorning  sig‘imini 
o‘zgartiradi.  Shunday  qilib  kondensator  sig‘imi  o‘lchanayotgan  bosimga    pro-
porsionaldir.  
 
 
2.11-rasm. Sig‘im manometrining sxemasi. 
 
 
 
Sig‘im datchiklarining afzalliklari: soddaligi, ixchamligi, arzonligi va kichik 
inersionligi. Kamchiliklari: chiqish  signalining quvvati pastligi, o‘lchov natijalari 
atrof  muhit  ko‘rsatkichlariga  bog‘liqligi,  ulaydigan  simlar  va  qurilma  metall 
qismlarning  sig‘imlari  turlicha  ta‘sir  qilib,  detallarning  o‘zaro  joylashishiga  
bog‘liq. 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə