69
oddiy asbob yordamida bajariladi, aniqlik va haqiqiylik bilan tavsiflanadi. O‘lchash
natijasi diagnostikalash Ob’ekti texnik holati o‘zgarishi sabablariga bevosita bog‘liq.
Tuzilmaviy parametr qiymati bo‘yicha Ob’ekt texnik holatini baholash mumkin.
Tuzilmaviy parametrlarni, ko‘p hollarda, diagnostikalash Ob’ektini bo‘laklarga
ajratmasdan turib o‘lchab bo‘lmaydi. Bo‘laklarga ajratish diagnostikalash mehnat
hajmining o‘sishiga va qoldiq resursning kamayishiga olib keladi, chunki ajratish-
yig‘ish jarayonidan so‘ng o‘zaro ta’sirdagi detallarning yana moslashuv davri
boshlanadi, bu davr esa jadal yeyilish bilan tavsiflanadi (11.1-rasm). Tuzilmaviy
parametrlar yordamida murakkab Ob’ektlar texnik holatini kompleks baholashning
imkoni yo‘q.
Transport vositasi texnik holatini baholash uchun tuzilmaviy parametrlarni
bevosita o‘lchash imkoniyati cheklanganligi sababli diagnostik parametrlardan
foydalaniladi. Ular Ob’ekt texnik holatini aniqlash imkonini beradi va o‘lchashlarni
ko‘proq qulaylik bilan o‘tkazish bilan tavsiflanadi. Diagnostik parametrlar buzilish
(nosozliklar)ning bilvosita ko‘rinishidir. Diagnostik parametr qiymatini Ob’ektini
bo‘laklarga ajratmasdan turib aniqlash mumkin (masalan, moy bosimi, harorat,
ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidi miqdori va h.k.).
Dostları ilə paylaş: