Avtomobil yo‘llarini qoplamalarini tekshirish usullari


AVTOMOBIL YO‘LLARINI OBODONLASHTIRISH



Yüklə 13,79 Mb.
səhifə4/4
tarix26.10.2023
ölçüsü13,79 Mb.
#132314
1   2   3   4
2 slayd

AVTOMOBIL YO‘LLARINI OBODONLASHTIRISH.
O‘zbekiston prezidentining «2020−2024 yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft dizaynini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Hujjatda yo‘llarni obodonlashtirish va arxitektura-landshaft dizaynini rivojlantirish konsepsiyasini hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini obodonlashtirishning 2020−2024 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Kontsepsiyaning asosiy maqsadi — magistral yo‘llar bo‘ylab yashil maydonlarning sifatini oshirish va yaxshilashdan iboratdir.
2020 yil 1 mayga qadar umumiy foydalanishdagi yo‘llardagi yashil maydonlarni inventarizatsiya qilish va 2021 yil 31 dekabrgacha yashil maydonlar va ularning o‘sishini qayd etish uchun yagona axborot-kompyuter tizimini yaratish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, bosqichma-bosqich ko‘kalamzorlashtirish uchun tomchilatib sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.
Avtomobil yo‘llarini sug‘orish va yashil maydonlarni parvarishlash uchun resurs tejaydigan texnologiyalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan «Yo‘lko‘kalam Sug‘orish» unitar korxonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, yo‘llarni obodonlashtirish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini tashkil etish kutilmoqda. Uning vazifasi yo‘llarni obodonlashtirish sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va ijodiy qo‘llash, shuningdek, obodonlashtirish sohasida tugallangan ishlanmalarni amalga oshirishda mutaxassislarning manfaatdorligi va javobgarligini oshirishdir.
2020−2024 yillarda qorni ushlab turish, dekorativ va shovqindan himoya qilish funksiyalarini hisobga olgan holda yo‘llarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarning holati va sifatini yaxshilash, yashil maydonlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish uchun ma’rifiy ishlar olib borish, manzarali o‘simliklar va gulzorlarni yetishtirish uchun pitomniklar yaratish rejalashtirilgan.
Konsepsiyada yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning hozirgi holatiga baho berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, hozirgi vaqtda mamlakat yo‘l tarmoqlarining umumiy uzunligi 184 ming km dan ortiq. 2018−2019 yillarda 1724 km yo‘l ko‘kalamzorlashtirildi.
Qaror loyihasida mavjud yashil maydonlarning nazoratsiz qolgani, umumiy foydalanishdagi jamoat avtoyo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlar ixtisoslashmagan korxonalar tomonidan amalga oshirilgani, ular bir yillik gullarni ekish bilan cheklangani qayd etiladi. Shuningdek, 2008 yildan 2017 yilgacha suv ta’minoti va sug‘orish tizimini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmagan. 2008 yildan 2017 yilgacha ushbu maqsadlar uchun 46,5 mlrd so‘m ajratilgan.
Umumiy ko‘rish qobiliyati xususiyatiga ko‘ra borliqning o‘lchamini ham ko‘rsatadi. Inson borliq teranligini ko‘rganda albatta nigoh tushgan jismlar o‘rtasidagi masofani xam chamalaydi. Shundan kelib chiqib fikr qiladigan bo‘lsak, borliq teranligini to‘g‘ri baholash uchun masofani nigoh bilan chamalashga asos bo‘ladigan nuqtalar kerak. Buning uchun borliq teran idrok qilishga imkon beradigan qismlarga bo‘linadi, yo‘ldagi nigoh tushadigan, masofani chamalash harakat xavfzligi uchun ahamiyatli bo‘lgan joylarga ko‘kalamzorlashtirish uchun guruh qilib ekinlar ekiladi, yo‘l belgilari, ko‘rsatgichlar qo‘yiladi. Ko‘kalamzorlashtirish loyihasi tuzilganda avtomobillarning hisoblangan harakatini e’tiborga olish kerak. Tezlik qancha katta bo‘lsa alohida yoki to‘p qilib daraxt ekishning o‘rniga katta daraxtzorlar qilish to‘g‘ri bo‘ladi, shunda daraxtlar ko‘z oldidan lipillab o‘tmaydi, yo‘l chetini saqlash уengil bo‘ladi. Uzun, bir xil ekinning o‘rniga daraxtlarni guruh qilib ekish to‘g‘ri bo‘ladi. Kichik daraxtlar guruhiga qo‘shimcha daraxtlar ekilishi, qalin butalarni esa siyraklashtirib, yo‘ldan manzara yoki imoratlar ko‘rinadigan qilish mumkin, noxush ko‘rinishni berkitish uchun daraxt ekish, bezatish ishlarini bajarsa bo‘ladi.
Yo‘ldan ko‘rinadigan manzara o‘rmon joylarining bir xilligini buzadigan dominantga aylanadi. Loyihadagi bunday ishlar asoslangan bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan muhandislik psixologiyasidagi ma’lum bir qoidani e’tiborga olish kerak, ya’ni yangi signalni idrok qilish vaqti (cheklanmagan sharoitdagi reaksiya vaqti) 3 sekund bo‘ladi, 4 sekund qaraganidan so‘ng qarovchida betoqatlik alomatlari paydo bo‘ladi. O‘rtacha idrok qilish vaqtini 3,5 sekund deb olaylik, ekinzorlar, binolar uzilgan joydagi oraliqni ko‘rish 3,5 sekunddan oshmaydi deb hisoblaymiz. Shunda uzilgan joylarning chegaraviy (hisoblanadigan) uzunligi (metrda) son jihatidan (kilometrdagi) lr = υr harakat tezligiga teng bo‘ladi. O‘rmon manzarasi bir xil bo‘lganda, yo‘l o‘tkazish uchun o‘rmon tozalanganda, alohida daraxtlarni, o‘rmon ko‘tarilgan joylarni qoldirish kerak. Yaxshi ko‘rinib turishi uchun daraxtlar ko‘tarilgan joylar bilan ular orasidagi masofani hisobga olingan lr qiymatdan kamaytirmaslik kerak. Yo‘naltiradigan daraxtlar harakat yo‘nalishi o‘zgarishini bildiradi, uzoqdan haydovchiga burilishning egilish darajasini ko‘rsatadi. Ular faqat liniyali, o‘tish o‘qiga parallel joylashgan, уer poyidan chetda bo‘lishi kerak. Ularning uzunligi burilish radiusiga bog‘liq bo‘ladi, ularning qatori esa egri chiziqqa yaqinlashish joyidan qaraganda harakat polosasi butun kengligini berkitgandek bo‘lishi kerak.
Yüklə 13,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə