Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish Reja: • cad/cae/cam tizimi bosqichlari va ularning ishlab chiqarishdagi muhim o’rni



Yüklə 9,93 Kb.
səhifə1/4
tarix25.03.2023
ölçüsü9,93 Kb.
#103218
  1   2   3   4
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish


Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish
Reja:
• CAD/CAE/CAM tizimi bosqichlari va ularning ishlab chiqarishdagi muhim o’rni.
• Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.
• 3. Geometrik modellashtirishning fazoviy tasavvur bilan uzviy bog’liqligi.
Tayanch so’zlar: avtomatlashtirilgan loyihalash tizim (ALT), CAD tizimi, CAE tizimi, CAM tizimi, mashina, EHM, muhit, texnologiya, ishlab chiqarish, jarayon, modellashtirish, model, modellashtirish, geometrik modellashtirish.
Xalqaro analitiklarning fikricha hozirgi zamon ishlab chiqarishida muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari bu: bozorga mahsulot chiqarishga ketadigan vaqtning qisqarishi, mahsulot tannarxining pasayishi va sifatning oshishidir. Bunday talablarga javob bera oladigan texnologiyalar qatorida avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) kiradi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) keng qamrovli tushuncha bo’lib, uni faqat chizmani avtomatlashgan tizim asosida loyihalash deb tushunmaslik kerak. Bugungi kundagi fan va ishlab chiqarishning tezkor suratdagi rivojlanishi ALTni uch bosqichdan iborat tizim sifatida o’rganishni va ishlab chiqarish jarayonida ham uch bosqichni qo’llashni taqozo etadi. Bu bosqichlar ingliz tilida CAD (computer aided design), CAM (computer aided manufacturing) va CAE (computer aided engineering) deb nomlanadi.
CAD tizimlari (computer aided design – kompyuter yordamida loyihalash) asosan kompyuterda chizma g’oyalarini loyihalash va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishga mo’ljallangan. Odatda hozirgi zamon CAD tizimlari moduliga uch o’lchamli konstruktsiyalar (detallar)ni yaratish (loyihalash) va chizma konstruktorlik yozma hujjatlarini (spetsifikatsiya, qaydnomalar va h.k.) rasmiylashtirish kiradi.
CAE tizimlari (computer aided engineering – kompyuter yordamida muhandislik hisob-kitoblarni bajarish) keng qamrovli tizim bo’lib, ushbu tizimlarda aniq muhandislik hisoblash ishlari, ya’ni: mustahkamlik va bikrlikni hisoblash, issiqlik jarayonlarini analiz qilish va modellashtirish, gidravlik tizimlar va mashinalarni hisoblash ishlarini loyihalash, quyma jarayonlarini loyihalash kabi hisoblash ishlari olib boriladi. CAE tizimlarida ham CAD tizimlari asosida yaratilgan mahsulotning uch o’lchamli modellaridan foydalaniladi. CAE tizimlarini yana muhandislik tahlil tizimlari deb ham yuritiladi.

Yüklə 9,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə