15
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga
muvofiq har kim axborotni
moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash
huquqiga ega.
Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari,
konstitusiyaviy
tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning
ma‘naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta‘minlash
maqsadida cheklanishi mumkin.
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi
Axborot ochiq va oshkora bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:
-
fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi,
shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
-
ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik,
favqulodda
vaziyatlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab
chiqarish obyektlari va kommunikasiyalarning xavfsizligini ta‘minlash uchun zarur
bo‘lgan boshqa
axborotlar;
-
axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga
tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma‘lumotlar.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlari jamiyat
manfaatlariga taalluqli voqyealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart.
10-
modda. Axborot berishni rad etish
Agar so‘ralayotgan axborot maxfiy bo‘lsa yoki uni oshkor etish natijasida
shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar
yetishi mumkin bo‘lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin.
So‘ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar so‘rov bilan
murojaat etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e‘tiboran besh kunlik muddat ichida
yuboriladi.
Rad etish to‘g‘risidagi xabarda so‘ralayotgan axborotni berish mumkin
emasligi sababi ko‘rsatilishi kerak.
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so‘rayotgan shaxslarni bu axborotni
olishning amaldagi cheklovlari to‘g‘risida xabardor etishi shart.
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o‘z
so‘roviga haqqoniy bo‘lmagan axborot olgan shaxslar o‘zlariga
yetkazilgan moddiy
16
zararning o‘rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma‘naviy ziyon
kompensasiya qilinishi huquqiga ega.
11-
modda. Axborotni muhofaza etish
Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish
axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar
yetkazishi mumkin bo‘lsa, muhofaza etilmog‘i kerak.
Axborotni muhofaza etish:
-
shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning oldini
olish;
-
axborotning maxfiyligini ta‘minlash,
tarqalishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishining
oldini olish;
-
axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: