Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Elektron raqamli imzo va uni respublikamizda tadbiq etilish holati



Yüklə 249,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü249,03 Kb.
#150397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmonova Muborak

Elektron raqamli imzo va uni respublikamizda tadbiq etilish holati
Elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron 
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil 
qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi 
axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini 
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir.
YUridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolarni berish va ulardan foydalanish 
sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo 
to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi “Elektron 
raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga 
solingan.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini ro‘yxatga olish, yuridik va jismoniy shaxsga 
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish, shuningdek, elektron raqamli imzo 


kalitlari sertifikatlari reestrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish 
va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan 
yuridik shaxs bo‘lgan Ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish uchun 
berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda 
2006 yilda elektron raqamli imzo kalitlari soni 93 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 
birinchi chorak yakuniga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanuvchilar soni 163 531 
nafarga etdi.
Korporativ va global tarmoqlarda elektron hujjat aylanishida axborot xavfsizligini 
ta’minlaydigan eng samarali yo‘llardan biri elektron raqamli imzodir. Elektron raqamli 
imzo orqali elektron hujjat biror kimsaga yuborilganda, elektron hujjat kim tomondan 
yaratilgani aniq bo‘ladi, hujjat butunligi saqlanadi va noqonuniy o‘zgartirilishining oldi 
olinadi.
Elektron raqamli imzo bu elektron hujjatda yoritilgan u yoki bu ma’lumotlarda xatolik 
yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo egasini identifikatsiya qilish imkonini beradi 
hamda an’anaviy qo‘lda qo‘yilgan imzo bilan bir xil kuchga ega.
Hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, 
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini har bir sohada joriy etish, hamda 
ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada 
to‘laroq qondirish, jahon axborot jamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan 
foydalanishni kengaytirish uchun qulay shart – sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, 
“elektron hujjat”, “elektron raqamli imzo (ERI)” tushunchalari jamiyatning har qaysi 
sohasiga jadal kirib bormoqda.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot 
texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron 
shaklda qayd etilgan, ERI bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya 
qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
ERI — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERI yopiq kalitidan 
foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti 
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq 
kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir. U axborot - 
kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini 
tekshirishda qo‘llaniladi.
Ma’lumot jo‘natuvchining qabul qiluvchiga qandaydir ma’lumotni oddiy usulda jo‘natish 
ko‘p hollarda turlicha muammolarning kelib chiqishiga olib keladi. Bunda jarayon 


qatnashchilari asosan quyidagi holatlarga duch keladilar:
- rad etish – xabar yuborgan o‘zi yuborgan xabarni rad etishi;
- qalbakilashtirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi, qalbakilashtiradi;
- o‘zgartirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi;
- niqoblash – tartib buzar xabarni boshqa shaxsga rasmiylashtiradi va h.k.
SHunday hollarda ERI aloqa tizimlarida yuqorida sanab o‘tilgan buzilishlaridan muhofaza 
qilinishini ta’minlaydi, ya’ni:maxfiy kalit faqat yuboruvchining o‘zigagina ma’lum bo‘lsa, 
u holda qabul qiluvchi tomonidan qabul qilib olingan ma’lumot faqat yuboruvchi 
tomonidan jo‘natilganligini rad etib bo‘lmaydi; raqib tomon maxfiy kalitni bilmagan holda 
o‘zgartirish, qalbakilashtirish, niqoblash va boshqa shu kabi aloqa tizimi qoidalarining 
buzilishiga imkoniyat tug‘dirmaydi. Hujjatni o‘zgartirishga urinishda xesh qiymat 
o‘zgaradi va imzo qonuniy kuchga ega bo‘lmay qoladi. 
SHuningdek, ERI korxona va savdo-sotiqqa oid tashkilotlarda hisobotlarni elektron 
ko‘rinishda topshirishda, elektron hujjatga yuridik maqomini berishda katta ahamiyatga 
ega. 1-rasm. ERIni shakllantirish jarayoni.ERIning umumiy tan olingan sxemasi (modeli) 
uchta jarayonni o‘z ichiga oladi:
ERI kalitlarini generatsiyalash; ERIni shakllantirish;ERIni tekshirish (haqiqiyligini 
tasdiqlash). 
Elektron hujjatni ERI bilan shakllantirish jarayoni 1-rasmda keltirilgan bo‘lib, avval 
yuboriluvchi ma’lumotning xesh-funksiya qiymati hisoblanadi. So‘ngra elektron raqamli 
imzo algoritmiga ko‘ra jo‘natuvchi tomon yopiq kaliti orqali ma’lumot imzolanadi.
ERIni tekshirishda jo‘natuvchi tomon ochiq kaliti orqali hisoblangan xesh-funksiya 
qiymati va ma’lumot xesh-funksiya qiymatlari solishtiriladi. Quyidagi 2-rasmda. ERIni 
tekshirish jarayoni keltirilgan.
Turli ERI algoritmlarini shakllantirish va uning haqiqiyligini tekshirish amallari ularning 
matematik funksiyalari orqali farqlanadi.
Ushbu maqolada mavjud ERI algoritmlarining matematik funksiyalari muammolar 
murakkabligiga ko‘ra sinflangan (1-jadval):
- Faktorlash muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Elliptik egri chiziqli diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI 
algoritmlari.
- Parametrlar algebrasiga asoslangan ERI algoritmlari.

Yüklə 249,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə