Axborot texnologiyalari sohasida huquqiy aspektlar



Yüklə 44,68 Kb.
səhifə1/5
tarix18.01.2023
ölçüsü44,68 Kb.
#98755
  1   2   3   4   5
1-AXBOROT-TEXNOLOGIYALARI-SOHASIDA-HUQUQIY-ASPEKTLAR





AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA
HUQUQIY ASPEKTLAR

1. Axborot tizimlari yoki axborot resurslariga kim egalik qilishi mumkin?
JAVOB: Yuridik yoki jismoniy shaxslar

2.Axborot resurslarida saqlanayotgan va ishlov berilayotgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va qog`oz ko’rinishidagi xujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan axborot nima deb ataladi?


JAVOB: Elektron hujjat

3. O’zbekiston Respublikasining ”Axborotlashtirish to’g`risida”gi qonuniga muvofiq faoliyat yurituvchi, aloqa va axborotlashtirish sohasini muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi kim?


JAVOB: O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

4. Axborot resurslari bu:


JAVOB: Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi

5. Maxfiy axborot bu:


JAVOB: Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yilgan hujjatlashtirilgan axborot

6. Axborotni muhofaza etish tushunchasi nimani anglatadi?


JAVOB: Axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarni oldini olish va ularni oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini
7. Axborotni muhofaza etish qanday maqsadlarda amalga oishiriladi?
JAVOB: Shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning, hamda axborotning mahfiyligini oldini olish maqsadida

8. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish kim tomonidan amalga oshiriladi?


JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ tomonidan

9. Axborotlashtirish bu...


JAVOB: Yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni

10. O’zbekiston Respublikasida axborotlashtirish bo`yicha qanday Qonunlar qabul qilingan?


JAVOB: «Axborotlashtirish to’g`risida», «Elektron tijorat to’g`risida», «Elektron hujjat aylanishi to’g`risida», «Elektron raqamli imzo to’g`risida» va boshqalar.

11. "Axborot" tushunchasiga ta`rif bering?


JAVOB: Manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shahslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g`risidagi ma’lumotlar

12. "Axborotlashtirish to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi:


JAVOB: Axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

13. "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi:


JAVOB: Axborot erkinligi prinsipi va kafolatlariga rioya etilishini ta’minlash

14. "Elektron hujjat aylanishi to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi:


JAVOB: Elektron hujjat aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

15. "Elektron tijorat to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi:


JAVOB: Elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

Yüklə 44,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə